Bolalar “ Vatanim “ musiqiy fonogrammasiga raqs tushib beradilar .
Boshlovchi : Nasriddin Afandi , mana siz bolalarimizning aytgan she’r va qo’shiq-
larini tingladingiz . Raqsga tushganlarini ko’rdingiz . Siz juda ko’p sa-
farlarda bo’lasiz. Qayerda bo’lganingiz , nimalarni ko’rganingiz haqida
bizlarga so’zlab bersangiz ?
Afandi : E... shundaymi ! Xo’p bo’lmasa , Surxondaryoga borganimdan boshlayman .
Bilasizlarmi Surxonlik bolalar judayam xushchaqchaq ekan . Ular qiziq –
qiziq o’yinlar o’ynashar ekan . Kelinglar birgalikda ularning o’yinlari-
dan o’ynaymiz .
Bolalar “ Xurmacha bog’i “ o’yinini o’ynab beradilar .
Boshlovchi : Judayam ham qiziq o’yin ekan .Sayrga chiqqanimizda yana o’ynaymiz .
Afandi : Undan keyinchi , bolalar, Farg’onaga o’tdim . Uyerdagi bolalar juda
askiya aytishuviga usta ekanlar .Mana o’zingiz eshiting !
1 Askiyachi : Shodon quvnoq bolaman , askiyaga ustaman .
Jilmayganim jilmaygan, kimga yoqar tumsaygan .
2 Askiyachi : Kep qolingu, kep qoling , askiya tinglab qoling .
Askiyani tinglab siz , so’ng kulib , qotib qoling .
3 Askiyachi : Osmonni kaliti bo’lmaydi , xovuzni qopqog’i bo’lmaydi .
Maymunni shimi bo’lmaydi , odamni dumi bo’lmaydi .
4 Askiyachi : O’zbekning o’zi qiziq , o’zidan so’zi qiziq .
1 Askiyachi : Bog’chadan uyga kelib oyijon nima taom tayyorladingiz , desangiz,
“ qaynatma” deyishadi ./ kulishadi /
2 Askiyachi : Ha ,” qaynatma “ deyishadi-yu qaynatib qo’yishadi . /kulishadi /
3 Askiyachi : “ Dimlama “deyishadi-yu dimlab qo’yishadi ./ kulishadi /
4 Askiyachi : “ Qovurma “ deyishadi-yu qovurib qo’yishadi . / kulishadi /
Dostları ilə paylaş: |