Mustaqil ta`lim (vi-semestr)


,MAVZU. PSIXOLOGIK MUAMMO



Yüklə 143,23 Kb.
səhifə8/12
tarix27.12.2023
ölçüsü143,23 Kb.
#198908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mustaqil ta`lim (vi-semestr)-fayllar.org

6,MAVZU. PSIXOLOGIK MUAMMO 
Reja: 
1.Psixologik muammo haqida umumiy tushuncha
2.Psixologik muammo tasnifi
3.Psixologik maslahatda psixolog shaxsiga qo’yiladigan talablar
Tayanch tushunchalar: psixologik muammo, psixologik amaliyot,
psixologik travma, profkonsultatsiya, depressiya, psixolog konsultant, empatiya,
intospeksiya, stressga chidamlilik, noverbal signallar, verbal signallar, aqliy
kompetentlik.
1.Psixologik muammoni yaxshiroq anglash uchun, avvalo, muammo nima
degan savolga javob berish lozim.
Muammo – muayyan yechim talab qiladigan chigallik. Muammo grekcha
“problema” so’zidan olingan bo’lib, (zadacha) vazifa dedgan ma’noni anglatib
muammoli vaziyat orqali subyekt faoliyatida o’zgarishlarga olib kelgan natijalardan
biri bo’lib, mavjud tajribalar orqali uni hal etish imkoniyati yo’qligini anglatadi.
Psixologik muammo ichki muammolar bo’lib, ular ro’y-rost ratsional asosga ega
bo’lmaydi.
Bugungi kunda psixologik muammoni xarakterlovchi 3ta belgi hisobga olinadi:
1. Normal hayot faoliyatidagi qiyinchiliklarning jiddiy manbai yoki
noadekvat xulq-atvor sababli muammoning mavjud bo’lishi;
2. Muammoning mohiyatini tashkil etuvchi jarayon mo’ljallanmagan yoki
ratsional asosga ega emas.
3. Muammoning manbai tashqi shart-sharoitlarga emas, balki insonni ichki
olamidagi qarama-qarshiliklardir.
Yuqoridagi diagrammada psixologik muammoning asosiy xususiyatlari aks etgan.
2. Bugungi kunda psixologik muammolarning bir qator turlari sanalib o’tiladi. 

Albatta, ushbu muammolar birinchi navbatda insonning ruhiy holati bilan bog’liq


bo’lgan muammolar hisoblanadi. Shu boisdan ham psixologik amaliyotda quyidagi
psixologik muammolar bo’yicha maslahat tashkil etiladi.
Erkaklar va ayollar:
Xiyonat va rashk
• Yaqin kishisiga emotsional tobe bo’lib qolish
• Sevgi uchburchagi
• Tanlagan insonini yoqimsiz xulq-atvorga ega bo’lishi
• Shaxslararo munosabatlarning umumiy masalalari
Psixologik travmalar va yo’qotishlar
O’lim
Ota-ona va bola muammolari
Jinsiy faoliyat bilan bog’liqlar
O’smir va o’spirinlar muammosi
Shaxslilik muammolari
Qo’rquv
Depressiya
Yo’lg’izlik (guruhdan ajralish, baxti ochilmaslik)
O’z o’rnini aniqlash
Yaqinlarining psixologik muammolari
Ta’lim jarayonidagi muammolar
Karera, marketing bilan bog’liq muammolar

Profkonsultatsiya masalalari (Kasb tanlash bilan bog’liq muammo)


Shunga ko’ra, psixologiyada muammolarning bir necha modellari mavjud. Ushbu
modellardan biri N.I. Kazlov modelidir. Uning modeliga ko’ra muammolar sababi
3ga ajratiladi.
1. Sababi ochiq oydin muammolar
2. Sababi yashirin muammolar
3. Sababi chuqur yashirin muammolar
Yaqin kishinisini yo’qotgan odamning depressiya holatiga tushib qolganligi
sababi ochiq oydin ko’rinib turgan muammoga misol bo’lsa, kichik maktab
yoshidagi bolaning o’z-ozidan tinmay yig’lab injiqlik qilishi noaniq sababli
psixologik muammoga misol bo’lishi mumkin. Psixologik muammoning asl
sababini to’g’ri aniqlash uning yechish uchun qo’yilgan birinchi qadam bo’ladi. Bu
esa psixolog konsultantda yetarli malaka talab etadi. Psixologik muammolarni hal
qilishda bugungi kunda konsultativ psixologiya amaliyotida turli maktab
yondashuvlardan foydalaniladi. Ularga misol qilib, psixoanaliz, geshtalt, kognitiv
yondashuv kabilarni kiritish mumkin. Psixologik maslahat jarayonida shaxsni
qiynayotgan muammolarga yechimtopishda foydalaniladigan metod hamda
yondashuvlar psixologik muammo xarakteri hamda psixolog mahoratiga bog’liq.
3. Psixologik maslahat o’tkazish murakkab jarayon bo’lib, psixolog
konsultantga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu bois ham konsultativ psixologiyada
ko’plab olimlar psixolog consultant shaxsiga qo’yiladigan
asosiy talablarni tadqiq qilishga intilishgan. Quyida ular orasida bir nechtasi ko’rib
chiqamiz. Foster va Guy konsultant shaxsiga qo’yiladigan talablarni quyidagilarga
ajratadi. a) Bilimga chanqoqlik, harakatchanlik Ushbu sifatlarga ega bo’lgan
odamlar boshqa insonlarga samimiy qiziqa oladi. b) eshita olish qobiliyati c)
muloqatga kirishishda yengillik fikr almashishda qoniqish hissi his qildira olish d)
empatiya va tushunish psixolog patsient o’rniga hatto boshqa jinsdagi bo’lsa ham 

o’zini qo’ya olishi e) introspeksiya har bir konsultant o’zining ichki holatini his qila


olishi f) fidoyilik kerakli vaqtda patsient boshqa insonni eshita olish hamda uning
muammolarini hal qila olish g) emotsionallik h) iliq munosabat o’rnata
olishkonsultant uchun patsient bilan emotsional yaqinlik munosabatini o’rnata olish
muhimdir. i) Boshqarishidagi komfortlik consultant boshqalarning mustaqilligini
sqlagan holda konsultatsiya jarayonini boshqarib turishi muhim. j) Hazil-mutoyiba
hissi.
Hayotda sodir bo’lgan ba’zi bir voqealarni kulgili tomonini ko’rsata olish
ham psixolog konsultantning malaka talablariga kiradi.
Bundan tashqari Pattersen va Velfel (1994-y) psixolog konsultant faoliyatining
muvaffaqiyatli bo’lishida unda quyidagi sifatlar: stressga chidamlilik, maqsadga
inltiluvchanlik bo’lishi lozimligini ta’kidlagan. Kormier (1998-yil) muvaffaqiyatli
konsultantda quyidagi shaxsiy sifatlar borligni bildiradi.
1. Intelektual (aqliy kompetentlik) ya’ni o’rganishga bo’lgan xohish va o’z
ustida ishlash layoqati
2. G’ayratlilik 3. Moslashuvchanlik (konsultatsiya jarayonida patsientning
to’satdan berilgan savollariga javob bera olish layoqati)
4. Jonbozlik ko’rsata olish layoqati ya’ni konsultantning patsient qaror qabul
turtki bo’la olishi kerakli yordam va o’ziga bo’lgan ishonchni bera olishi
5. Irodalilik
6. O’ziga bo’lgan ishonch.
Psixolog konsultant shaxsiga qo’yiladigan talablar turli olimlar tomonidan
turlicha talqin qilingan bo’lsa-da, barchasini birlashtiradigan umumiylikni guvohi
bo’lishimiz mumkin. Bu sifatlar qatoriga malakaviy kompetentlik, o’ziga bo’lgan
ishonch, irodalalilikni kiritish mumkin. O’z ishini yaxshi olib boruvchi psixolog
konsultant esa psixologik maslahat jarayonining muvaffaqiyati garovidir.

Yüklə 143,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin