4.Qoraqalpog‘iston ASSR urush yillarida.
Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining birinchi qizil bayrog'i.
RSFSR va Qoraqalpogʻiston ASSR ham rus kirill, ham qoraqalpoq lotin yozuvlarida paydo boʻladi.
Ikkinchi jahon urushida german fashizmiga qarshi olib borilgan kurashda butun O‘zbekiston xalqi qatori QQASSR mehnatkashlari ham ishtirok etdilar. Urushning dastlabki kunidanoq avtonom respublikaning barcha ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati urush ehtiyojlari uchun jalb qilindi. Qoraqalpog‘istondan frontga hammasi bo‘lib 61618 kishi safarbar qilindi. Urush boshlangan vaqtda respublikada 97-qoraqalpog‘iston milliy brigadasi tashkil qilinib, unga ko‘pgina vatanparvarlar yozildilar. Qoraqalpoq o‘g‘lonlarining qahramonlik jasoratlari yuksak baholandi. 20 nafar jangchiga ko‘rsatgan qahramonliklari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berildi, 6 kishi “SHuhrat” ordanining uchchala darajasi nishondorlari bo‘lishdi, 20 mingga yaqin jangchilar turli orden va medallar bilan taqdirlandilar. Urush yillarida avtonom respublika front uchun 284 ming tonnadan ortiq paxta, 78 ming 700 tonna don, 15200 tonna go‘sht, 571 ming tonna yog‘, 609 tonna jun, qariyb 100 mingta qoraqo‘l teri, 622,3 tonna baliq, 200 mln shartli bankada konserva, shuningdek, boshqa ko‘pgina mahsulotlar etishtirib berdi. Bundan tashqari, urushning dastlabki kunlaridanoq Qoraqalpog‘iston mehnatkashlari mudofaa fondi uchun 10 mln so‘mdan ortiq pul va obligatsiyalar to‘pladilar. Dehqonlarning shaxsiy xonadonlaridan mudofaa fondiga 25,5 tonna jun, qariyb 5 ming tonna don, 228,6 tonna go‘sht va boshqa ko‘pgina mahsulotlar topshirildi.Qoraqalpog‘istonga evakuatsiya qilingan 25 ming polyak va 5180 dan ortiq uysiz, vatansiz qolgan aholini va mamlakat g‘arbidan keltirilgan 10 ming kishiga g‘amxo‘rlik qilindi. Ishchilar, kolxozchilar va xizmatchilar o‘zlarining shaxsiy jamg‘armalaridan ular uchun 262 ming so‘m pul, qariyb 2,5 ming kiyim-bosh va poyafzal to‘pladilar.Biroq bularning hammasiga osonlikcha erishilgani yo‘q, frontga ketganlarning 34 mingdan ortig‘i uylariga qaytmadi. Mamlakat ichkarisidagi qiyinchilik, og‘ir mehnat Qoraqalpog‘iston aholisiga og‘ir zarba bo‘lib tushdi. 1943-44 yillarda respublikada toshma va terlama epidemiyasi paydo bo‘ldi va avj oldi. 1945 yilda esa o‘lat kasali tarqaldi. Natijada yarim million aholiga ega bo‘lgan respublika urush yillarida 124 mingdan ortiq kishidan ajradi, ya’ni har to‘rt kishidan biri halok bo‘ldi.
5.Qoraqalpog‘iston 1946–1991 yillarda.
1946 yilda Qoraqalpog‘istonda 425 ta jamoa xo‘jaligi bo‘lib, 154,8 ming gektar sug‘oriladigan erga. SHu jumladan, chigit ekiladigan 54,0 ming gektar maydonga ega edi. 1946-1950 yillarda 42 ming gektar yangi er o‘zlashtirildi. 1950-1960 yillarda esa paxta ekiladigan maydon yana 35 ming gektarga ko‘paydi. 1947 yilda Tuyamo‘yin kanalining birinchi nabvti ishga tushirildi. SHumanay kanali qurildi. 1950 yildan e’tiboran birinchi marta qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, irrigatsiya tarmog‘ini tozalash ishlari boshlandi. 1950 yilda jamoa xo‘jaliklarini yiriklashtirish ishlari boshlandi. Respublikada mavjud 410 ta jamoa xo‘jaligi asosida 200 ta kolxoz tashkil qilindi. Natijada ular har birining o‘rtacha ekin maydoni ortib, avvalgi 364 gektar o‘rniga 883 gektar er to‘g‘ri keladigan bo‘ldi.
Bu yillarda sovet hokimiyati dehqonlarga qarshi qaratilgan bir qator qarorlar qabul qildi. Dehqonlardan 2522 gektar er tortib olindi, bu erlar ularga urush vaqtida yordamchi dehqonchilik qilish uchun berilgan edi. Aholi jamoa xo‘jaliklariga 1083 bosh qoramolni, 4146 bosh mayda hayvonlarni, 180 bosh otni qaytarib topshirdi.
Urushdan keyingi xalq xo‘jaligini tiklash yillarida mahsuldor chorvachilikni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishildi. CHimboy tumanida Butunittifoq chorvachilik ilmiy tadqiqot institutining tayanch punkti tashkil etildi. Bu erga ko‘pgina nasldor buzoqlar keltirilib, parvarishi yo‘lga qo‘yildi. 219 ta yilqichilik, 48 ta tuyachilik fermalari tashkil qilindi. 50-yillarning o‘rtalariga kelib respublika chorvachiligidagi mutanosiblik buzildi. CHorvachilik paxta yakkahokimligi kuchayishi bilan siqib chiqarila boshladi. SHu yillardan boshlab bu erda chorva mollari soni tobora qisqara bordi. Bu esa aholining turmush darajasiga va moddiy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Urushdan keyingi o‘n yilliklar davomida Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi ziddiyatlar yanada chuqurlashdi. Markaz oziq-ovqat ekinlarini siqib chiqarish hisobiga chigit ekish salmog‘ini muttasil oshirib bordi. Markaz paxta etishtirishni 1950 yildagi 139 ming tonnadan 1955 yilda 207 ming tonnaga etkazishni belgilab berdi. Respublikada paxta ekiladigan maydon 1953 yilda 92,9 ming gektar bo‘lgan bo‘lsa, 1963 yilda bu maydon 135.4 ming gektarga etkazildi.
1960 yillarning o‘rtalarida respublikada sholikorlikni rivojlantirishga e’tibor kuchaydi. Maxsus sholikorlik xo‘jaliklari tashkil etildi. Natijada 1965 yilda 25,7 ming tonna sholi etishtirilgan bo‘lsa, 1983 yilda bu ko‘rsatkich 332,3 ming tonnani tashkil qildi. Umuman, 50-60 yillardagi qishloq xo‘jaligiga baho berganda aytish mumkinki, bu davr qoraqalpoq xalqining xo‘jalik hayotidak asrlar davomida qaror topgan an’analarni e’tiborga olmagan xilma-xil eksperimentlar ko‘p o‘tkazildi. Dehqonlarning shaxsiy xo‘jaligi har tomonlama cheklab qo‘yildi. Bir dehqon xo‘jaligi 1956 yilda bor-yo‘g‘i 15 sotix yordamchi xo‘jalikka ega edi, 1 bosh sigir va 4-5 bosh qo‘y saqlarda, bir qator xo‘jaliklar umuman chorva mollariga ega emasdi.
60-80-yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda asosan ekstensiv usullar hisobiga muayyan qiljishlar yuz berdi. Sanoatning rivojlanishi paxtachilikka butunlay bog‘lab qo‘yilgan edi. 1946-1950 yillarda Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, CHimboy shaharlarida yog‘ zavodlari ishga tushirildi. SHuningdek, ayrim shaharlarda baliq kombinatlari, Nukusda motor ta’mirlash, yog‘-sut, pivo zavodlari, elektr stansiyalar qurildi. Natijada paxta yog‘i ishlab chiqarish 1940 yildagi 30 tonnadan 1950 yilda 6,9 ming tonnaga, baliq va go‘sht konservalari 20 ming bankadan 10,6 mln bankaga etkazildi. Urushdan keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda avtomobil transportini rivojlantirishga va yo‘llarni asfaltlashga birmuncha e’tibor berildi. Uzunligi 164 km bo‘lgan Xo‘jayli-Pristan-Nukus-Xalqobod-CHimboy magistral avtomobil yo‘li qurildi. 1947 yilda CHorjo‘y-Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurilishi boshlandi.
Qoraqalpog‘iston sanoat jihatdan rivojlanishda O‘zbekistonning boshqa viloyatlaridan orqada qolgan edi. Bunineg sabablaridan biri energetika bazasining etarli emasligida edi. 1956 yilda respublikada Taxiatosh GRESini qurish boshlandi. Uning birinchi navbati 1961 yilda ishga tushirildi. Markaz O‘zbekiston kabi Qoraqalpog‘iston sanoatini ham asosan paxtachilik bilan bog‘lagan holda rivojlantirishni mo‘ljallagan bo‘lib, sanoatning boshqa tarmoqlariga e’tibor qaratilmadi. O‘lkada engil sanoat korxonalari sekin sur’atlar bilan tashkil qilindi. Ustyurtning boy ma’dan konlariga etarlicha e’tibor berilmadi. Bu esa respublika iqtisodiyotining sekin rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Oziq-ovqat sanoatida Mo‘ynoq baliq konserva zavodi o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga erishdi. Uning har yilgi quvvati 17,4 mln bankaga etkazildi. Biroq Orolning qurib borishi natijasida uning baliq zaxiralari ham kamayib ketdi. 1975 yildan baliqchilik orqaga keta boshladi, aholi baliqchilikdan sholichilik va chorvachilikka o‘ta boshladi.
1960-80-yillardagi islohotlar o‘zining ziddiyatli ekaniga qaramay, har holda Qoraqalpog‘iston ishlab chiqaruvchi kuchlarini nisbatan rivojlantirishga yordam berdi. Xalq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, irrigatsiya-melioratsiya inshootlarining yangi tizimi yaratildi. Bu yangi erlarni o‘zlashtirish va sug‘orishda muhim omil bo‘ldi.
1940-80-yillarda Qoraqalpog‘iston maorifi, oliy ta’limi, fani, madaniyati o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlandi. Xalq ta’limida maktablar va o‘quvchilar soni o‘sib bordi. Agar 1940-41 o‘quv yilida respublikada 603 umumta’lim maktablari bo‘lib, ularda 91,9 ming o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa. 1983-1984 o‘quv yilida maktablar soni 857 taga, o‘quvchilar soni 284,4 mingtaga etdi. Lekin qishloq maktablarining ahvoli og‘ir edi. 1944 yilda Qoraqalpog‘iston davlat pedagogika instituti ochildi va u respublikada o‘qituvchilar tayyorlaydigan asosiy maskanga aylandi. 1976 yilda bu institut davlat universitetiga aylantirildi.
1956 yilda O‘zFAning Qoraqalpog‘iston filiali tashkil etildi. Filial tarkibida tibbiyot fanlari kompleksi institutlari, tarix, til va adabiyot institutlari, botanika bog‘i faoliyat ko‘rsatdi. Qoraqalpog‘iston adabiyotida an’anaviy janrlar bilan bilan bir qatorda dramaturgiya, proza, tanqidchilik kabi yangi janrlar paydo bo‘ldi. Milliy tilda matbuot va kitob nashri yo‘lga qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston ASSR YOzuvchilar uyushmasi tashkil qilindi. Qoraqalpoq adabiyotining A.Mo‘saev, S.majidov, A.Utepov, Q.avezov va boshqa yozuvchi, shoirlari sovet jamiyatidagi o‘zgarishlar kuychilari bo‘lib maydonga chiqdi. Qoraqalpog‘istonda musiqa va amaliy san’at ham sovet andozalari asosida rivojlandi. An’anaviy milliy san’at turlari bilan bir qatorda teatr, rassomlik, haykaltaroshlik kabi yangi sohalar ham yuzaga keldi va rivojlandi.
Xulosa
Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi Qoraqalpog‘istonda shov-shuvsiz, to‘polonsiz qabul qilindi. CHunki, hokimiyat tepasida sobiq mustamlakachilar va podsho amaldorlari turardi. Petro-Aleksandrovsk shahar dumasi bolsheviklarning sa’y-harakatlarini ma’qullamadi va u 1918 yil oxirigacha faoliyat ko‘rsatdi.1924 yilda milliy-xududiy chegaralanishi natijasida O‘rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar xam paydo bo‘ldi. SHular orasida Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibida bo‘lib, unga volostlardan iborat To‘rtko‘l, CHimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To‘rtko‘l shahrida bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil topganligi to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qildi va “qoraqalpoq milliy davlatchiligi” tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Ijroiya Qo‘mitasining raisi etib A.Kudaboev saylandi. Qoraqalpog‘istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar – 38,5%, o‘zbeklar – 28,7%, qozoqlar – 28,6% dan iborat edi 1930 yilda Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi. 1932 yilning 20-martida esa, SSSR MIK Rayosati “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta’sis qurultoyi hukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIK raisi etib Koptleu Nurmuxamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko‘ra QQASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko‘zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi xududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo‘lganligi deb e’tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O‘zSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul kilindi. O‘sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e’lon kilinadi.
Dostları ilə paylaş: |