Mustaqil ish Tayyorladi: Tojiyev. D


Xorazmiy yozuvi . Xorazmiy yozuvi



Yüklə 234,33 Kb.
səhifə11/13
tarix02.06.2023
ölçüsü234,33 Kb.
#121945
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

Xorazmiy yozuvi .

Xorazmiy yozuvi .

  • Markaziy Osiyo o’lkasi insoniyat yozuv madaniyatining qadimgi o’choqlaridan biri sanaladi. Turon zaminida yozuvidan foydalanish davri 2700 yilga borib taqaladi. Avlodlarimiz so’g’d , xorazmiy , parfiyoniy , baqtariy, manaviy, suryoniy, braxmiy, uyg’ur- turkey, avesto , paxlaviy va boshqa yozuvlardan foydalanganlar. So’g’d yozuvi namunalari mil.avv II , milodiy VIII asr o’rtalariga mansub bo’lib , unda buyumlarga ko’plab bitiglar bitilgan. Ular bizgacha yetib kelgan. Keyingi yillarda Xorazmiy yozuvi va tili haqida ko’p yozilmoqda . Xorazmiy yozuvi oromiy yozuviga asoslangan bo’lib, u Xorazmda yashagan ajdodlarimizning ijtimoiy turmushi , madaniyati , adabiy- badiiy tafakkuri haqida ko’pgina ma’lumotlarni beradi. Xorazm yozuvi namunalari Katda Oybo’yirqal’a shahri xarobalarida , Qo’yqirilganqal’a dan topilgan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda , bu yozuv mil.avv VIX asrlarga tegishlidir. Akademik S.P.Tolstov ning ta’kidlashicha , xorazmiy yozuvi faqat Xorazmdagina emas , balki yangi Markaziy Osiyodan topilgan yozuvlar ichida eng qadimgisi hisoblanadi.

Baqtriya yozuvi.

Baqtriya yozuvi.

  • Bu O’zbekiston janubida (Surxon vohasi) va unga chegaradosh Tojikiston , Shimoliy Avfg’oniston yerlarida joylashgan tarixiy madaniy viloyat aholisning tili va yozuvidir. Baqtriya yozuvi ikki xil –oromiy va qadimgi yunon alifbosi asosida rivojlangan va takomillashgan . Baqtriya yozuvi va tili hali unchalik o’rganilmagan . bizgacha bu yozuvdan yuzdan ortiq so’z yetib kelgan . Baqtriya yozuvi yodgorliklari asosan milodning birinchi asrlariga tegishlidir.
  • Lotin yozuvi

  • Tarixiy –madaniy yodgorliklarning bergan ma’lumotlariga qaraganda , lotin alfaviti eramizdan oldingi VII –V asrlarda Finikiya va Etrus alfavitlari zaminida paydo bo’ldi. Lotin so’zi Tibra daryosining quyi old oqimida yashagan Latsiya qabilasing nomi bilan bog’liq . Bu qabila o’sha vaqtda lotinlar , ularning tili esa lotin tili deb atalgan . Qadimgi Rim imperiyasi davrida lotin tili O’rta yer dengizi atrofidagi barcha mamlakatlarga tarqalgan. Yevropaning shimoli –sharqiga , Shimoliy Afrika, Kichik Osiyo , Buyuk Britaniya, Fransiya , ispaniya , Norvegiya , Ruminiya, Germaniya , Moldaviya , Polsha va boshqalar. Bu davrlarda lotin tili va yozuvi xalqaro madaniy , ilmiy , siyosiy aloqalarning asosiy vositachisi bo’lib qolgan edi. Shuning uchun ham barcha fanlar , ayniqsa, tibbiyotga oid
  • atamalarning ko’pchiligi lotin tiliga mansub , yozuvdagi ifodasi esa lotin grafikasiga asoslangan edi. Milodiy V asrdan Rim imperiyasi qulay boshlagach , lotin tilidan bir qancha tillar - roman tillari , italyan tillari, fransuz , ispan , portugal, rumin , moldavan kabi tillar ajralib chiqadi. Britaniya va g’arbiy Germaniyada lotin tili o’rnini german tillari , Panamada slavyan tillari egallaydi. Hozirgi paytda dunyoda eng ko’p tarqalgan yozuv turi bu lotin yozuvidir.

Yüklə 234,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin