Anglab oling! Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy va hayotiy tuyg‘u bo‘lsa - bu har bir xalq va millatning milliy ongidir, milliy o‘zlikni anglashdir. Milliy o‘zlikni anglashning birinchi belgisi — milliy tildir. Shaxs m a’naviy kamolotining zarur shartlaridan biri — ocz ona tilini bilishdir. Har bir insonning madaniy, ma’rifiy-mafku- 108 raviy va m a’naviy saviyasi uning o ‘z ona tilini qanchalik mukammal bilishi bilan belgilanadi. Eslab qoling! Til - halqning, millatning qalbidir. Millat uchun til nihoyatda ulug‘ va m o°tabar, betakror, betimsol boylikdir. Til-m illat tirikligining, uning yashab turganligi va faoliyat ko‘rsatayotganligining asosidir. Til xalq ma’naviy hayotining asosidir. Eslab qoling! Milliy g‘urur va o‘zlikni anglash bu millatga mansublikni anglash, o‘z xalqi an’analariga, qadriyatlariga, madaniyatiga, ona tiliga sodiqlikdir. Qahramon shoir Abdulla Oripov insonning ona tili uning milliy g'ururi ekanligini quyidagi misralarda bayon etadi: Martabang unutsang mayliga unut, Maktabing unutsang mayliga unut. Lekin unutsangchi ona tilingni, Zahapga aylansin onang bergan sut. Prezidentning quyidagi fikrlarini yod oling! 1. M a’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir. 2. Kelajakda 0 ‘zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim. 3. Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o ‘rni, mavqei va shuhrati bevosita o'z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bogliqdir. 4. Aqliy zakovat va ruhiy-m a’naviy salohiyat m a’rifatli insonning ikki qanotidir. 5. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib, biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etishga erisha olmaymiz. 6. Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlami topib, ulami Vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir. 109 7. Kelajakdagi buyuk davlat eng birinchi navbatda boiajak fuqarolarning madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo'rlik qilmog‘i zarur. 8. Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi.