2-Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining ish hujjatlari Reja:
1.Ish xujjatlari haqida umumiy tushuncha
2.Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ish xujjatlarini yuritish moxiyati
3.Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida ish xujjatlarini yuritish talablari.
1.Ish xujjatlari xaqida umumiy tushuncha.
O‘zbekiston Respublikasining qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 oktyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019 yil 14 dekabrda ma’qullangan.
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar – nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga muvofiq maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilot;
inklyuziv ta’lim va tarbiya – bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon;
maktabgacha bo‘lgan yosh – bolalarning tug‘ilgan paytidan yetti yoshgacha, to ularga umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish boshlangan paytga qadar bo‘lgan yoshi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti – ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy talablar majmui;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi – bola tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan asosiy bilimlarning, mahorat va ko‘nikmalarning hajmini hamda mazmunini belgilovchi, shuningdek ta’lim va tarbiya mazmunining o‘ziga xosligini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflovchi hujjat;
maktabgacha ta’lim tashkiloti – maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat va nodavlat tashkiloti;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya asosida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim va tarbiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
pedagogning kasbiy standarti – maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining shaxsiy kasbiy sifatlariga, bilimlariga, mahorati va ko‘nikmalariga doir asosiy talablar majmui;
ta’lim va tarbiyaning muqobil shakli – maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modeli.