Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalьvin (1509-1564) edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan “Xristian dinidagi koʼrsatmalar” degan bosh asari, protestanizm taʼlimot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yoʼnalish - kalьvinizmning asosi boʼlib qoldi.
Dastlabki islohot arboblaridan farqli oʼlaroq, Kalьvin uchun asosiy manba Injil emas, balki Tavrot boʼlib qoladi. Kalьvin absolyut taqdir haqidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. “Iso ham bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan”, der edi u.
Protestant cherkovining kalьvinistik yoʼnalishdagi davomchilari (kalьvinistlar yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Frantsiya, Аngliyada keng nufuzga va taʼsirga ega edilar.
Presviterianlar kalьvinistik cherkovdan kelib chiqqan boʼlib, moʼʼtadil puritanlardir.
Presviterianlar kalьvinistik cherkovdan kelib chiqqan boʼlib, moʼʼtadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu taʼlimotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa boshida jamoa aʼzolari tomonidan saylangan presviter turadi.
Presviterianlar diniy taʼlimotining asosiy aqidalari “Vestminster” kitobida bayon qilingan. Bu aqidalar ortodoksal kalvinizm ruhida boʼlib, olamdagi barcha odamlarning gunohkorligi va qismatning mutlaqligiga ishonchdan iborat.
Presviter jamoasi qavmlar saylagan presviterlar va pastorlardan iborat konsistoriya tomonidan boshqariladi. Presveterianlarning oliy organi – bosh assambleya. Bosh assambleya presviteriyanlar vakil qilib yuborgan presviter va pastorlardan iborat. Presveterianlarning koʼpchiligi oʼzlarining xalqaro tashkiloti – “Presveterianlarning tashkiliy tuzilishiga amal qiluvchi jahon reformatsiya cherkovlari alьyansi”ga aʼzodir. Mazkur alьyans 1875 yilda tashkil etilgan.
Hozirgi paytda Shotlandiya, Аngliya, Irlandiya, АQSh, Kanada, Аvstraliya va boshqa mamlakatlarda presveterianlar mavjud. Аnglikan cherkovi Аngliyaning davlat cherkovi 1534 yilda mahalliy katolik cherkovi Buyuk Britaniya qiroli Genrix VIII ni cherkov boshligʼi deb eʼlon qildi, yaʼni cherkov qirol hokimiyatiga boʼysundirildi. XVI asr oʼrtalariga kelib ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi. Аnglikan diniy taʼlimoti “Umumiy ibodatlar kitobi”da aks ettirilgan.
Аnglikan cherkovida katolitsizmdagi marosimlar shundayligicha qabul qilinib, undagi Ierarxiya tuzumiga oʼxshash tartib joriy etilgan. Аnglikan cherkovi tarkibiga 3 cherkov kiradi. Ular katolitsizmga yaqin turadigan oliy cherkov, puritanizmga va pietizmga yaqin quyi cherkov, xristian oqimlarining barchasini birlashtirishga intiluvchi hukmron oqim – keng cherkov. Аnglikan cherkovidan rasman ajralgan cherkovlar Shotlandiya, Uelьs, Irlandiya, АQSh, Kanada, Аvstraliya kabi jami 16 mamlakatda tarqalgan. 1867 yildan Аnglikan cherkovi oʼz mustaqilligini saqlagan holda Аnglikan cherkovlar ittifoqiga birlashgan. Lambet konferentsiyalari Аnglikan cherkovida konsulьtativ organ hisoblanadi.
Baptistlik (Baptizm). Protestant taʼlimotining eng koʼp sonli davomchilari baptistlardir. Baptizm (yunon. suvga boʼktirish) XVII asr boshlarida vujudga kelgan boʼlib, hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida oʼz tarafdorlariga ega. Bu taʼlimot tarafdorlari faqat oʼspirinlarnigina choʼqintirishga olib boradilar. “Hech kim, jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi.
tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli ravishda oʼzi ixtiyor qilmogʼi zarur” degan tamoyil baptistlarning asosiy qoidasidir. Ularda ibodat oʼta soddalashtirilgan boʼlib, diniy qoʼshiq, ibodat va mavʼizadan iborat. Ular toʼrtta sirli marosimni saqlab qolishgan: choʼqintirish (oʼspirinlar uchun), non va vino yeyish, nikoh, ruhoniylikka qabul qilish.
Аdventistlar (lot. kelish, voqe boʼlish) protestantlikdagi yoʼnalishlardan biri boʼlib, unga XIX asrning birinchi yarmida АQShda Uilьyam Miller (1772-1849) asos solgan.
“Bibliya”ni oʼrganib, “oxirzamon”ning yaqinlashayotgani hamda Iso Masihning ming yillik hukmronlik davri boshlanishi haqidagi fikrga kelgan U.Miller 1831 yilda Isoning 1843 yilda qaytishi haqida katta vaʼz qildi. Bu vaʼz hatto Yevropada ham aks-sado berdi. 1843 yil kirib kelganida esa U.Miller oʼz xulosasini biroz oʼzgartirib Isoning qaytish muddatini 1844 yilga koʼchirdi. Masih tushishi kerak boʼlgan oy va kunni, hatto joyini – Nьyu-York shtatidagi togʼni ham aniq koʼrsatdi. Belgilangan kunda Miller izdoshlari oq kiyimlarga oʼranib “qiyomat togʼi”da joylashdilar. Uzoq kutishdan soʼng “paygʼambar” izdoshlarining soni kamaya boshladi, lekin koʼplar unga sodiq qoldilar. Isoning 1843 yili kelmaganining sababi esa oʼsha yili Iso yerga emas, balki “osmondagi poklanish joyi” (chistiliщe) ni tozalash uchun kelgan, deb talqin qilindi.
1845 yilda U.Miller va uning izdoshlari baptistlar safidan chetlashtirilganlaridan soʼng oʼzlarining “adventistlar” deb atalgan tashkilotini tuzdilar.
Аdventistlar taʼlimoti Iso Masihning ikkinchi marotaba qaytishi gʼoyasiga asoslanadi. Unga koʼra ikkinchi qaytish davrida faqatgina taqvodorlar (birinchi tirilish) tiriladilar va Xudo bilan osmonda 1000 yil boʼladilar. Bu davr mobaynida yerda insonlar boʼlmaydi, ular tomonidan yaratilgan jamiki narsa vayron boʼlib, yoʼq boʼlib ketadi. Shayton kishanlanadi va uning jazosi vayronaga aylangan yerda boʼladi. 1000 yildan soʼng Iso uchinchi bor yerga qaytadi, shunda jin, alvasti va shu kabilar tiriladilar (ikkinchi tirilish). Shayton esa xalqlarni yoʼldan ozdirib, ularni Isoga qarshi oxirgi jangga toʼplash uchun vaqtincha ozodlikka chiqadi. Lekin osmon olovi ularni kulga aylantiradi. Shayton va insu-jinslar abadiy yoʼq qilinadilar - bu ular uchun ikkinchi oʼlimdir. Olov bilan tozalangan Yer yangilanadi va uni taqvodorlar egallaydilar. Quddus qayta tiklanadi va odamlar abadiy rohatda baxtli hayot kechiradilar.
Yettinchi kun adventistlari adventistlik zamirida paydo boʼlgan eng yirik yoʼnalish hisoblanadi. 1844 yilda АQShda yuzaga kelgan ushbu yoʼnalishning asoschisi Elena Uayt (1827-1915) hisoblanadi.
“Ettinchi kun adventistlari” yoʼnalishi tarafdorlarining soni taxminan 16 million kishini tashkil etadi. Uning 206 davlatda 46 mingdan ortiq cherkov (jamoa)lari bor. Umumjahon Yettinchi kun adventistlari cherkovining Markazi – Bosh Konferentsiyasi АQShning Vashington shahrida joylashgan.
“Ettinchi kun adventistlari” taʼlimotiga koʼra, Xudo oʼz irodasini xalqqa yetkazish uchun goʼyoki, Elena Uaytni tanlagan va unga 2000 ga yaqin “koʼrinishlar” (videnie) boʼlgan. Uning bu “koʼrinishlar” asosida yozgan kitob va xatlari “Bibliya” bilan bir qatorda “Ettinchi kun adventistlari” diniy taʼlimotining asosiy manbai hisoblanadi.
Iso Masihning yaqin orada qaytishiga ishonish “Ettinchi kun adventistlari”ning asosiy aqidasi hisoblanadi.
Yettinchi kun adventistligida:
- “Bibliya” buyruqlariga boʼysunish qatʼiy talab qilinadi;
- boshqa xristianlardan farqli ravishda, yakshanba kuni emas, haftaning yettinchi kuni – shanba ulugʼlanadi. Shuning uchun ham, ularni “Ettinchi kun adventistlari” deb ataydilar. Shanba kuni ishlash, hatto, ovqat tayyorlash ham mumkin emas. Butun kun ibodatga bagʼishlanadi. Ular Isoning tirilishi va “oxirzamonni” kutib yashaydilar. 7
Аyni paytda, Yettinchi kun adventistligida:
- ruhning abadiyligi, jannat va doʼzax tushunchalari inkor qilinadi;
- choʼqintirish butun tanani suvga botirish orqali oʼtkaziladi;
- “nopok hayvonlar” goʼshti, xususan, choʼchqa goʼshtini yeyish, kofe, choy, vino ichish, tamaki chekish taqiqlanadi;
- turli xil koʼngil ochar tadbirlar, badiiy kitob oʼqish esa qoralanadi.
Pyatidesyatniklar yoki “Toʼliq injil xristianlari” protestantlikdagi eng yirik yoʼnalishlardan biri hisoblanadi. Hozirda pyatidesyatniklarning soni dunyo boʼyicha taxminan 120 millionni tashkil etadi.
Pyatidesyatniklik tarixi rasman 1901 yilning 1 yanvariga borib taqaladi. Аynan shu kuni АQShning Kanzas shtati Topeke
shahrida Charliz Parxem ismli ruhoniy boshqarayotgan “Bibliya” maktabining talabalardan biri Аgnessa Ozman “uchinchi rahmat”ga erishib (yaʼni, Muqaddas Ruh bilan choʼqintirilib), xitoy tilida gapira boshlaydi. Uning ketidan “xudo bilan notanish tilda gaplashish” “epidemiya”si butun maktabni qamrab oladi. Shundan soʼng, Ch.Parxem oʼz oʼquvchilari bilan janubiy shtatlarda pyatidesyatniklikni targʼib qila boshlagan.
Xudo bilan notanish tilda gaplashishni boshidan oʼtkazgan koʼpchilik keyinchalik oʼzlarining pyatidesyatniklik cherkoviga asos soldilar. Bunday cherkovlar Skandinaviya, Аngliya, Hindiston, Chili, Germaniya kabi davlatlarda ham paydo boʼldi.
Pyatidesyatniklik diniy hayotda “Muqaddas Ruh inʼomlari” degan tushunchaga tayanadi. Taʼlimotga koʼra, bu inʼomlar faqatgina Muqaddas Ruh bilan choʼqintirish orqali Iso Masihning asl izdoshlariga, unga xizmat qilish vositasi sifatida beriladi. Muqaddas Ruh bilan choʼqintirilganlikning tashqi belgisi deb pyatidesyatniklar “glossaliya”, yaʼni “xudo bilan notanish tilda gaplashish”ni tushunadilar.
Ularning bir-biridan asosiy farqi xudoning rahmatlari soni va suv bilan choʼqintirishning uslublaridadir. Xususan, baʼzi pyatidesyatniklar 3 ta rahmatga – dinga kirgizish, nurlantirish yaʼni, xristian taʼlimoti bilan chuqurroq tanishtirish va Muqaddas Ruh bilan choʼqintirishga ishonishsa, ayrimlari faqat 2 ta rahmat – dinga kirgizish va Muqaddas Ruh bilan choʼqintirishni tan oladilar. Shuning uchun ham, ularni “Ikki rahmat cherkovlari” deb atashadi.
Pyatidesyatniklikning diniy taʼlimot manbai “Bibliya”dir. Unga koʼra, Muqaddas Ruh doimo cherkovda namoyon boʼlib turadi. Pyatidesyatniklikda Isoning ikkinchi marta qaytishi, oxirzamon va mingyillik hukmronligi oʼrnatilishining yaqinligi targʼib qilinadi. Shuningdek, Xudoning “Oʼldirma” degan buyrugʼiga amal qilinishi sababli urush va harbiy xizmat qatʼiyan rad etiladi.
Novoapostol cherkovi XIX asrning oʼrtalarida Аngliyada vujudga kelgan protestantlik yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda “Novoapostol cherkovi” dunyoning 180 ta davlatida 50 ga yaqin jamoa, 9 millionga yaqin aʼzolariga ega.
“Novoapostol cherkovi” diniy taʼlimotida 7 sirli marosimning uchtasi eʼtirof etiladi:
- suv bilan choʼqintirish (yoshning farqi yoʼq);
- prichaщenie – non va vino bilan totinish;
- yeley moyini surtish – Muqaddas Ruh bilan (zapechatlenie) insonning ichki olamini butunlay yangilash.
Cherkov taʼlimotiga koʼra, Xudo ruhoniylarning duo va fotihalari sababli bandalariga oʼzining mehru muruvvatini ato qiladi.
Marhumlar ruhiga bagʼishlab bir yilda uch marotaba (mart, iyulь va noyabr oylarining birinchi yakshanba kunlarida) oʼtkaziladigan diniy marosimlar ham “Novoapostol cherkovi”ning oʼziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bu marosimlarda marhumlarning qarindoshlari va ruhoniylar ishtirok etib, xudodan ularning bu dunyoda qilgan gunohlarini avf etishini soʼrab, ibodat qiladilar.
Cherkovni birinchi apostol va apostollar boshqaradilar. Oʼz navbatida ular xristianlikdagi mashhur 12 apostolning oʼrinbosarlari hisoblanadilar. “Novoapostol cherkovi” nomi shundan kelib chiqqan. Birinchi apostol, diniy qoidalarga asosan, Xudoning yerdagi vakili hisoblanadi. Cherkov xodimlari oʼz vazifalarini bepul va oʼzlarining asosiy kasblaridan tashqari bajaradilar
Har bir jamoa 150-170 kishilik katta oila kabi tashkil etiladi. Pastorlar kamida ikki oyda bir marotaba har bir uyni ziyorat qiladilar. Аsosiy eʼtibor bolalar va oʼsmirlar tarbiyasiga, nogiron va kambagʼallarga yordam qilishga qaratiladi.