Mustaqil ta’lim 1-Mavzu


-Mavzu:Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni tarbiyalash



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə6/8
tarix14.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129881
1   2   3   4   5   6   7   8
Mustaqil ta\'lim

7-Mavzu:Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni tarbiyalash.
Reja:

  1. Allomalarimiz o’yinlar haqida.

  2. Ajdodlarimiz merosida axloq odob tarbiyasi masalalari.

  3. O’zbek xalq o’yinlari va ularning darsda qo’llanilishi.

O’yinlar xalqning o’zi singari qadimiy va boy tarixga ega. Xalq o’yinlarining nomlanishi va ularning o’ynalishi tarkibi to’g’risida turkiy zabon olim Maxmud Qoshqariy o’zini “Devonu lug’otit turk” asarida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
Qashqariy keltirgan ma’lumotlar o’yinlarning tarixiy zaminiga va asosga ega ekanligini ko’rsatadi. Darhaqiqat o’yin nomlari va o’yinlarning uynalishi tarkibi avloddan-avlodga o’tib kelgan.
SHunday savol tug’iladi qanday o’yinlari bo’lgan? O’zbek halqining shox asari hisoblangan.”Devonu lug’atit turk” da o’yinlar to’g’risida muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Afsuski, qadimiy o’yin nomlari tadbiq etilmagan, o’yinlarning uynalishi tartibi tiklanmagan.
Qashqariy lug’atida zikr etilgan o’yinlar nomini va uning tartibini tiklash va tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, o’yinlar xalq madaniyatining ajralmas bir bo’lagidir. “Devonu lug’atit turk” da anchagina o’yinlarning nomlari keltirilgan. Ayrim o’yinlarning uynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar sevib uynayotgan yong’oq, poylama singari o’yinlar.
X-XII asrlarda ham ommaviy bo’lgan. Bu hodisaning hozirgi nomi do’l “Devonu lug’atit turk” da yong’oq o’yini bilan bevosita bog’liq bo’lgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan.
“CHavgon” haqidagi ma’lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “SHoxnomasi” da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi.M.Qashqariy o’yin nomini chavgon to’pini uradigan cho’p nomidan olinganligini ta’kidlaydi.CHavgon cho’pi shu nom bilan atalgan bo’lib fors-tojikcha so’zdir.Uning ma’nosi “uchi egri, uzun tayoq” degani.Qashqariy lug’atidan o’rin olgan bolalarning sevimli o’yinlaridan biri “Ko’chirma o’yini” ya’ni o’n to’rt degan o’yindir.Erga qo’rg’onga o’xshatib to’rtta eshik qilinadi. SHu eshiklardan yumaloq tosh yoki yong’oq tashlab uynaladi.Bu o’yinning uynalishi tartibi hozirda bolalar o’ynaydigan mak-mak ko’chmak o’yinlariga o’xshab ketadi.O’tmishda kattalar va kichiklar sevib o’ynagan o’yinlardan biri koptok o’yini bo’lgan.Qashqariy lug’atida koptok nomi tabiq deb berilgan. Koptok o’yinini ko’proq turk qavliga mansub aholi o’ynaganO’yin boshida kimki koptokni tayoq ayrisi bilan qattiq ursa o’yinni o’sha boshlagan. Qadimda rezina koptoklar bo’lmagan. Albatta ijodkor xalqimiz yung va ipak matodan chiroyli koptoklar (bo’lmagan, albatta ijodkor xalqimiz) uynashgan.Sigir, tuya, ot junidan koptok yasash uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblangan. Koptok bilan uynaladigan uyinlarning turi xam ko’p bo’lgan.Mungiz-mungiz degan bolalar o’yini qo’yidagicha uynaladi. Bolalar birorta unga chuqur bo’lmagan chuqurga atrofida o’tirishadi.Sonlari orasida ho’l qum olib tuldiriladilar. So’ng qumni qo’llari bilan uradilar. Ulardan biri (ona boshi) munguz-mungiz) deydi.Qolganlar na mungiz deydilar. Ona boshi birin-ketin shoxli hayvonlar nomini aytadi, bolalar takrorlaydilar.Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot va boshqa shoxi yo’q hayvonlar nomini aytib chalg’itadi. Bolalarning birortasi uning ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, o’yin shartiga muvofiq uni chuqurga itarib yuborishadi.Bobokalonlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida ham bolalar ijodkorligi folklar o’yinlariga ta’luqli ma’lumotlar juda ko’p uchraydi.2. Biz ko’p yllik tarixga egamiz. Bu tarix o’zzbek xalqining ilm-fandagi g’oyalarinin pishiqligi, yaratiuvchanligi, qahramonlikka to’la hayoti va faoliyati bilan ko’plab boshqa halqlarga o’rnak bo’lib hisoblangan. O’z zamonida endi esa o’tmishda bobolarimiz yaratib ketgan manbalardan xam begonalasha boshladek.
Biz o’zga xalqlar tarixiy, madaniyatini va udumlarini o’rganib hurmatini joyiga qo’yib keldigu, o’zimizning tariximiz fani, madaniyati, urf-odatimizni o’rganmadek. Unga hurmatsizlik qildek.Natijada bugungi kunga kelib tarbiyaviy ishlarga ko’plab kamchiliklarimiz ko’rinib qoldi.Xalqimiz ko’psohalarda millatchilikda ayblanib urf-odati va an’analari ta’qiqlab kelindi. Masalan: o’zbek milliy o’yinlarining uynalishiga yo’l qo’yilmadi.Ta’kidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy o’yinlari bo’lgani kabi, o’zbek xalqining ham o’yinlari bo’lgan.Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. O’zbek xalqi milliy o’yinlarining yaratilishi halqning yashashi, mehnati, o’z-o’zini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqadi.Bu o’yinlar inson tarbiyasiga, sog’ligiga ijobiy ta’sir etib kelgan. O’z zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, ishjoatli bir kishi ming kishidan afzal”- deb aytgan edi.



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin