1)
mavzular bo‘yicha konspekt
(referat, taqdimot)
tayyorlash.
Nazariy materialni
puxta o‘zlashtirishga yordam beruvchi bunday usul o‘quv materialiga diqqatni ko‘proq jalb
etishga yordam beradi. Talaba konspekti turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ishlarini
osonlashtiradi, vaqtni tejaydi;
2)
o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash.
olgan
bilimlarini o‘zlashtirishlari, turli nazorat ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan
elektron manbalar, innovatsion dars loyihasi namunalari, o‘z-o‘zini nazorat uchun test
topshiriqlari v.b;
3)
fan bo‘yicha qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash.
Mustaqil o‘rganish uchun
berilgan mavzular bo‘yicha talabalar tavsiya etilgan asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha
o‘quv, ilmiy adabiyotlardan foydalanadilar. Bunda rus va xorijiy tillardagi adabiyotlardan
foydalanish rag‘batlantiriladi;
4)
INTERNET tarmog‘idan foydalanish.
Fan mavzularini o‘zlashtirish, kurs ishi,
bitiruv malakaviy ishlarini yozishda mavzu bo‘yicha INTERNET manbalarini topish, ular bilan
ishlash nazorat turlarining barchasida qo‘shimcha reyting ballari bilan rag‘batlantiriladi;
5)
mavzuga oid masalalar, keys-stadilar va o‘quv loyihalarini ishlab chiqish va ishtirok
etish;
6)
amaliyot turlariga asosan material yig‘ish, amaliyotdagi mavjud muammolarning
echimini topish, hisobotlar tayyorlash;
7)
ilmiy seminar va anjumanlarga tezis va maqolalar tayyorlash va ishtirok etish;
8)
mavjud laboratoriya ishlarini takomillashtirish, masofaviy (distansion) ta’lim asosida
mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar tayyorlash va h.k.
YAngi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish
yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar
olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy
maqola (tezis) va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini
chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Vazifalarini
tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspek tlarni va
mavzuni o‘zlashtirishni ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda
amalga oshiriladi.
Mustaqil ishni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli
masalalar to‘plami ishlab chiqiladi. Ma’ruza mavzulari bo‘yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar
echish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda
quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
▪
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va mavzularini o‘rganish;
▪
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
▪
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
▪
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
▪
yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
▪
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar
bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
▪
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
▪
masofaviy (distansion) ta’lim.
Dostları ilə paylaş: |