12. Ma’naviyat asoslari – jamiyat, inson va ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, fuqarolarni ma’naviy tarbiyalash omillarini o’rganadi.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi.
Ko’rsatib o’tilgan ushbu fanlar qanday pedagogik masalalarni o’rganadi?
1. Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’spirinlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
2. Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, taraqqiy etish tarixini, shaxsni o’qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo’llanilib kelingan metod va vositalarni o’rganadi.
3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
4. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
5. Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Korrektsion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. Ya’ni:
5.1.Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.