Boshlovchi : Ha , ana , askiya tinglab kulishib ham oldik .
Afandi : Undan keyin Andijonga o’tdim . Andijonlik bolalar-chi , yalla
va laparlar aytishga juda usta ekanlar .
Bolalar “ Qoshingni qaro deydilar “ laparini aytib beradilar .
Boshlovchi : Sizga qiziqarli suhbatingiz uchun katta raxmat afandim .
Afandi : Aziz bolajonlar Mustaqil Respublikamizning ravnaq topishi
odobli xulqingiz , aqlu kamolingiz , bilim olish yo’lida intilishingiz
bilan bog’liqdir . Mustaqil O’zbekistonning haqiqiy egalari sizsiz ,
unga munosib farzand bo’lingiz .
Ozod Vatanning , ozod farzandi .
Bilib qo’yki , seni Vatan kutadi .
/Shu payt paq etgan tovush eshitilib xona burchagidagi xum orqasidan jin chiqib keladi ./
Boshlovchi : Voy , nima bo’ldi ? Axir bu jin-ku . bolalar taniyapsizlarmi uni?
/ Bolalar jin bilan salomlashadilar /.
Jin : Meni ko’p yillardan beri shu xumga solib sehrlab qo’yishgan edi .
bayramingizda Respublikamizning ozodligini , mustaqilligini kuylab
she’r, qo’shiqlar aytib turganingizda qayerdandir menga sehrli kuch keldi-yu
shu xumdan qutulib chiqdim . Xursandchilik qilishingiz menga shunday ta-
sir qildiki , men ham ozod , mustaqil yashagim keldi .Endi men odamlarga
loydan chiroyli ko’zalar , laganlar , kosalar , piyolalar , sizlar uchun
o’ynchoqlar yasab , barchani hursand qilmoqchiman .
Boshlovchi : Barakalla ! Jin ! Sizni ozod , mustaqil bo’lganingiz bilan tab-
riklaymiz . Ishingizga omad yor bo’lsin .
Jin : Rahmat sizlarga ! Meni oxirgi bir sehrim qoldi . Uni sizlargasovg’a qilm-
oqchiman. Hammangizni sehrli bayram dasturxoniga taklif qilaman .
Bola : Har doim bo’lsin quyosh , koinot gulga to’lsin.
Vatanimiz qo’ynida , xalqlar shod omon bo’lsin .
Bola : Har doim bo’lsin quyosh , Vatan nurlarga to’lsin .
Istagimiz yagona , tinchlik barqaror bo’lsin .
Dostları ilə paylaş: |