Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Boshlovchi yigit: Bugun bayramimizga moziydan ulug„ alloma bobolarimiz 
ham tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni olqishlab kutib olaylik. 
Qarsaklar sadolari ostida davraga Alisher Navoiy timsolidagi o„quvchi kirib 
keladi. 
Alisher Navoiy: 
Vasli aro ko„rdum, teng emish bo„yi-yu sochi, 
Tun-kun teng ekan zohir o„lur bo„ldi chu navro„z
1
.
Aziz bolajonlarim! Mening sizlarga bir savolim bor. Ayting-chi
ajdodlaringizning Navro„z haqidagi qanday asarlarini bilasiz?
Tomoshabin o„quvchilardan bir nechtasi sahnaga chiqishadi. 
1
Аlisher Navoiy. Qaro ko„zim. – Т.: G„afur G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1988.
– 247-bet.


96 
1-o„quvchi: Buyuk olimlarimiz Mahmud Qoshg„ariy “Devonu lug„otit 
turk”, Umar Xayyom “Navro„znoma”, Yusuf Xos Hojib “Qutadg„u bilig”, Al 
Hakim at-Termiziy “Navro„znoma” asarlarida ko„klamni va Navro„zni ta‟rifu 
tavsif etadilar. Mazkur asarlarda ajdodlarimiz tomonidan bahor va Navro„z ayyomi 
haqida bundan necha yillar muqaddam yaratilgan qo„shiqlar, hikmatlar, rivoyat va 
afsonalardan namunalar keltirilgan. 
2-o„quvchi: Nosiruddin Burhonuddin Rabg„uziy bobomizning “Qisasi 
Rabg„uziy” asaridan “Bayt Bahoriyot”: 
Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro„zi, 
Kechdi bahman zamharir qish qolmadi qori buzi
1

Alisher Navoiy: Barakalla, azizlarim, barakalla. Javoblaringiz bilan 
kaminani bag„oyat xushnud etdingiz. 
O„quvchilarga samimiy tilaklarini armug„on etgan shoir xayrlashib sahnani 
tark etishadi. 
Boshlovchi qiz: Navro„z – ilhom fasli. Ona tabiat bahor kelishi bilan o„z 
go„zalligini namoyon etishga kirishadi. Olam yashil libosga burkanib, mevali 
daraxtlar gullab hosilga kiradi. Bu qalbda ertangi kunga umid bog„lagan jamiki 
jonzotga mehnat zavqini beradi. Navro„zning umrboqiyligi ham shunda. Bugun 
yurtimizdagi yuksalish-u evrilishlar, xalqimiz ko„nglidagi ulug„vorlik, ertangi 
kunga ishonch tuyg„ularining mustahkamlanishida ham Navro„zning alohida o„rni 
bor.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin