Keywords: history, statehood, civilization, development, written source, research.
UDK 94(5) +7 Mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi - davlat va jamiyatning har bir sohasida tub burilishdan yangilanishlar, yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni ravnaq toptirish, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini barqaror izga tushirish hamda rivojlantirish bо‘yicha keng qamrovli choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini о‘rganish, ularga tо‘g‘ri va xolis baho berish asnosida milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yо‘l ochildi.
Zero, Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta bо‘ladi” [1]. 36 О‘tgan davr mobaynida obyektiv tariximizni yaratish yо‘lida kо‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Muhim manbalar nashr etildi. Natijada tarixchilar uchun yirik tadqiqotlar yaratish imkoniyatlari vujudga keldi. Xususan, ajdodlarimiz tarixining noma’lum qirralari hamda insoniyat о‘tmishida о‘ziga xos о‘rin egallagan tarixiy shaxslar faoliyatini о‘rganish uchun ham manbaviy asoslar yaratildi. Binobarin о‘z davrida buyuk saltanat barpo etgan, о‘zbek davlatchiligi tarixi hamda harbiy mahorat sohasida jahon tarixidan munosib о‘rin egallagan Buyuk Amir Temur va temuriylar davri tarixi nafaqat о‘lkamiz, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume’tirof etilgan davr sifatida kо‘plab tadqiqotlarni taqozo etadi. Zero, Sohibqiron Amir Temur elu ulusning taraqqiyoti, tinchligi va xavfsizligini о‘z orzu umidlarida mujassam etgan xalqimiz farzandi - “Temuriylar renessansi” asoschisidir. Buyuk Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik faoliyati, saltanat tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni о‘rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yо‘nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e’tiborida bо‘lib kelgan. Shuningdek, temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarda tarjima qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ma’lumki, Buyuk Amir Temur shaxsiyatini Yevropada о‘rganish о‘z zamonasidayoq boshlangan edi. Xususan Temuriylar saltanatiga ispan fuqarosi elchi sifatida tashrif buyurgan Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur haqida: “Sohibqiron Amir Temur о‘limdan qо‘rqmas, hazil va yolg‘onni yoqtirmas, uyin kulguga aslo mayli yо‘q edi... Ul zot haqiqat qanchalik achchiq bо‘lsa-da, uni oxirigacha eshitgan, u gax desa qо‘liga qо‘nadigan, qupol tabiatli, laganbardor, ikki yuzlamachi, fitnachi va olg‘irlarni yomon kо‘rar va saroy ishlariga yaqinlashtirmasdi”,[2] - deb yozadi о‘z kundaligida. Shuningdek normandiyalik diplomat, sayyoh, yozuvchi, sharq tillarining bilimdoni arxiyepiskop Ioann III de Galonifontibus 1398-yil 26-avgustda Rim papasi Bonifasiy IX tomonidan Eronning Sultoniya shahridagi kafedral cherkoviga arxiyepiskop etib taynlangan edi. Amir Temurning Boyazid Yildirim ustidan g‘alabasidan sо‘ng (iyul 1402), Ioann III Temuriylar davlatining Yevropa mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro manfaatli aloqalarini о‘rnatish maqsadida Sohibqiron tomonidan Yevropaga elchi sifatida yuboriladi. U Venetsiya va Genuya orqali 1403-yilning may oyida Parij, sо‘ngra Londonga yetib boradi. Buyuk Amir Temur va Mironshoh mirzoning Fransiya qiroli Sharl VI hamda Angliya qiroli Genrix IV ga yо‘llagan maktublarini yetkazadi. Ushbu maktublar bugungi kungacha yetib kelgan. Arxiyepiskop Ioann III 1404-yilda “Dunyoni anglash kitobi” (Libellus de notitia orbis)ni yozadi. Qadimiy lotin yozuvidagi mazkur asar Kichik Osiyo va Kavkaz tarixi hamda etnografiyasi tо‘g‘risida muhim manba hisoblanadi. U Amir 37 Temur shaxsiyatiga quyidagicha baho beradi: “Bir marta uning (Temurning) jangga kirganini va jangohni g‘olibona tark etganini о‘z kо‘zim bilan kо‘rgach, shunday xulosaga keldimki, Temurbek, hech shubhasiz, о‘z davrining eng jasur о‘g‘lonidir!” Darhaqiqat, Amir Temurning zafarli yurishlari hamda markazlashgan davlatning dovrug‘i butun Yevropaga keng tarqala boshlangach, Yevropada u haqda kо‘plab tadqiqotlar, badiiy asarlar, opera va dramalar yozila boshlandi. Shulardan eng yiriklari, о‘z davrida mashhur bо‘lgan ba’zi tadqiqotlar haqida tо‘xtalib о‘tamiz. Amir Temur haqida ijod qilgan yevropalik kompozitorlar va dastlabki operalar. Angliyada Qirolicha Yelizaveta hukmronlik qilgan davrda yashagan ingliz shoiri, tarjimon va dramaturg, Shekspirning tengdoshi hamda mashhur zamondoshlaridan biri – Kristofer Marlo 1590-yilda nashr etilgan “Buyuk Amir Temur” (Tamburlane the Great) tragediyasida Sohibqiron hayoti erkin talqin etilgan, hayajonli tarzda ifoda qilingan. Mazkur asarda Amir Temur baquvvat jismoniy kuchga ega bо‘lgan yengilmas, irodali, oddiy xalqdan chiqqan jangchilarning yо‘lboshchisi, afsonaviy qahramon sifatida gavdalanadi. Amir Temur Boyazid Yildirimning qudratli armiyasini tor-mor etgani tufayli Yevropada katta dovruq va obrо‘-e’tibor qozongani ushbu asarda о‘z aksini topgan. Natijada buyuk sarkardaning hayoti Yevropada afsonaga aylanib ketgan [2]. Londonda birinchi bor sahnalashtirilgan “Buyuk Amir Temur” tragediyasi shu qadar katta muvaffaqiyat qozonganki, Marlo asarning davomini yozishga chog’langan. Inglizlar teatr sahnasi uchun kutilmagan va beqiyos obrо‘-e’tibor olib kelgan mazkur pesada ajoyibu g‘aroyib manzaralarni, о‘ziga xos hayot tarzini tasvirlash va sahna voqealarining g‘oyatda ta’sirchanligini ta’minlash borasida Marlo butun ijodiy mahoratini namoyon etgan. Marlodan sо‘ng opera, dramaturgiya sohasida bir qator yevropalik ijodkorlar, yozuvchi-dramaturglar yetishib chiqdi va Sohibqiron Amir Temurni Yevropa xalqlariga tanishtirish hamda ommalashtirishda baholi qudrat xizmat qilganlar. Jumladan: 1. Nemis kompozitori, dramaturgi Ioan Filipp Fortch (1652-1732). “Boyazid va Temur” (1690) operasining muallifi. 2. Aleksandro Skarlatti (1660–1725) – italyan kompozitori. Uning 3 aktdan iborat “Buyuk Temur” nomli musiqaviy dramasi dastlab 1706-yilning sentabr oyida Neapolning “Villa Medichea di Pratolino” teatrida namoyish etilgan. 3. Nikolas Rou (1674–1718) - ingliz dramaturgi, shoir va yozuvchi. “Tamerlan” (1701) tragediyasining muallifi. N.Rou “Tamerlan” asarining muqaddimasida quyidagi jumlalarni о‘qishimiz mumin: “U (Amir Temur) 38 о‘z mamlakati manfaati uchun qayg‘uradigan, kerak bо‘lsa jonini fido qilib jang qilishga tayyor shaxsdir. Bu adolatli shahzoda dunyo tinchligi va osoiyshtaligi uchun jonini fido qilishga ham tayyor edi”. 4. Franchesko Gasparini (1668–1727) – italyan kompozitori. Uning Amir Temurga bag‘ishlangan operasi 1711 yilda Venetsiyada namoyish etilgan (“Tamerlano” – tragedia, libretto di Agostino Piovene, da Jacques Pradon, 1711, Venezia). 5. Georg Filipp Teleman – (1681–1767) – Melante taxallusi bilan mashhur jamoat arbobi, nemis kompozitori. 6. Nikola Antonio Porpora - (1686–1768) – italyan kompozitori va pedagogi. Neapol opera maktabining yirik vakili. Uning “Amir Temur (Tamerlano) nomli operasi 1730 yilda Turinda yozilgan. 7. Barokko davrining taniqli nemis va ingliz kompozitori Georg Fridrix Gendel (1685–1759). 1724-yilda Amir Temurga bag‘ishlab о‘zining eng mashhur “Tamerlano” operasini yozdi. Mazkur opera XVIII asr davomida kо‘p bastalangan asar bо‘lib qoldi. 8. Italiyalik kompozitor, skripkachi, pedagog, dirijyor. 40 dan ortiq operalarning muallifi Antonio Luchio Viv ldi (1678–1741)ning Amir Temurga bag‘ishlangan “Tamerlan” operasi 1735-yilda Verona shahrining Filarmonik teatrida namoyish etilgan. 9. Italiyalik kompozitor, Neapol opera maktabining namoyandasi Edjidio Romualdo Duni (1708–1775) Amir Temur va Boyazid Yildirim haqida 1743-yilda “Boyazid” (“Bajazet”) nomli komediya janrida opera yozgan. 10.Italiyalik kompozitor, 45 opera, 8 oratoriy, 2 simfoniya, shuningdek kо‘plab kamerali musiqalar muallifi Antonio Mariya Gasparo Sakkini (1730– 1786)ning operalari dastavval Italiyada keyinchalik Yevropaning turli shaharlarida qо‘yilgan. Uning Amir Temurga bag‘ishlangan “Tamerlano” operasi Londonda namoyish qilingan. 11.Jozef Charlz Xolbruk (1878–1958) – Ingliz kompozitori, pianinochi. Allan Edgar Poning “Tamerlan” poemasini musiqiy bastalagan. Bundan tashqari yana bir yо‘nalishni e’tirof etish zarur: Sohibqiron Amir Temurning tasviriy san’atda yoritilishi. Yuqorida sanab о‘tilgan opera va librettolardan ilhomlanib, Yevropa yozma manbalarida Buyuk Amir Temurga bag‘ishlangan, uning tashqi kо‘rinishini ifodalovchi gravyuralar, Sharqda esa, asosan miniatyuralar yaratildi. Darvoqe, mubolag‘asiz aytish mumkinki, XVII–XVIII asrlarda Buyuk Amir Temur mavzusi eng kо‘p tilga olingan mavzulardan biri edi. Bugungi til bilan aytganda Sohibqiron “Yil odami” (Chelovek goda) sifatida Yevropada diqqat 39 markazda turganligini kо‘rishimiz mumkin. Aytish joizki, bu esa yangi tadqiqotlarga turtki bо‘ldi. Buyuk Amir Temur siymosi, shaxsiyati va faoliyatini о‘z ilmiy asarlarida yoritgan tarixchi va sharqshunos olimlarning ayrimlaridan iqtiboslar keltiramiz [3]. Jumladan: – Edvard bbon (1737–1794) ingliz tarixchisi: “Dunyoning boshqa biror-bir mamlakatida Temurbek qо‘shinida joriy etilgan tartib va intizomni uchratmaymiz”. – Lui-Matyo Langle (1763–1824) fransuz sharqshunosi, akademik, lingvist va tarjimon. – Edgar llan Po (1809–1849) Amerika yozuvchisi. “Buyuk Temur” dostonining muallifi: Mana endi qarang, qanday Samarqand Yulduz kentlar aro eng yorug‘ yulduz. Xayolimni, qancha etgan edi band, Endi barcha kentlar unga tutar yuz. Undan taraladi Yer yuziga nur, Ergashadi unga yuzlab diyorlar. Boshqaradi uni yengilmas Temur, Unga bosh egishar bor hukmdorlar. Zamin malikasi, dilbar Samarqand Jahon taqdiriga egalik qilar. Barcha shaharlardan mag‘rur va baland, Shuhratda u bilan bellasha olar. Ayting, qaysi shahar, ayting, qaysi kent? Na uning tengi bor va na bor misli, Uning oddiy toshi dunyodagi eng Zо‘r taxt uchun bо‘lar shohsupa asli. Shahar hukmdori kim, deb sо‘rangiz, Javobim shavkatli Temurdir, hayron lak nafar Omma kо‘z о‘ngida turar, kо‘rsangiz, Mag‘lub saltanatlar uzra muzaffar. – Rene Grusse (1885–1952) - fransuz sharqshunosi, tarixchi: “Tarixchilar Amir Temurning shajarasini Chingizxonga ulashga 40 harakat qiladilar. Aslida esa u hech qanday mо‘g‘ul emas, balki turkiy barlos edi”. – Garold Lemb (1892-1962) ingliz olimi. – Jan-Pol Ru (1925–2009) – fransuz tarixchisi, turkiy xalqlar va islom madaniyati bо‘yicha yirik mutaxassis olim: “Temurga teng keladiganlar kam topiladi. Temurdan о‘tadiganlar esa topilmasa kerak... Temur insoniyat tarixining buyuk siymolaridandir. Uning faoliyati Yevropaning taqdirini butkul о‘zgartirib yubordi hamda Hindiston va Yaqin Sharqning taqdirida sezilarli iz qoldirdi”. – Lyusen Keren – fransuz olimi. “Shuhrat” medali sohibi: “Temurbek benazir, uning qiyosi yо‘q. Biz Sohibqironning tarixiga doir ashyoviy tomonlarni turli mamlakatlar solnomachilari tuzgan hujjatlar tufayli bilsak-da, uning hukmdorligi, bashorat qilish qobiliyati, zukkoligi va kuchli irodasi bilan dо‘st va muxolif kishilar hamda voqealarni idora qilish qobiliyati sirligicha qoladi”. Rus tadqiqotchilaridan – V.V. Bartold, A.Y.Yakubovskiy kabi yirik olimlarning tadqiqotlari ma’lum va mashhur. Bular haqida tо‘xtalib о‘tmoqchi emasmiz, biroq rus adiblaridan adabiyot bо‘yicha Nobel mukofoti laureati Ivan Alekseyevich Bunin (1870–1953) va uning Sohibqiron haqidagi novellasi ham diqqatga sazovordir: Vo-oo-oh, sadqang bо‘lay Temurxon! Dovrug‘ing, shoning qani? Yovlarni qilib yakson, surgan davroning qani? Qani ul ma’sumalar, nozanin gulsumalar, Ishq tо‘la qalb-siynalar, yigitlik oning qani? Vo-oo-oh, sadqang bо‘lay Temurxon! Shonli zamoning qani? Kо‘ksingda ketdi armon – dardga darmoning qani? Bu dunyoning bisoting bir pulga olmay, otib; Bedillarni uyg‘otib ketding, karvoning qani? Parij, 1921-yil. Xullas, ma’lumotlarga kо‘ra, jahon tarixshunosligida Amir Temur davri tadqiqiga oid nashrlar, “Temurshunoslik” ilmiy yо‘nalishining shakllanishi, badiiy adabiyotda Amir Temur obrazining yaratilishi ancha ilgari o’z davrida boshlangan. Sobiq Ittifoq О‘zbekistonda о‘z davrining xos mafkuraviy yondashuviga qaramay, 41 temurshunoslik sohasida ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Shu о‘rinda temurshunoslik rivojiga tamal toshini qо‘ygan G.A.Pugachenkova, V.Masson, I.Mо‘minov, B.Ahmedov, E.V.Rtveladze, D.Yusupova, R.Mukminova, B.V.Lunin, P.Zohidov, L.I.Rempel, A.О‘rinboyev, T.Fayziyev, О‘.Alimov, O.Bо‘riyev kabi fidoiy olimlarning tadqiqotlari Buyuk Amir Temur saltanati tarixini xolis va to’g’ri yoritishga xizmat qildi. Birlamchi yozma manbalar, qо‘lyozma va kitoblar maxsus kataloglarda qayd etilgan. [4]. Ta’kidlash joiz, dastlabki bibliografik kо‘rsatkich mustaqillikkacha bо‘lgan davrda tarixshunos olim B.V.Lunin tomonidan tuzilib, adabiyotlar sohalar bо‘yicha о‘n ikki qismga ajratib tasniflangan edi [5]. Shu bilan birga, ushbu bibliografik kо‘rsatkich mustabid sovet davridagi mafkuraviy tazyiq ta’sirida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar “Umumiy tarix” qismiga kiritilgan. Ammo, bu holat tadqiqotning ilmiy ahamiyatini pasaytirmaydi, aksincha, olimning falsafiy mushohadasining nechog‘lik teran ekanligidan dalolat beradi. Ushbu bibliografik kо‘rsatkich tasnifi mustaqillik yillarida B.V.Lunin tomonidan ancha rivojlantirilib, bir nechta fundamental nashrlarda nafaqat keltirildi, balki olim tomonidan [6] Amir Temur davri asosiy manbalari, hamda ilmiy adabiyotlari tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahliliy ravishda amalga oshirildi. Takidlash lozim, xorij tarixshunoslari, rus sharqshunos olimlari hamda sovet davrida tadqiqot olib borgan tarixchilarning ilmiy ishlari tadrijiy ravishda о‘rganilib, ilk bor mavzuga oid tarixiy adabiyotlar tarixshunoslikning yangicha talqinida о‘z bahosini oldi. Ushbu tayyorlangan bibliografiya tо‘plami hozirga qadar tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Respublikada mazkur mavzuga oid bir nechta bibliografik nashrlar amalga oshirilgan. Chunonchi, 1996-yilda О‘zbekiston Respublikasining Misrdagi elchixonasi xodimlari tomonidan [7] Amir Temur va temuriylar davri haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qо‘llanmalar asosida fihristi yaratildi. 1999-yilda esa E.V. Rtveladze va A.X. Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur dunyo fani kо‘zgusida” (“Amir Temur v zerkale mirovoy nauki [8] nomli bibliografik nashrda xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon tarixshunosligida mustaqil “Temurshunoslik” ilmiy yо‘nalishi shakllanganini e’tirof etishdi. Shuningdek, “Amir Temur jahon tarixida” nomli nashrning “Amir Temur davri tarixnavisligi” bobidagi “Ilmiy izlanishlar” qismida О‘zbekiston va xorij tadqiqotchilarining ishlari tahlil qilindi. Nashrda “Amir Temur shaxsini biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki kо‘nikmalardan uni chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin о‘tish tadriji sodir bо‘ldi” [9], degan xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi katta ilmiy burilishdir. 2003-yilda akademik B. Ahmedov, B. Qosimov, I. Niyazov, B. 42 Bannopov, M. Zikrullayev, Y. Muhammedov tomonidan temurshunoslik sohasida bir muncha tadqiqotlar olib borilib, “Amir Temur bibliografiyasi” [10]nashrdan chiqdi. 2010-yilda O.Rahmatullayeva tomonidan tayyorlangan “Amir Temur saltanati tarixnavisligi” nomli bibliografik kо‘rsatkichda faqat О‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan adabiyotlar jamlanib sohalar bо‘yicha tasniflandi [11]. Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi bо‘yicha О‘zbekistonda bir muncha salmoqli ishlar amalga oshirilgan [12]. Aksariyat tadqiqotchilarning yakdillik bilan ta’kidlashicha, boshqa tarixiy davrni о‘rganishda adabiyotlar taqchilligi qiynasa, bu davr tadqiqotchisiga esa adabiyotlarning kо‘pligi va turlicha munosabat qiyinchilik tug‘diradi?!. Aynan shu jihat bibliografik tadqiqotlarga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi. Keyingi yillarda Amir Temur shaxsi va davriga oid birmuncha manbalar tarjimasi, ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar yaratildiki, ularni aniqlash, tizimlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. О‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida bajarilgan “Amir Temur. Bibliografiya. Birinchi kitob” [13] mavzuidagi maqsadli amaliy grant doirasida bajarilgan loyihada О‘zbekiston va jahon miqyosida Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab nashr qilingan turli adabiyotlar jamlanib izohlar bilan ta’minlandi. Bibliografik kо‘rsatkichga binoan yurtimizda Amir Temur xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishlangan rasmiy (Qonun, Farmon, Qaror va boshqa meyoriy hujjatlar) ma’lumotlarni yig‘ishda О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlar milliy bazasining Davlat xizmatlarini kо‘rsatish bо‘yicha ma’muriy reglamentlarning elektron tо‘plami (LexUz-online platformasi)dan foydalanildi. Loyihada mavzuni yorituvchi yozma manbalar, monografiyalar, risolalar, dissertatsiya va avtoreferatlar rо‘yxati, yubileylarga bag‘ishlangan albomlar, tarixiy ma’lumotnoma va solnomalar, respublika va xalqaro konferensiya materiallari, о‘quv qо‘llanmalar, respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar jamlandi. Shuningdek, xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, muzeylar va fondlardan о‘rin olgan adabiyotlardan ham imkon qadar foydalanildi. Jumladan, rus, ingliz, fransuz, turk, arab, fors tillarida nashr etilgan 6 mingga yaqin turli kitob va maqolalar nashrlari jamlanib, ma’lum bir tartibga solindi. Kitobda yozma manbalar va ilmiy tadqiqotlar, monografiya va muhim kitob hamda risolalarga tavsif – izoh yozildi. Shu о‘rinda aytib о‘tish kerakki, bibliografiyada shartli ravishda, ya’ni kо‘lami jihatidan nihoyatda kо‘pligi bois, davriy matbuot (xususan gazeta) nashrlari olinmadi. Zero, davriy matbuot materiallari istiqbolda ushbu bibliografiyaning davomli nashrlarida о‘z aksini topadi. 43 Bibliografik kо‘rsatkichda barcha adabiyotlar avvalo nashr tili bо‘yicha, mualliflarning familiya va ismi-shariflari kesimida alifbo tartibida berildi. Bibliografiyada adabiyot atamasi deganda: monografiya, risola, dissertatsiya, avtoreferat, ilmiy-ommabop nashrlar, badiiy adabiyot va boshqalar ham nazarda tutildi. Bir ismning turli xil yozilishi, jumladan, Timur, Tamerlan, Timur, Temour, Tamerlan va h.k. atalishlar manba va ilmiy adabiyot nomlanishida qanday bо‘lsa, shu holatda saqlab qolingan. Ammo izohlarda “Temur” deb yozilishi tо‘g‘ri deb topildi. Matbaa shaklidagi nashrlarda (bu hol kо‘proq jamoaviy monografiyalarda uchraydi) muallif ismi-sharifi kо‘rsatilmagan maqolalar bevosita sarlavhasi alifbo tartibida berilgan. Temuriylar tarixi davlat muzeyida amalga oshirilayotgan ko’p parametrli tadqiqotlar davomlidir. Zero yildan - yilga yangi adabiyotlar, tadqiqotlar qо‘shilib boraveradi. Bu hol о‘z-о‘zidan kelgusida bibliografiyaning davomli nashrlarining yaratilishiga zamin bо‘lib qoladi. Darvoqe, ilmiy guruhimiz tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan “Amir Temur bibliografiyasi. Ikkinchi kitob” ishida davom ettiriladi. Zero, ikkinchi nashrda Sharq va Yevropa xalqlari tillarida yozilgan ilmiy adabiyotlardan keng tarzda foydalaniladi. Xullas, umid kilamizki, ushbu bibliografik kо‘rsatkich milliy tarix fanimiz uchun dolzarb hisoblanib, Buyuk Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik faoliyatini о‘rganishda qulaylik yaratib, tadqiqotlarni yо‘naltirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ilmiy izlanish olib boruvchilar uchun zaruriy adabiyotlar topishda yо‘llanma vazifasini bajaradi hamda muammo bо‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy izlanishlar yо‘nalishlarini belgilab beradi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning О‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasidan // Xalq sо‘zi. 2017 yil 4 avg.
2. Собрание восточных рукопиcей Академии наук Узбекистана. Т. I-XI. – Ташкент, 1952-1987.; Собрание восточных рукопией Академии наук Узбекистана. История. Составители: Д.Ю.Юсупова, Р.П.Жалилова. – Ташкент, Фан, 1998. – 536 с.
3. Keren L., Saidov A.X. Amir Temur va FransiY. – Tо‘ldirilgan va kayta ishlangan ikkinchi nashr. – Toshkent: Adolat, 2016. – 560 b.Lunin B.V. Istoriya, kultura i iskusstvo vremeni timuridov v sovetskoy literature (bibliograficheskiy ukazatel) // Obshestvenniye nauki v Uzbekistane. – Tashkent, 1969. № 8-9. – S. 100-145.
4. Temur va Ulug‘bek davri tarixi. – Toshkent: Qomuslar Bosh tahririyati, 1996. – B. 28-42.
5. Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qо‘llanmalar Fihristi.Muqaddima muallifi: Boboxonov SH. Tayyorlovchi: 44 Nasrullo Mubashshir at-Taroziy. – О‘zbekiston elchixonasi Qohira shahri, 1996. (О‘zbek tilida – B. 1-37, arab tilida - B. 1-422). 6. Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой науки. – Ташкент: Издательский дом Мир экономики и права, 1999. – 112 с.; Ўша муаллифлар. Амир Темур в зеркале мировой истории. Библиография / Отв. за выпуск Д.Нурматова. – Париж, 1996. – 28 с.
7. Amir Temur jahon tarixida. – Toshkent: Sharq, 2001. – B. 214-216
. 8. Amir Temur bibliografiyasi. B. Ahmedov, B. Qosimov, I. Niyazov, B. Bannopov, M. Zikrullayev, Y. Muhammedov. Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransuz Instituti. Toshkent, 2003. - 114 b.
9. Rahmatullayeva A. Amir Temur saltanati tarixnavisligi (Bibliografik kо‘rsatkich). –Toshkent: Fan va texnologiya, 2010. – 95 b.
10.О‘ljayeva SH. XX asrning 50 − 60 yillarida Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi (shо‘ro adabiyotlari misolida).: Tarix fan. nom. … diss. Toshkent: О‘zR FA Tarix instituti, 1999. 11.Абиджанова Д. Мавераннахр эпохи правления Амира Темура в англоязычной историографии 60 – 90-х годов ХХ в.: Дисс. ... канд. ист. наук. Ташкент: Институт истории АН РУз, 2000. 160 с.; Усмонов Б. Амир Темур hаёти ва давлатчилик фаолиятининг Россия тарихшунослигида ёритилиши (XVII − XX асрлар).: Тарих фан. ном. ... дисс. Тошкент: ЎзР ФА ШИ, 2004. 165 б.; 12.Раhматуллаева А.Р. Ўзбекистонда Амир Темур hаёти ва фаолияти тарихшунослиги (1991-2009).: Тарих фан. ном. ... дисс. Тошкент: ЎзР ФА Тарих институти, 2010. - 175 б. 13.Амир Темур. Библиография. Биринчи китоб // Тузувчилар: Х.Файзиев, О.Бўриев, А.Раhматуллаева, А. Шарипов, Бердиева З.Ш., Улжабоева С.Б., А.Авазов. Масъул муhаррирлар Х.Т.Файзиев, О.Бўриев. – Тошкент: Фан, 2021. – 576 б. 14. Bekchanovna, T. S. (2019). Constitutional and legal regulation of mass media and study of public opinion. Вопросы науки и образования, (23 (71)). 15. Атаханова, Ф. (2021). ЗАМОНАВИЙ МОДАДАГИ ЭТНО-ЙЎНАЛИШ ШАКЛЛАНИШИНИНГ ТАРИХИЙ БОСҚИЧЛАРИ. Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институти АХБОРОТНОМАСИ илмий-амалий журнали, 5(02), 69-71. 16. Kultashev, B., Sadikova, S., & Kultasheva, N. (2021). Development of Portrait of Uzbekistan During the Early 20thCentury. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 2040-2053. 17. Сайфуллаев, Н. (2021). ЮРТИМИЗ БАДИИЙ ТАЪЛИМ СОҲАСИНИНГ ЭРТАНГИ РИВОЖИ УЧУН ЯНА БИР МУҲИМ АСОС ЯРАТИЛДИ. Камолиддин Беҳзод номидаги Миллий рассомлик ва дизайн институти АХБОРОТНОМАСИ илмий-амалий журнали, 5(01)