Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Boshlovchi yigit: 
Salqin saharlarda, bodom gulida 
Binafsha labida, yerlarda bahor, 
Qushlarning parvozi, yellarning nozi, 
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor
2

 Boshlovchi qiz: Ha, tarovatli diyorimizda dehqon bahori – mehnat bahori 
kezmoqda. Marhabo, yashillik va yaxshilik fasli! 
Davraga chuchmomolar, qizg„aldoqlardan sochlariga chambarak taqib, 
egnidagi yashil liboslari etaklarini mayin shabbodalar o„ynoqlab tortiqilayotgan 
Ko„klamoy kirib keladi. Olamni bulbulning yoqimli xonishlari tutib ketadi. 
1
Каrimov I.A. Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch. – Т.: Ма‟naviyat, 2008. – 35-bet. 
2
XX asr o„zbek she‟riyati antologiyasi. –T.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. 
– 
62-бет.


92 
Bir guruh qizlar zamin qa‟ridan asta bosh ko„tarib, bahoriy nasimlarda 
yengilgina tebranayotgan o„t-o„lanlar, haroratli bobo quyosh taftidan g„unchalari 
yaproq yozayotgan chechaklar, ko„kda charx urib parvoz qilayotgan 
qaldirg„ochlar, chamanzor oralab guldan-gulga qo„nayotgan kapalaklar 
harakatlarini ifodalab Furqat g„azali bilan kuylangan “Fasli navbahor o„ldi...”
qo„shig„iga raqs tushadilar. 
Boshlovchi yigit: Assalom, Ko„klamoy! Sening tashrifing ko„ngillarni 
munavvar ayladi. O„lkamizga xush kelibsan ! 
Ko„klamoy: Tashakkur, men yurtingizga yolg„iz o„zim emas, har yilgidek 
sadoqatli hamrohlarim Navro„zoy, Dehqon bobo, Bog„bon bobo, Cho„pon bobolar 
bilan birga qadam ranjida qildim. Marhamat, ularni kutib olaylik. 
Ramziy mehmonlarni yoshi ulug„ qariyalar, Baxshi bobo, polvonlar, 
dorbozlar, masxarabozlar qiyofasidagi shodiyona mezbonlari qarshi olishadi va 
hammalari davra to„ridan joy egallashadi. 
Baxshi bobo navbat olib, do„mbirasini chertib qo„shiq boshlaydi: 
Azal-azal Navro„zjon, 
Bayramlarnng zo„rida, 
Nuroniy chol, kampirlar, 
Turar davra to„rida, 
Keling Navro„z sayliga, 
Siz ham keling mayliga.

Oppoq ko„ylagiga binafshalar qadalgan, sochpopuklari tolbargakdan 
Navro„zoy Jumaniyoz Jabborovning “Navro„z kelibon” she‟ri bilan aytilgan 
qo„shiqqa sahnalashtirilgan raqsni ijro etadi. 
Boshlovchi qiz: Navro„z! Bu so„z dillarga olam-olam quvonch baxsh etadi. 
Uning zamirida ajib nafosat, tuganmas zavq-shavq, zebolik, dilrabolik va 
muattarlik bor. Navro„z uyg„onish, mehnat, mehr-oqibat va muhabbat bayramidir. 
Bu fikrni qo„llari mehnatda qavargan bobo dehqon ham, suruvi ortidan yaylovlar 
osha tog„-toshlar kezgan cho„pon bobo ham, ishq sururidan sarxush oshiq ham
tasdiqlaydi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin