Mustaqillik bayrami 28 yil



Yüklə 223,71 Kb.
səhifə18/25
tarix27.12.2023
ölçüsü223,71 Kb.
#199790
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
1 sentyabr Mustaqillik kuni ssenariylar

Boshlovchi : - Hoy , hoy afandim to’xtang !


Afandi : Ha , bir oz sayr qilgani chiqqan edim , bolalarning ovozini eshitib
Shu yoqqa burildim . Bu yerda nima bo’lyapti o’zi ?


Boshlovchi : Assalomu alaykum . Xush kelibsiz , afandim ! Bu yerda katta shodiyona
bo’lyapti . Vatanimizning Mukstaqillik to’yini nishonlayapmiz . Marhamat
o’tiring ,mehmonimiz bo’ling . Bizlar esa baxtli bolalikni kuylab , Vata-
nimizni sharaflaymiz .


Bola : Mehmon qilar bobo – dehqon ,
Saxro cho’llar bog’u – bo’ston ,
Ana shunday gul – guliston ,
Mening yurtim O’zbekiston .


Bolalar “ Rang-barang gullar “ qo’shiq raqsini ijro etib beradilar .


Bola : Tamg’amizga bir qarang , tovlanadi rang- barang .
Unga beradi chiroy tepasida xilol oy .
Bir tomoni paxtazor quyosh nurin sochadi
Amu daryo Sir daryo chanqog’ingiz bosadi .
O’rtasida Xumo qush bizga omad tilaydi
O’zbekiston nomini jahon uzra taraydi .


Bola : Bayrog’imizga qarang yashil , oq va havo rang
Mustaqillikni yoqlab turibdi u xilpirab .
Yulduzlar va yangi oy bayroqqa berib chiroy
Osmon uzra yaltirar uzoqlardan ko’rinar .


Bola : Prezidentim mening yo’lboshchim mening
Zaxmatkashim mening panohim mening.
Oqilim , vazminim , shururim mening
Kelajakkaka yo’l ochgan yulboshchim mening .


Bolalar “ Quyosh bo’lsin oy bo’lsin “ qo’shig’ ini ijro etib beradilar .
So’ng qizlar “ Izlaganim “ raqsini ijro etib beradilar .


Bola : Paxta ekib dong taratgan, mehnat bilan baxt yaratgan.
Bog’laringa gul yarashgan, ozod o’lkam obod o’lkam.
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Ko’rkam Toshkent senga poytaxt, istiqlolga to’lgin har vaqt.
Quchog’ingda kulgandir baxt, yashil shahar bag’ring bahor.
. O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Bog’larga boy keng Samarqand, uzumlari shakar payvand.
Undan butun el bahramand , bog’laring soz to’kindir yoz .
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Qashqadaryo bug’doylari , rosa pishsa yoz oylari .
Shunda fermer saroylari , to’lar donga tog’ xirmonga.
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Ko’hna shahar Shaxrisabzing , Temur qurgan oq saroying .
Ketdi dong’i bor jahonga, bu hur diyor yashnamoqda .
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Tug’ishgan el Qoraqalpoq, bir maktabda olar saboq .
Baxtga mamnun yashar quvnoq , senga o’rtoq yo’li porloq .
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Quvada ham Namanganda ,anor, anjir g’arq pishganda .
Rossiyada yeyishganda, qilib rohat derlar “ Rahmat “.
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Namanganu, Andijoning ,Farg’onang bor sening shoning .
Yashnamoqda to’rt tomoning ,paxta maydon oltinga kon .
O’zbekiston , O’zbekiston !


Bola : Yozyovonning cho’llari bor , bog’u – bo’ston yerlari bor .
Burgutlari baland parvoz , o’tadi yoz juda ham soz .
O’zbekiston , O’zbekiston !



Yüklə 223,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin