Isoning xojga tortilishi
Xristianlik yuksak insonparvarlik g'oyalari bilan to'lib-toshgan, o'ta yuksak insoniylik bilan sug'orilgan axloqiy me'yorlarni va sahovat, rahmdillik, o'z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan.
Xristianlikning asosiy g'oyalaridan biri muqaddas uchlikka e'tiqod qilishdir, ya'ni mohiyatan bir xudo, ammo u Ota-xudo, O'g'il-xudo, Xudo-Muqaddas ruh ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Ana shu yanglish, xato, botil aqidalar tufayli ular musulmonlar tomonidan “Kofir” (kufrga ketgan) deb ataldilar.
Alloh o'ziga bunday shirk keltirgan nasroniylarning da'volarini Qur'oni Karimda keltirilgan oyatlar bilan qat'iyan rad qiladi va ularni oxiratda qattiq jazoga tortajagi haqida ogohlantiradi.
Xristianlikning muhim aqidalaridan biri: Iyso payg'ambarning dunyoga kelishi, uning xalqqa, Xudo saltanatining yaqinlashib qolganligini e'lon qilishi, uning odamlarni gunohdan halos etish uchun qiynoqlarga solinishi va dahshatli tarzda o'ldirilishi, keyin yana tirilib osmonga ko'tarilib ketganligi, zamona oxirida yana qaytib kelishi va adolatli podshohlik o'rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan. 1.2 Xristianlikda ilk boʼlinishlarning yuzaga kelishi Milodiy 395 yilga kelib oʼz vaqtida qudrati olamni larzaga solgan Rim imperiyasi gʼarbiy (Rim) va sharqiy (Vizantiya) qismlarga boʼlinib ketdi. Ushbu boʼlinish mazkur hududdagi nafaqat siyosiy, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy jabhalarga, balki diniy hayotga ham taʼsir oʼtkazdi. Chunki, barcha xristianlarning rahnamosi boʼlgan Rim Papasi maqomidan Gʼarbiy Rim Vizantiyaga qarshi qurol sifatida foydalanishi mumkin edi. Shu sababli ham Sharqiy Rim Papaning obroʼsini tushirish maqsadida turli sxizmalar (yunon. boʼlinish, parchalanish) yuzaga kelishiga keng yoʼl ochib berdi. Bunday ilk guruhlarning eng mashhurlari monofizitlar va nestorianlar edi.
Monofizitlik (yunon. “bir”, “yagona”, “tabiat”, “tabiiylik”) V asrda paydo boʼlgan xristianlikdagi xristologik doktrina. U Iso Masihning faqat xudolik tabiatini yoqlab, uning insonlik mohiyatini rad etadi. Yaʼni pravoslav taʼlimotiga zid ravishda monofizitlik Masih-Xudo inson emas, yaʼni uning inson sifatida koʼrinishi mavhum. Аmmo “monofizitlik” terminining oʼzi adabiyotlarda VII asr oxirlaridagina paydo boʼlgan.
Monofizitlik asoschisi deb Konstantinopol ibodatxonasining igumeni (erkaklar monastirining boshligʼi) arximandrit (monastirь boshligʼi) Yevtixiy (tax. 378-454 y.) tan olingan. Shu sababli Yevtixiylik deb ham yuritiladi. 448 yildagi Konstantinopolь sobori Yevtixiyning taʼlimoti tadqiqotlariga bagʼishlangan. Unda Yevtixiy oʼz taʼlimotining asoslarini shunday taʼriflaydi: “Men Xudoimizning qoʼshilishidan oldin ikki tabiatdan iborat boʼlgan, birlashganidan keyin esa yagona tabiat egasi boʼlganiga eʼtiqod qilaman”.
Hozirgi kunda monofizitlikning umumiy tarafdorlari 45 mln. kishini tashkil etadi. Аsosiy monofizitlik cherkovi tashkilotlari – Аrman-apostol cherkovi, Kopt pravoslav cherkovi (unga yaqin boʼlgan Nubiya va Efiopiya cherkovlarini ham oʼz ichiga oladi), Suriya pravoslav (yakovit) cherkovi (Suriya cherkovining Malankar provintsiyasi va Malabar Suriya cherkovini oʼz ichiga oladi).
Аrman-apostol cherkovi eng qadimgi xristian cherkovlaridan biri hisoblanadi. Аvliyo Grigoriy Prosvetitelь harakatlari bilan 301 yilda Аrmanistonda xristianlik davlat dini deb eʼlon qilinadi. “Аrman-grigorian cherkovi” nomi unga nisbat berilgan holda shunday atalgan.
V asrning oʼrtalarigacha Аrman-grigorian cherkovi xristianlikning bir tarmogʼi hisoblangan. Lekin Vizantiyadan mustaqil boʼlishga harakat qilgan hamda 451 yilda boʼlib oʼtgan Jahon soborining monofizitlarga qarshi qaroriga norozilik bildirgan Аrman-apostol cherkovi amalda ham Sharqiy, ham Gʼarbiy cherkovlardan ajralishga muvaffaq boʼldi.
Аrman-apostol cherkovining diniy taʼlimoti pravoslavlik taʼlimotiga juda yaqin. Faqat Аrman-apostol cherkovida pravoslavlikdan farqli ravishda Isoning jismida xudolik va insonlik xislati alohida-alohida mavjud boʼlmay, ular oʼzaro qoʼshilib ketgan, deb hisoblanadi.
Cherkov taʼlimotida xristianlikning barcha sirli marosimlari tan olinadi. Shu bilan birga, Аrman-grigorian cherkovida boshqa xristian yoʼnalishlarida uchramaydigan “matax” deb nomlanadigan qurbonlik keltirish marosimi mavjud. Bu marosim katta bayramlar munosabati bilan amalga oshirilib, buqa, qoʼy yoki parranda soʼyilib, uning goʼshti maxsus duo bilan muqaddas tuzli suvda pishiriladi. Pishgan goʼshtning hammasi shu kunning oʼzida yaqin kishilarga tarqatilishi lozim.
Ushbu cherkov vakillari Iso tugʼilgan kuni (Rojdestvo, 6 yanvar), Isoning xatna qilinishi (14 yanvar) kabi bayram va marosimlarni nishonlaydilar. Oʼzbekistonda ham Аrman-grigorian cherkovlari mavjud boʼlib, ulardan biri Samarqand shahrida 1903 yildan faoliyat koʼrsata boshlagan. 2011 yilning 1 iyuliga qadar ularga tegishli 2 ta diniy tashkilot roʼyxatga olingan.
Nestorianlik xristianlikdagi yoʼnalishlarning eng kam sonlisidir. U V asr boshlarida paydo boʼlgan. Bu yoʼnalish asoschisi 428-431yillarda Konstantinopolь patriarxi lavozimidagi monax Nestoriy hisoblanadi. Xristianlikning boshqa yoʼnalishlari namoyondalaridan farqli ravishda nestorianlar “Iso Masih Xudoning oʼgʼli boʼlmagan, balki Xudo mujassam boʼlgan inson boʼlgan, shu sababli Iso Masihning xudolik va insonlik tabiati bir-biridan farqlidir”, deb eʼtiqod qiladilar. Shunga bogʼliq ravishda ularda Bibi Maryam Xudoni emas balki Isoni dunyoga keltirgan deb hisoblanadi va unga alohida eʼtiqod qilinmaydi. 431 yilda Uchinchi Butun Jahon Efes soborida nestorianlik eʼtiqodi va oqimi “eresь” (bidʼat) sifatida qoralangan va taʼqib ostiga olingan.
Bugungi kunda mazkur cherkov tarafdorlarining soni taxminan 200 ming kishi. Ular Iroq (82 ming), Suriya (50 ming), Hindiston, Eron, АQSh, Rossiya, Gruziya, Аrmaniston va boshqa mamlakatlarda joylashgan.
589 yili Toledo shahrida boʼlib oʼtgan Butunjahon soborida Nikeya-Konstantinopolь eʼtiqod timsoliga “filiokve” tushunchasining kiritilishi, xristianlikning aqidaviy jihatdan ham amalda ikkiga boʼlinib ketishiga sabab boʼldi. “Filiokve” soʼzi lotinchadan “oʼgʼildan ham” degan maʼnoni anglatib, unga koʼra ilohiy uchlik – troitsaning atributlardan boʼlgan Muqaddas Ruh bir vaqtning oʼzida ham Ota Xudodan ham Oʼgʼil Xudodan tajalliy etadi, yaʼni ulardan kelib chiqadi. Holbuki, Birinchi va Ikkinchi soborlarda qabul qilingan eʼtiqod timsoliga koʼra “Muqaddas Ruh faqat Ota Xudodan kelib chiqadi” deb