8-mavzu: Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili
Reja:
1. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Jamiyatning siyosiy hayotida davlatning o‘rni va roli
2. Jamiyat sohalarining mazmun mohiyati. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat
tashkilotlarning tutgan o‘rni
3. “Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati. Jahon sivilizatsiyasi tarixida Sharq madaniyatining
o‘rni va uni o‘rganishning ahamiyati.
4. Qadriyat tushunchasi. Qadriyatning turlari, ularning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat hayoti asrlar osha olimlar va faylasuflarning tadqiqot ob’ekti
bo‘lib kelmoqda. U turli fanlar, chunonchi: sotsiologiya, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik,
etnografiya, iqtisodiy nazariya va hokazolar doirasida o‘rganiladi. Muayyan fanlardan farqli
o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat. Falsafa
muayyan hodisalarning sabablari nimada degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga
qo‘ymasada, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga
nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z
mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda
ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib
muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan
biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir.
26
Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan
omillarini aniqlashdan iborat.
Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib, odamlar uyushmasining
maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, degan
turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi
murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi.
Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy
va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko‘proq e’tibor berilar.
Xolbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog‘liq. Xuddi
inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini
ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqqa ziddir. Prezident
Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg‘unlashtirish ijtimoiy
taraqqiyot asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy
rivojlanishga erishish mumkin. SHuning uchun ham xozirgi davrda aholi ma’naviyatini
yuksaltirishga, milliy g‘oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero,
kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo‘lgani uchun ilmsiz bo‘lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz
bo‘lgani uchun qashshoq bo‘ladi. SHuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqali
iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti. Jamiyatning vujudga kelishi Kishilarni
oila bo‘lib, jamoa bo‘lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq
ulug‘ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish — uni ilohiy kuch, xudo
bilan bog‘lab izohlashdir. Dunyoviy qarashlarga ko‘ra, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo‘lib birlashishga ko‘nikkan. Kishilar
hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo‘lib yashashning qulay, afzal va zarurligini
tushungan. Bu jarayonda o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni
takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Ijtimoiy
munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari — oila,
davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy,
ilmiy, falsafiy, xuquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning barchasi bir so‘z bilan
ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur
sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson
va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-
sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar
majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar.
Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi
qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, G‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya,
axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va
ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy
institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni
boshqarishning siyosiy-xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy
bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat
kasb etadi.
27
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning
mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel
jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.
Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan.
Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy
ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday
nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon
ekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday
qarashga ko‘ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial
jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g‘oyasi
ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko‘ra har bir xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va
o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish
orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi.
QADRIYAT TUSHUNCHASI va uning umumiy tavsifi.
Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda
qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan xususiyatlar esa uning mazmuniga
kiritilgan. Masalan, Zardo‘sht, Moniy, Suqrot va Platon uchun yaxshilik va adolat kabi
qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar
qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat va ziyo dunyosi mavjud,
birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa abadiy, engilmas doimiy
qadriyatlar hukm suradi deb hisoblaydi Aristotel o‘ziga to‘q qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf
inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan
nisbiy qadriyatlarni farqlaydi.
Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar
tushunchasining shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda g‘arbda ham
sharqda ham qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan.
9-mavzu: Falsafiy antropologiya (Inson haqidagi ta’limot)
Reja:
1. Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari
2. Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Hayotni tark etish bosqichlari. Suitsid va
parasuitsidning oldini olishda tarbiyaning roli.
3. Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.
4. Faoliyatni tashkil qilishda huquq va axloq uyg’unligi
Inson — falsafaning bosh mavzusi. Odam, inson va shaxs tushunchalari. Insonning
yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli
falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi,
chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy
sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi.
Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar
narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat
qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida
mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli
ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin.
Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib
28
yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “ O‘z-o‘zingni angla”, degan
ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach,
hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson
borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat
qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat
shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va
falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta
murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy
faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”.
Protagorning: «Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri
saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar
tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. Islomda «Kimki
o‘zini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va
ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa
dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish
demakdir.
Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari, surati va siyrati bevosita
tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar,
millatlar shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi.
Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va
takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim buning
uddasidan chiqa olmaydi. “Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini
qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin”2. Inson o‘z hayotining me’mori,
ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda
yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudot. Yolg‘izlik uzlat uni
qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini yo‘qotadi.
Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi.
Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida
yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib
yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. Fransuz yozuvchisi va faylasufi
J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab
intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p
ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir
ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson:
«aqlli mavjudot»;
«siyosiy hayvon»;
«tabiat gultoji»;
«mehnat qurollari yasovchi hayvon»;
«o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»;
«ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan.
Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan.
Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman
olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og‘irini engil qilmasa,
unday fanning keragi bormikan? shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni,
ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi
2
Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. –B.69
29
masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning
barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi
sifatida o‘rganadi.
10-mavzu: Globallashuvning falsafiy muammolari
Reja:
1.
Globallashuv tushunchasi. Globallashuvning ijobiy tomonlari va salbiy oqibatlari
2.
Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli. Global muammolarni hal qilishda xususiy
va umumiy manfaatlar uyg‘unligi
3.
Bashoratning turlari va metodlari. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar
tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati
4. Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati. Texnologik taraqqiyotning istiqbollari
Globallashuv - bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g‘oyat kuchayishi,
tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Globallashuv – iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari
intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jihon miqyosida
shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuvi va maishiy turmushda, iste’molda, shu
jumladan, nomoddiy iste’molda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bo‘lishidir.
Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro
ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga berilgan ta’riflar juda ko‘p. Lekin uning
xususiyatlarini to‘laroq qamrab olgani, fransuz tadqiqotchisi B. Bandining ta’rifi harakterlidir.
a) Globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.
b) Globallashuv-jahonning gomogenlashuvi (yun.xonkodens tarkibi, kelib chiqishi
jihatidan bir xillik, bir jinslik) va universallashuvi jarayoni;
v) Globallashuv-milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.
Globallashuvning uchchala o‘lchoviga ham e’tiroz bildirish mumkin. Biroq jahondagi
jarayonlarni kuzatsak bularning uchchalasini ham ko‘rish mumkin.
Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin
bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri Hindistonning mashhur davlat arbobi Maxatma Gandining
quyidagi so‘zlarida yaxshi ifodalangan. “ Men uyimning darvoza va eshiklarini doim
mahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan
birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-
to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman.”
Globallashuv hodisasi va globalistika. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida
yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli
darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar
va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan
umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera
boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi
bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan
ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari
1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi.
Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona
bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik
o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-
harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida
30
yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga
qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi
globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy
tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham,
xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi
amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki
turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga
kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv
jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli
fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan,
globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit
tizim sifatida o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi.
Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning
oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin
yuzaga kelgan edi.
11-mavzu: Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar
Reja:
1.
Formal mantiqning predmeti va strukturasi. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o‘rni
2.
Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
3.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar. Tushunchaning mazmuni va xajmi
4. Sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatdagi tushunchalar.
Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «fikr», «so‘z»,
« aql», « qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda
o‘z aksini topadi.
Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv
mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish
shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-
qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari
va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z
bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.
Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish
jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish
zarur.
Dostları ilə paylaş: |