4-Mavzu:Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvida direktorning o’rni Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy tiplari quyidagi-lardan iborat: yaslilar; yasli-bog’chalar; g) bog’chalar; maktab-bog’chalar.Maktabgacha ta'lim tashkilotlar kimga bo’ysunishidan qat’iy nazar xalq deputatlari mahalliy kengashi ro’yxatidan o’tkaziladi. Maktabgacha talim muassasasi ro’yxatdan o’tkazilgach, unga tartib raqami beriladi va u yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qaytadan tuzish (qo’shish, olish,birlashtirish, ajratish, bo’linish, qayta tashkil etish) xalq ta'limi bo’limlari, korxona,muassasa, tashkilot tavsiyasiga ko’ra xalq de-putatlari mahalliy kcngashlari qarori asosida amalga oshiriladi. U bog’cha mehnat jamoasi va xalq ta'limi kengashi bilan kelishilgan bo’lishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasi turlicha: tipiga,tuzilishiga qarab shtat birliklarini, xodimlar oylik maoshlarini tas-diqlaydi.Ota-onalar qo’mitasining asosiy vazifalari bolalar bog’chasi Nizomida ko’rsatilib berilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ko’p variantli tax-miniy dasturlardan birini tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta'lim tashkilotlar tarbiyaviy ta'lim muassasasi bo’lib, ijtimoiy va-zifalar bilan bir qatorda konsepsiya, nizom hamda dasturga muvofiq malakali tarbiya va ta'lim berishni ta'minlaydi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlar o’z dasturi va mctodikasini islilab chiqish hamda amaliy faoliyatida qo’IIash huquqiga ega. Ularning tasdiqlangan tartibio’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bclgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tarbiyalash vao’qitish bo’yicha qo’llanmalarni hamda metodikani erkin tanlash huquqiga ega. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish va rivojlantirishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun yangi tipdagi, yo’nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalarini tuzish respublika xalq la'limini boshqarish va
sog’liqni saqlash organlari tomonidan belgilanadi. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalarida ish xususiyati, ularga qabul qilish qoidalari, bolalarga ta'lim berish va ularni tarbiyalashni tashkil qilish tartibi o’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda o’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli
yo’riqnomalar bilan aniqlanadi.Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotlarning tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to’la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi. Shuningdek, nazorat – maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatida tashqi va ichki
koʻrsatkichlarni oʻzgartirish jarayoni toʻgʻrisida maʼlumot olish va keyinchalik
rejalashtirilgan harakatlarni amalga oshirish uchun salbiy oqibatlarni bartaraf etish
jarayoni. Boshqaruv vazifa sifatida boshqa vazifalarsiz mavjud boʻla olmaydi va
boshqa vazifalar bilan birgalikda mavjuddir. Qayd etilgan vazifalar maktabgacha
taʼlim tashkiloti direktorining zimmasida qanday masʼuliyat mavjudligini
koʻrsatadi.
Boshqaruv madaniyati samarali boshqaruv faoliyati shartiga aylanadi,
shuningdek boshqaruvchiga xos xususiyat sifatida namoyon boʻladi. Maktabgacha
taʼlim tashkiloti direktori boshqaruv madaniyatining mohiyati taʼlim jarayonini
boshqarish tamoyillari, tashkiliy shakllari va texnologik usullarini bilishdan iborat.
Boshqaruv madaniyati boshqaruv faoliyati jarayonida namoyon boʻladi, ong, xulqatvor uslubi va aloqa, shuningdek, bevosita boshqaruvchining kasbiy faoliyati bilan
bogʻliq.
Boshqaruvchi oʻz kasbiy vakolatlari, shuningdek, shaxsiy fazilatlaridan qay
birini jamoa qabul qilgani va qay biri jamoada javob topa olmasligini tushunishi va
kuzatishi kerak. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktoriga xos fazilatlarni rasmiy
ravishda psixologik, intellektual, ijtimoiy va professional sifatida belgilash mumkin.
Qayd etilgan sifatlarning toʻliq roʻyxati oddiyroq tarkibiy qismlardan iborat.
Direktorlarga xos fazilatlarni uch guruh: professional, shaxsiy va ishbilarmonlikka
ajratish mumkin. Shuningdek, direktor uchun pedagog kadrga bolani tushunishga
oʻrgatish muhimdir.
Haqiqiy pedagog kadrning shakllanishi pedagog kadrning bolani tushuna olish
qobiliyatidan boshlanadi. Agar pedagog kadr bolaning maʼnaviy dunyosini
tushunishga harakat qilmasa, u holda kelajakda u endi taʼlim va sotsializatsiya
jarayoniga taʼsir koʻrsta olmaydi. Boshqaruv faoliyati jarayonida boshqaruvchida,
albatta, turli xil muammolar uchraydi va u mazkur muammolarni samarali hal qilish
darajasi orqali uning vakolat darajasini aniqlash mumkin. Boshqaruv vakolati
rivojlanishi nafaqat oʻz-oʻzini rivojlantirish va boshqaruvchi faoliyatida tajriba
orttirish, balki boshqaruvchining malakasini oshirish, shuningdek, maktabgacha
taʼlim tashkiloti direktorining kasbiy qayta tayyorgarligiga bogʻliq.
Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning ahamiyati haqida qarashlari
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan.
Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”. Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim.
Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi.