1.1917-1924 yillarda Qoraqalpog‘iston. 1917 yil fevral inqilobi chorizmga qarshi olib borilgan milliy ozodlik harakatlarining butun bir davrini yakunladi. Barcha O‘rta Osiyo xalqlari qatori Turkiston o‘lkasining Amudaryo bo‘limi va Xiva xonligining vatanparvar kuchlari mustaqillik uchun kurash jabhalarida katta tajriba to‘plagan edilar. 1917 yilga kelib Amudaryo bo‘limining aholisi 38626 kishiga qisqarib ketgan edi. Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi Qoraqalpog‘istonda shov-shuvsiz, to‘polonsiz qabul qilindi. CHunki, hokimiyat tepasida sobiq mustamlakachilar va podsho amaldorlari turardi. Petro-Aleksandrovsk shahar dumasi bolsheviklarning sa’y-harakatlarini ma’qullamadi va u 1918 yil oxirigacha faoliyat ko‘rsatdi. 1917 yil oktyabr oyidan 1918 yil oktyabriga qadar Amudaryo bo‘limi komissari lavozimini V.N. Pamshev egallab turdi va bu davrda keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi. 1917 yil mart oyida tashkil etilgan Petro-Aleksandrovsk shahar soldat deputatlari kengashi faollik ko‘rsata olmadi, shahardan tashqarida o‘z hokimiyatini tashkil eta olmadi. Amudaryo bo‘limi tasarrufidagi ovul va qishloqlar Petro-Aleksandrovsk shahar kengashidan xech qanday yordam olmasdan, o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlarini tashkil etdi, ularga obro‘li urug‘ boshliqlari – Ubaydulla Bayatdinov, Bola biy va boshqalar boshchilik qilishdi. 1918 yil ikkinchi yarmidan boshlab Amudaryo bo‘limida vaziyat o‘zgara boshladi. Xiva xonligida Junaidxon hukmronligi o‘rnatilishi bilan bu erga so‘l Xiva soxilidagi rus aholisi ko‘chib kela boshladi. Xivadagi xokimiyat o‘zgarishi TASSR XKSni tashvishga solib qo‘ydi. Amudaryo bo‘limiga Toshkent va CHorjuydan qizil gvardiyachi otryadlar jo‘natildi. Petro-Aleksandrovsk shahri amalda bolsheviklar hokimiyatining xarbiy bazasiga aylantirildi. Amudaryo kengashi deb kayta nomlangan Petro-Aleksandrovsk kengashi qizil gvardiyachi otryadlariga tayanib 24 ta hunarmandchilik va yarim hunarmandchilik, paxta tozalash zavodlarini, baliqchilik korxonalarini, boylarning uylarini, o‘rmon xujaliklarini, badavlat xo‘jalik erlarini, bog‘lar, dorixonalar, harbiy lazaretlar va kasalxonalarni natsionalizatsiya qildi. Umuman, natsionalizatsiya qilish, tovon to‘lash, oziq-ovqat otryadlarining zo‘ravonligi, Xiva xonligi bilan TASSR o‘rtasidagi xarbiy qarama-qarshilik – bularning hammasi 1918 yil oxiri – 1919 yilning birinchi yarmida Amudaryo bo‘limidagi umumiy siyosiy axvolning ko‘rinishi edi. Yangi hokimiyat komissarlari maxalliy kengashlarga saylov o‘tkazdilar, saylovga savdogarlar vakillari, er egalari va ruhoniylar qo‘yilmadi. Bolsheviklar tomonidan o‘tkazilgan bu saylovlarda mahalliy xususiyat e’tiborga olinmadi, jamiyatning urug‘chilik asosida tuzilganligiga rioya kilinmadi. YAngi hokimiyatning bu tadbirlari asrlar davomida qaror topgan ananaviy sharqona tuzilmalarni barbod qilishga qaratildi. 1918 yilning kuzidan 1919 yilning avgustiga qadar Petro- Aleksandrovskka qurollangan ishchilar, matroslar, xorijiy legionerlarning bir qancha otryadlari keldi. Bu otryadlar Amudaryo bo‘limidagi mahalliy partiya tashkilotlarini va xarbiy organlarni mustahkamlash uchun tadbirlar amalga oshirdi. Ular mahalliy aholiga nisbatan zo‘ravonlik usullarini qo‘lladilar. Qizil askarlar orasida o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik, talonchilik avj oladi. Buning ustiga bolshevik hukumati diniy muassasalar va ruxoniylarga ham tazyiq o‘tkaza boshladi. Bolshevik ma’murlarining xalqqa qaratilgan bu tadbirlari o‘lkada milliy ozodlik harakatining ko‘tarilishga sabab bo‘ldi. Bolsheviklarga qarshi ko‘tarilgan bu kurashning birinchi bosqichida aholining barcha qatlamlari eshonlar boshchiligida faol ishtirok etdi. Bu kurashga Ural kazaklari ham qo‘shildilar. Bolsheviklar Amudaryo kengashining 1919 yil 29 iyuldagi karori bilan CHimboy shahriga 17 kishidan iborat favqulodda komissiyasi yuboriladi. Ularning urallik kazaklar atamani M.Filchev bilan olib borgan muzokaralari muvaffaqiyat qozonmadi. SHunda komissiya CHimboy kengashi ijroqo‘mini tarqatib yuborib, uning o‘rniga CHimboy uchastkasi inqilobiy qo‘mitasini tuzdi. Lekin bu tadbir bu erdagi kuchlar nisbatini xisobga olmasdan amalga oshirilgan edi. SHu sababdan ham favqulodda komissiya 10 avgust kuni Petro-Aleksandrovskdan harbiy yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. U erdan CHimboyga 80 kishilik xarbiy otryad yuborildi, lekin bu otryad qamalga tushib qoladi. 14 avgustda qarshilik harakati ishtirokchilari favqulodda komissiyani xibsga oldi. Qarshilik harakati otryadlari safida 40 mingdan ortiq kishi bor edi. Tez orada qo‘zg‘olonchilar Nukusni ishg‘ol qildilar va 1919 yil 17 avgustda CHimboy uchastkasining barcha hududlarini, Mo‘ynoq baliqchilik tumanini ham bolsheviklardan ozod qildilar. SHu tariqa Amudaryo bo‘limining shimoliy tumanlarida bolsheviklarsiz xalq hokimiyati o‘rnatildi. Xalq hokimiyatining boshlig‘i qilib urallik kazaklar atamani Mixail Filchev saylandi. Xukumat tarkibiga nufuzli qoraqalpoqlar Ubaydulla Boyatdinov (Xon Maxsum), Ibroxim Odilov, Inoyat Niyozov, Seytnazar Pirnazarov, Bola biy, ural kazaklari – SHishenkov, Salnikov, Gutarov, Bojedomov, SHevelyov va boshqalar kirdi. Qarshilik harakati rahbarlari Xorazm voxasida sovetlarga qarshi kurashayotgan Junaidxon bilan aloqa o‘rnatadilar. Bu davrda Junaidxonni Rossiyadagi “oqlar harakati” ham qo‘llab-quvvatlamoqda edi. Junaidxon oqlar harakatining bu davrdagi oliy qo‘mondoni admiral Kolchak bilan aloqa bog‘lagan edi. Tez orada Kolchak yuborgan missiya – polkovnik Xudyakov boshchiligidagi 8 zobit va 130 ural kazaklari Xo‘jayli shahriga etib keladi. Lekin ko‘p o‘tmasdan Kolchak qizil qo‘shinlar tomonidan tor-mor etiladi. Natijada O‘rta Osiyoning siyosiy va harbiy shtabi bo‘lgan Turkkomissiya (raisi – SH. Eliava) oldida endi Buxoro va Xiva masalasini echish qolgan edi, xolos.Bu masalani xal etish uchun Turkkomissiya Xorazm voxasida proletar inqilobini o‘rnatish uchun Amudaryo bo‘limiga katta e’tibor qaratadi. Bu erga Turkkomissiyaning ishonchli vakili G. Skalov yuboriladi. Uning ixtiyorigaN.SHerbakov boshchiligidagi qizil askarlar bataloni xam berildi. CHorjo‘y tumanidagi barcha sovet qurolli kuchlari qayta tashkil qilinib, Zakaspiy fronti Petro-Aleksandrovsk guruhiga aylantirildi. Bu guruh, 1919 yil 17 avgustda Amudaryo bo‘limiga etib keldi. Guruh tomonidan 11 noyabrda Nukus qal’asi egallandi, lekin bu Xorazm voxasidagi umumiy siyosiy-harbiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatmadi. Oradan ko‘p o‘tmay Turkkomissiya vakillari qarshilik xarakati vakillari bilan muzokara olib borishga majbur bo‘ldilar. 1920 yil 18 fevralda Turkkomissiya vakili Skalov bilan Qoraqalpog‘istondagi qarshilik xarakati etakchilari o‘rtasida sulh bitimi tuzildi. CHimboy uchastkasida muvaqqat inqilobiy qo‘mita tuzildi. Uchastka volostlarida aholi tomonidan 5 kishilik qo‘mitalar saylandi. Kazaklarning urf-odatlari va turmush xususiyatlaridan kelib chikib, ularning o‘z-o‘zini boshqaruviga ruhsat etildi. Qo‘zg‘olonchilarga amnistiya e’lon qilindi. Sulh bitimini Turkkomissiya vakili G.Skalov, CHimboy uchastkasidagi qoraqalpoq vakillari Bog‘li Oxun Muxamedov, Xasan mulla Osaliev, kazaklar vakillari – V.Egorov, Konev, Gushchin, SHapochnikov imzoladilar. Sulh shartnomasi tuzilganidan keyin Amudaryo bo‘limining inqilobiy qo‘mitasi qayta tashkil etilib, uning tarkibiga qoraqalpoqlar, o‘zbeklar va urallik kazaklar ham kiritildi. Lekin ko‘p o‘tmasdan bolsheviklar o‘z va’dalarini unutib, 1921 yil fevralda CHimboy uchastkasidagi qarshilik harakatining faol katnashchilaridan 24 kishini xibsga oladi. Xon Maxsum va boshqalar Sibirga surgun qilindi. Yirik er egalari va savdogarlardan 75 kishidan 10 ming so‘m Rossiya chervonida tovon puli undirib olindi. Amudaryo bo‘limida bolsheviklar boshlagan bu to‘ntarish o‘lka aholisiga katta zarar etkazdi. To‘ntarishga qadar bu erda 232700 kishi yashagan bo‘lsa, 1920 yilga kelib ulardan 113440 kishi qolgan edi, xolos. Ma’muriy jihatdan Amudaryo bo‘limi ko‘p pog‘onali buysunishga ega edi. Maorif va sud ishlari bo‘yicha Samarqand viloyatiga, sovet harbiy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatiga, ayrim favqulodda xollarda bevosita TASSR MIK, va XKSga buysunar edi. 1920 yil oktyabr oyida TurkMIK Amudaryo bo‘limini oldingi hududi doirasida unga viloyat maqomini berdi va viloyatlar boshqaruvi uchun berilgan barcha vakolatlarni berdi. SHo‘raxon va CHimboy uchastkalari uezdlarga aylantirildi. Viloyat markazi sifatida To‘rtko‘l shahri tanlandi. Bolsheviklar hukmronligi Amudaryo viloyatining iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. “Harbiy kommunizm” siyosati natijasida bu viloyatda ekin ekiladigan maydon 1917 yildagi 57950 desyatinadan 1920 yilda 47000 desyatinaga, olinadigan yalpi paxta hosili 1917 yildagi 433000 puddan 1920 yilda 88000 pudga, g‘alla ekinlari deyarli 3 baravar, ozuqa ekinlari 3.5 baravarga kamayib ketdi. CHorva mollar soni 500 ming boshdan 201 ming boshga tushib qoldi. Viloyatdagi ekin erlarining 75% i chig‘ir usulida sug‘orilgan bo‘lib, ilgari foydalanilgan 25 000 chig‘irdan 1921 yilda bor-yo‘g‘i 9145 tasi ishga yaroqli edi, xolos. Amudaryo viloyatida yangi iqtisodiy siyosatning joriy etilishi dastlabki yillarda ijobiy siljishlarga sabab bo‘ldi. Viloyatdagi chorva mollar soni 1921 yildagi 201 ming boshdan 1922 yilda 233 ming boshga etdi. Viloyatda 200 tagacha mayda xususiy savdo korxonalari faoliyat kursatdi. Kanallarning kengaytirilishi va uzaytirilishi, yangi dambalar qurilishi ekin maydonlarini 5421 desyatinaga ko‘paytirish imkonini berdi. 1923 yilda 224 desyatina erga chigit ekilib 209797 pud paxta olindi. Paxta viloyat tovar maxsulotining 47,3%ini tashkil etdi. 1923 yilda 22 ta xususiy baliqchilik korxonasi faoliyat ko‘rsatib, viloyatda ovlangan jami baliqning 27%ini bergan edi. 1921-1924 yillarda viloyatda jami 339521 pud balik Markazga olib ketildi. Amudaryo viloyatida o‘tkazilgan yangi iqtisodiy siyosat va er islohoti iqtisodiy maqsaddan ko‘ra ko‘proq siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu siyosat natijasida aholining faqat oz qismi er oldi, ya’ni 507 ta xo‘jalikka 1147 desyatina er ajratib berildi. Buning natijasida viloyatda kambag‘al xo‘jaliklar kamayish o‘rniga tobora ko‘payib bordi.