Grafika atamasi grek tilidagi graphikos so’zidan olingan bo’lib yozilgan, ifodalangan degan ma’nolarni anglatadi.Bu harflarning yozilishi shakllarini va harf bilan tovush orasidagi munosabatni o’rgatadigan fandir. Shunday qilib, grafikani xarflarning yozilish shakli, turi, xususiyatlari, so’zdagi o’rin va shu munosabat bilan ular ifodalagan tovushlarning xususiyatlari qiziqtiradi. So’nggi yillarda ba’zi psixologlar ayrim shaxslarning harflarni yozish xususiyatiga qarab, bu shaxslarning harakterini aniklash yo’lida ancha ishlar qildilar. Uzbek tilining alfavitidagi ba’zi tovushlar turli grafik formalarga ega. Masalan, T harfining bosma shakli bilan yozma shakllari orasida, ya’ni T bilan T va t orasida ancha farq bor. B harfining so’zdagi o’rniga qarab, har xil talaffuz qilamiz: so’zning boshida, yoki unli oldida u b talaffuz qilinadi, masalan, barobar, darboza va h q «Lekin ba’zida so’zning oxirida p deb talaffuz qilinadi: kelib ketdi, o’qib- chiqdi va boshqalar. Bu masalalarda ingliz, franquz tillari alohida o’rin tutadi. U tillarda harf bilan talaffuz orasida juda katta farq yotadi.
Yuqorida keltirilgan yozuvlardan tashqari xozirgi vaqtlarda maxsus yozuvlardan foydalaniladi . Stenografiya,transkripsiya- yozuvning ana shunday maxsus turiga kiradiStenografiya. Bu so’z ikkita grek so’zidan tuzilgan bo’lib stenos tor grapho yozaman degan ma’noni anglatadi. Stenografiya maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan va mutahasislar tomonidan ishlatiladigan yozuvdir. Uning yordamida og’zaki va yozma nutqni tez va to’liq qog’ozga tushurish mumkin. Uni harfli yozuvning boshqa bir turi desak ham bo’ladi. Stenografik yozuvning o’z orfografik prinsplari mavjud. Bu prinsplar stenografik belgilarni to’g’ri, bir xil ma’noda ishlatilishlarini ta’minlaydi. Yozuvning bu turi og’zaki nutqni yozib olishni bir necha martaga qisqartirishi mumkin. Shu-ning uchun u yig’in va majlislarning protokollarini yozib olishda keng qo’llaniladi. Transkriptsiya. Transkriptsiya so’zi lotin tilidagi transcription degan so’z asosida kelib chiqqan. Bu so’zning ma’nosi ko’chirib yozishdir. Bu stenografiya singari maxsus va sun’iy yozuv bo’lib, nutqdagi so’zlarning talaffuzini aniq ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Uning ishlatilish doirasi juda tor. Agar orfografiya xamma uchun umumiy va birdan-bir yozuv deb hisoblansa, transkriptiya maxsus ehtiyojlar uchun ishlatiladi.
Ishlatilish maksadiga kura, transkription yozuv fonetik, fonematik, amaliy transkriptsiyaga ajratiladi. Fonetik transkriptsiya. Fonetik transkriptsiya talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi. Transkriptsiyaniig bu turi xorijiy tillar lug’atida keng qo’llaniladi. Orfografiyasi tarixiy va an’anaviy prinsplarga asoslangan tillarni talaffuzini aks ettirishda maxsus fonetik transkriptsiyaning roli ayniqsa kattadir. Xozirgi vaqtda chet tilni o’qish va o’qitish ishlari- da amalda Xalkaro Fonetik Assotsatsiyaning latin tili grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyasi keng qul- laniladi. Transliteratsiya. Bu so’z ikkita latin so’zidan tashkil topgan bo’lib trans orqali lit(era harf ma’nolarini anglatadi. Shunday qilib transliteratsiya — bir tilning grafik belgilarini yoki harflarini ikkinchi tilning grafik belgilari yoki harflari bilan ifodalashdir. Transliteratsiya odatda so’zlarni tarjima qilish kerak bo’lganda yoki tarjima qilishga extiyoj bo’lmaganda ishlatiladi.Ko’pincha atoqli otlar terminlar shu yo’l bilan ifodalanadi. Masalan: ingliz tilidagi astranaut [astre’na:t] deb talaffuz qilinsa ham, biz uni rus va o’zbek tillarida astranavt deb yozamiz .