93
Hamma bir-biriga jigar so„z ekan,
Olam ham barobar kecha-kunduz ekan,
Boychechak chiqibdi bugun Navro„z ekan.
Ko„klamoy:
Yangi yilingiz muborak bo„lsin, hoy bobo.
Yangi yilingiz muborak bo„lsin, oy momo.
Yangi yilingiz muborak bo„lsin, hoy ona.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan.
Navro„zoy:
Hoy, bog„bon bobo, niholga bersin baraka.
Hoy, dehqon bobo, dalangga bersin baraka.
Hoy, cho„pon bobo, qo„rangga bersin baraka.
Boychechak chiqibdi, bugun Navro„z ekan. (47-bet)
Qo„llariga savatchalar ko„tarib olgan o„g„il-qizlar
davraga chiqishib,
mehmonlarga boychechaklar hadya qilishadi.
Gullarni hidlab, ko„zlariga to„tiyo qilgan yoshi ulug„
onaxon deydi:
Omonliq, hey omonliq,
Yetdik Navro„zga.
Unutilsin yomonliq
Qut ber, rizq-ro„zga. (42-43-betlar)
Keksa kishilar timsolidagi o„quvchilar kelasi yilni sog„-salomat qarshi
olishni niyat qilishib, bolalarga shirinliklar tortiq qilishadi.
Yakkaxon va xor ijrosida “Boychechak” qo„shig„i yangraydi.
Baxshi bobo jo„shib-jo„shib kuylaydi:
Navro„z nishonasi bu,
Bobo dehqon ish boshlar,
Ezgu niyat bilan u
Yeriga urug„ tashlar,
Keling Navro„z sayliga,
Siz ham keling mayliga. (93-bet)
Bir o„g„il bola sahnaning o„rtasiga toshbaqani teskari tomoniga ag„darib
qo„yib, chiqib ketayotganida boshlovchi yigit uni to„xtatib,
bu xatti-harakatining
boisini so„raydi.
Bola: Ma‟lumki, ota-bobolarimiz qadim zamonlardan buyon dehqonchilik
bilan shug„ullanib, hayot kechirishgan. Bu udum mo„l-ko„l hosil,
qut-baraka
manbai bo„lgan yomg„ir yog„ishga qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: