Mustaqil ta`lim (vi-semestr)


) Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlari -



Yüklə 143,23 Kb.
səhifə12/12
tarix27.12.2023
ölçüsü143,23 Kb.
#198908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mustaqil ta`lim (vi-semestr)-fayllar.org

4) Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlari - amaliy psixologik xizmat doirasida talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor, muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korrektsion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi: - amaliy psixologning maxsus individual ishi; - talabalar guruhiga tarbiyaviy ta`sir o’tkazishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar; - ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish. 5Psixologik konsultatsiya - talabalar ta`lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma`muriyat, o’qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish; - ta`lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. 3.2. Psixologik xizmat metodlari turlicha bo’lishi mumkin: a) psixologik madaniyatni o’stirish va targ’ib qilish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma`ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish, ularni tarqatish; b) ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish; v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); d) psixologik maslahat berish; ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish. Uning ish rejasi prorektor tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi.
Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta'lim muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o’rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi- o’qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta'sirini, hart-haroit va boshqa psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta'siri natijasida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishda o’sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo’nalishlar ham o’zining ijobiy ta'sirini o’tqazgan. Bixevioristik psixologiya yo’nalishi pedagogik psixologiya uchun asos qilib tarbiyachi va o’qituvchiga vosita qilib tashqi muhit ta'sirini oladi. Tashqi muqhit qanchalik ijobiy ta'sir qiluvchi omil bo’lsa, ya'ni qulay hart-haroit vujudga kelsa, demak shaxsning tarbiyalanishi shunchalik ijobiy kechadi.
Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning individual psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta'siri hamda boshqa odamlar o’rtasidagi muloqot, muomala ta'siri borligini, shuningdek, yana bir qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta'lim orqali o’qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani hartli ravishda bir necha turga ajratish mumkin: a) ta'lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o’qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar.
Tibbiyot psixologiyasi - kasallarning davolanishi, gigiena, profilaktika, diagnostika jabhalarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Tibbiyot psixologiyasida tadqiqotlar tizimiga kasalliklarning kechishi, ularning shaxs psixologiyasiga ta'siri qonuniyatlari, insonning kasallikdan sog’ayishiga mikrosotsial guruh ta'siri o’rganiladi. Tibbiyot psixologiyasi o’z ichiga klinik psixologiya, patopsixologiya, neyropsixologiya, somatopsixologiya kabi bo’limlarni qamrab oladi. Tibbiyot psixologiyasi tarkibiga psixoterapiya sohasini ham kiritadilar. Tibbiyot psixologiyasining asosiy muammosi kasallikni davolashning inson psixologiyasiga ta'sirini tadqiq qilishdir. Uning asosiy muammosi insonning psixologiyasiga ijobiy ta'sir qiluvchi va shu bilan davolanishni tezlashtiruvchi, ijobiy davolash muhitini tashkil qilishdir. Psixik hodisalar bilan miyaga fiziologik tuzilishlar o’rtasidagi nisbatni o’rganadigan soha - neyropsixologiya.
Dorivor moddalarning kishi psixik faoliyatiga ta'sirini tekshiradigan soha - psixofarmokologiya. Bemorlarni davolash uchun psixik jihatdan salomatligini ta'minlash chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi soha - psixoprofilaktika. Yuridik psixologiya - huquq doirasidagi munosabatlar odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Eksperimental psixologiya ta'siri ostida XX asrning boshlarida yuridik psixologiya sohasida ilk laboratoriya tadqiqotlari o’tkazilgan. Bu tadqiqotchilar guvohlarning ko’rsatmalarini va so’roq olib borish asoslarini o’rganishni maqsad qilib qo’ygan edilar.
Yuridik psixolog sifatida yozuvchi A.K.Doylning qahramoni Sherlik Xolmsni atash mumkin. Yuridik psixologiya bo’yicha tadqiqot ishlari o’sha vaqtlarda G.Gross, K.Marbe, V.Shtern, K.Yung va boshqa psixologlar tomonidan olib borilgan. Keyinchalik yuridik psixologiyaning o’ziga xos tadqiqot yonalishlari vujudga keldi: jinoyatchilar shaxsini tadqiq qilish, guvohlik ko’rsatuvchilar ko’rsatmalarini tekshirish, sud psixologiyasi ekspertizasining nazariy va amaliy tomonlari ishlab chiqilgan. Yuridik psixologiya umumiy psixologiyaning metodlari va o’ziga xos ularning shakllarini qo’llaydi.
Hozirgi zamonda uning bir qancha bilimlari mavjuddir: kriminal psixologiya, sud psixologiyasi, jinoyatchilarni qayta tarbiyalash psixologiyasi, ya'ni penitentsiar psixologiyasi yoki axloq tuzatish mehnat psixologiyasi kabilar.
Harbiy psixologiya-harbiy faoliyatining inson psixikasiga ta'siri, harbiy faoliyatning xususiyatlarini psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi, tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Jangchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish - harbiy psixologiyasining asosiy muammolaridan biridir. Harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan jangchilar muloqotining psixologik xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o’zgarish, bo’linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy-vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirsh birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbahariy qonuniyatlar yotadi.
Sport psixologiyasi - sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Mazkur soha XX asrning 60-70 yillarida jadal su'atlar bilan rivojlana boshladi va uning ilk tadqiqotlari sportchilarning individual psixologik farqlarini o’rganishga qaratilgan edi. Hozirgi davrga kelib esa sport psixologiyasi o’rganayotgan muammolar ko’lami kengaydi, shu boisdan uning asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta'sir o’tkazuvchi muhim hart-haroitlarni yaratib berishdir. Bundan tashqari, sport psixolgiyasi sportchilarning shaxs sifatida rivojlanishiga, erishgan yutuqlariga psixologik yordam ko’rsatish jabhalari bilan ham shug’ullanadi.
Savdo psixologiyasi - jahon mamlakatlarida keng rivojlangan bo’lib, tijorat ta'sirining psixologik negizlari, ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlarini, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid va boshqa xususiyatlarini, xaridorlarga xizmat ko’rsatishning psixologik omillarini aniqlaydigan soha. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari, modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa, sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta'sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u, ishonch uyg’onish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizomli holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etish ham mazkur sohasining tekshiruv predmetiga kiradi.
http://fayllar.org
Yüklə 143,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin