Mustaqil ishi tayyorladi: Qabul qildi


-jadval jamoaning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 117,07 Kb.
səhifə3/6
tarix23.12.2022
ölçüsü117,07 Kb.
#77530
1   2   3   4   5   6
Tarbiya fani

1-jadval jamoaning o’ziga xos xususiyatlari.

2. Jamoa faoliyatini tashkil etish shaklari.

  • Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya`ni ularda o`quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o`z mohiyatiga ko`ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma`ruza, konsert va hokazo) erishish uchun katnashchilariing o`zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Biroq, bundan oldingi holda bo`lgani kabi, bu shakllarda bevosita tengdoshlar bilan birgalikda qatnashish ba`zi hollarda ularning faoliyatidagi ishtirokini faollashtiradi, boshqa hollarda aksincha bo`ladi. Bu ko`p jihatdan o`quvchilarning faoliyat mazmuniga, munosabatiga (ijobiy, passiv yoki salbiy) bog`liq bo`ladi. Faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning maqsadiga erishish uchun o`quvchilarning o`zaro muomalaga kirishishlarini nazarda tutuvchi faoliyat shakllari jamoa shakllari deyiladi, bu muomala jarayonida o`quvchilar o`rtasida jamoa aloqalar vujudga keladi. Bu shakllar obyektiv jihatdan o`zida muomala uchun muayyan shart-sharoitlarga ega bo`ladi. Ular o`quvchilarga ishning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun vazifalarni o`zaro taqsimlab chiqish imkonini beradi, katnashchilar o`rtasida aloqa ta`sirining paydo bo`lishiga olib keladi. Misol tariqasida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning jamoa shakllaridan biri-bilimlarning ijtimoiy ko`rigini qarab chiqamiz. U biror fan bo`yicha o`tkaziladi. Unda ikkita parallel sinf yoki bir sinfdan ikkita komanda ishtirok etishi mumkin. Ko`rikning dasturi ishlarning har-xil turlaridan (yozma, og`zaki, grafik masalalar yechish, topshiriq uchun topshiriqlarni bajarish va shu kabilar) tashkil topadi, ularni bajarish umuman olganda 40-60 daqiqadan oshmaydi. Ko`rik oxirida hay`at a`zolari har bir qatnashchiga va umuman komandadagi o`rtacha bahoni e`lon qiladi. Bu o`rinda bilish faoliyati bilan bog`liq bo`lgan muomala ko`rikka hozirlik ko`rish vaqtidayoq boshlanadi va uni o`tkazish jarayonida juda samarali davom etadi. Bunga sabab shuki, ko`rikka doir dastlabki topshiriqlar jamoadan tayyorgarlik rejasini muhokama etishni, vazifalarni taqsimlashpi yoki guruh bo`lib ishlashni talab qiladi. Ko`rik jarayonida muomala uning hamma qatnashchilar o`rtasida sodir bo`ladi, chunki ulardan har biri muayyan vazifaga ega bo`lib, o`z harakatlarini boshqa qatnashchilar bilan muvofiqlashtirgandagina vazifani muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.

Yüklə 117,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin