Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə3/3
tarix12.10.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#154502
1   2   3
8-mavzu

M
A
D
A
N
I
ya
Shuning uchun ham O’zbekiston hukumati madaniyatdagi milliylik va baynalmilallik nisbatini saqlashga muhim vazifa sifatida munosabatda bo’la boshladi. Ayni paytda 130 ga yaqin millat va elat yashayotgan O’zbekistonda har bir millat ravnaqiuning barqaror taraqqiyoti, xavfsizligi va yashash kafolotlariga har qanday tahdidlarning oldini olish, u yoki bu millatga mansub kishilar guruhining xudbinlik kayfiyatlarini muqarrar tarzda boshqa millat, xalq imkoniyatlarini zo’ravonlik va zug’um bilan chegaralab qo’yadigan davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu boradagi amaliy ishlarning samarasini oshirdi
T
YUrtimizda ma’naviy merosni tiklashga bag‘ishlab amalga oshirilgan ulkan ishlardan biri Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik, Imom Ismoil al-Buxoriyning 1225 yilligi hamda Amir Temurning 660 yilligi yubileylari tantanalarini nishonlash, ularning faoliyatini va ijodini to‘liq yoritib xalqimizga bayon etish hamda nomlarini abadiylashtirish bo‘ldi. Hukumatimiz qarori bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi
Uning yubiley tantanalari nafaqat O‘zbekistonda balki xalqaro miqyosda ulkan ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Amir Temurning hayoti, faoliyatiga doir bir necha o‘nlab asarlar yaratildi. O‘zi tug‘ilgan SHaxrisabzda hamda Toshkentning markazida ulkan haykali o‘rnatildi. SHuningdek, nihoyatda xashamatli tarzda Temuriylar muzeyi binosi qad ko‘tardi. Amir Temur nishoni ta’sis etildi.
Bu qilingan ishlar shuni bildiradiki, mustaqillik sharofati bilan ko‘plab haqiqatlar yuzaga chiqmoqda, ya’ni, shulardan eng yirigi - sho‘rolar davrida g‘irt bosqinchi, kallakesar, gazanda degan nomlar bilan niqoblanib kelingan Amir Temur nomi o‘zining haqiqiy yirik tarixiy shaxs, intizomli iqtidorli hukmdor, etuk sarkarda, bunyodkor, yirik, markazlashgan turkiy davlat asoschisi degan haqiqiy obro‘-e’tibori va mavqeini topdi
1
2
3
ma’naviy, madaniy taraQQiyoti
O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo'qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi.
Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yhatiga kiritilgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodidan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan mimg-minglab qo’lyozmalargacha bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta me’rosga ega bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin