Mustaqil ta’lim 1-Mavzu


-Mavzu:Faoliyatlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə7/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129881
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ta\'lim

8-Mavzu:Faoliyatlarni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi. Ya’ni quyida keltiriladigan turlarigagina xos bo`lgan monotexnologiyalar aslida mavjud emas. Lekin har bir pedagogik texnologiyada asosiy e’tibor ta’lim jarayonining u yoki bu tomoniga qaratilishi natijasida ularni shu belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi.
«Pedagogik texnologiya bu – butun oʻqitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qoʻyuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning oʻzaro aloqasini hisobga olib yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli metodidir».
Texnologiya soʻzi yunoncha boʻlib, texne – mahorat, san’at; logos –ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu soʻz sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanadigan usul va metodlar yigʻindisini bildiradi. Ta’lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha oʻqish va oʻqitishning oʻzaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi. Boshqacha aytganda, ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim berish san’ati, ta’lim berish mahorati ma’nolarini ifodalaydi. Yangi pedagogik texnologiya deyilganda ta’lim berish san’atini ishga solib, uni samarali tashkil etish, uni jahon andozalari darajasiga koʻtarish tushuniladi.
Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, oʻziga xos belgi va xususiyatlarga ega boʻlgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu talim jarayoniga innovasion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qoʻllaniladigan ilgʻor metod va usullar, texnika vositalari, oʻqitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir oʻquvchi shaxsi, ruxiy oʻziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir.Yangi pedagogik texnologiya oʻquvchiga ta’lim jarayonining sub’ekti, ya’ni faol ishtirokchisi, oʻqituvchiga esa shu jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni taqozo etadi. Darsda oʻquvchi faol ishlovchi shaxs boʻlib, u butun mashgʻulot jarayonida egallagan bilimlarini xotirada tiklaydi, uni qisman yangi sharoitlarda qoʻllaydi, aqliy faoliyat usullarini bajarib, ma’lumdan noma’lumga qarab boradi.Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati oʻquvchini mustaqil fikrlashga oʻrgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uygʻotish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir.
Pedagogik texnologiya ta’limda oʻquvchilarni qiziqtirib oʻqitish va bilimlarni toʻliq oʻzlashtirishga erishish, oʻquvchilarning oʻz fikrini bayon etishga imkoniyat yaratishdir. Pedagogik texnologiya jarayonida dars oʻtishda eng asosiy talab oʻquvchining hayotiy tajribasi, avval oʻzlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni koʻzda tutadi.
Yangi pedagogik texnologiya boʻyicha oʻqitishda quyidagilar ta’limning asosiy parametrlari hisoblanadi:
1. Butun oʻquv vaziyati boshqarish ob’ekti sanaladi.
2. Ta’limni boshqarish maqsadli boʻlib, oʻquvchining mohiyatli, ma’naviy va ruhiy kuchlarini rivojlantirishni koʻzda tutadi.
3. Ta’lim jarayoni demokratik, ragʻbatlantiruvchi uslubda bajariladi.
4. Ta’lim jarayonining zaruriy sharti oʻquvchining shaxsiy tashabbusini qoʻllab quvvatlash, oʻqituvchi shaxsinipg ochiqligi, ularning hamkorligi, oʻzaro ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir.
Pedagogik texnologiya oʻziga xos tamoyillarga ega boʻlib, bular kuyidagilardir:
1. Muayyan dars, mavzu, qism, oʻquv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish.
2. Umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki oʻquv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalar tizimini aniqlab olish.
3. Modul ichida echiladigan masalalarningʻ har biri boʻyicha test savollarini tuzib chiqish.
4. Maqsadlarga etish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish.
5. Dars qismlari orasidagi zaruriy bogʻliqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin