Mustaqil ish mavzu: Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy yo`nalishlari Tayyorladi: Qodirjonova M. Tekshirdi: Yunusova D



Yüklə 371,93 Kb.
səhifə6/6
tarix08.05.2023
ölçüsü371,93 Kb.
#109506
1   2   3   4   5   6
asosiy yo`nalishlari

birinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqish taqozo etiladi. Ikkinchidan, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv milliy mexanizmning qonuniy asoslarini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Hamkor tashkilotlar bilan har ikki masala bo‘yicha, umuman, Taraqqqiyot strategiyasi ijrosi doirasida o‘zaro hamjihatlikda faol ish olib boramiz.
Taraqqiyot strategiyasi loyihasining 19-maqsadi – advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining malakali huquqiy xizmatlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iborat. Bunda:
advokatura institutini to‘laqonli o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh
malakali kadrlarni jalb qilish;
advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish;
advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
bepul huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Yana bir muhim jihat: Loyihaning 90-maqsadida  BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish haqida so‘z boradi.
Ya’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish; O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash; BMT va uning muassasalari bilan iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtirish; BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilmoqda.
Muxtasar aytganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi negizida bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng qamrab olinmoqda.
Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi.
Yüklə 371,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin