Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


olamdagi  narsa  va  hodisalarning  muhim,  zaruriy,  umumiy  va  takrorlanib  turuvchi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.07.2020
ölçüsü1,17 Mb.
#32272
1   2   3   4   5   6   7   8
falsafa-2


olamdagi  narsa  va  hodisalarning  muhim,  zaruriy,  umumiy  va  takrorlanib  turuvchi 

bog‘lanishlari, o‘zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning 

belgilariga to‘xtalamiz: 

- qonun  turli-tuman  aloqadorliklar,  bog‘lanishlardan  faqat  muhimlarini,  ya’ni  shunday 

bog‘lanishlarni  ifodalaydiki,  bular  olamning  mavjudligi,  o‘zgarishlari  va  undagi  narsa  hamda 

hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi; 

- qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh 

yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi. 

- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi. 

qonun  nisbatan  barqaror,  takrorlanib  turuvchi  bog‘lanishlarni  (munosabatlarni)  ifodalaydi, 

ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi. 

Masalan,  2013  yili  qishdan  keyin  bahor  kelib,  2014  yilda  qishdan  keyin  birdaniga  yoz  kelishini 

tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  CHunki,  bu  tabiat  qonuni  —  fasllar  o‘zgarishi  qonuni  doirasiga 

kirmaydi. 

Qonun  –  tizimning  elementlari  o‘rtasidagi  umumiy  aloqa.  Ularning  uchta  turi 

mavjud.Voqelik  qonunlari  bizning  ongimizdan,  biz  ularni  bilish-bilmasligimizdan  qat’i  nazar 



mavjud va amal qiladi.  

 

6-mavzu: Bilish  metodologiyasi: asosiy tushunchalar 

Reja: 

1. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati.   

2. Bilishning asosiy turlari va shakllari. 

3. Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning turlari. Bilishda amaliyotning o‘rni 

4.  Falsafa  metodlari.  Fan  metodlari:  umumilmiy,  xususiy  ilmiy  va  fanlararo  tadqiqot  metodlari. 

Hozirgi zamon metodologiyasi. 



     

Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi.  

Bilim  –  inson  ong  yordamida  oladigan  dunyo  haqidagi  ma’lumotlarning  eng  oliy 

darajasidir

Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z  yuritganda o‘rta asrlardagi kabi bilim va e’tiqodni qarama-

qarshi  qo‘yish  yaramaydi.  E’tiqod  –  moddiy  va  ma’naviy  dunyo  narsalari,  jarayonlari  va 

hodisalarini  dalil-isbotsiz  bilish  demak.  «Men  Xudoning  borligiga  ishonaman»;  «men  yaqinda 

bahor  kelishiga  ishonaman»;  «men  o‘z  ishimning  muvaffaqiyatiga  ishonaman»  va  h.k.  va  sh.k. 

E’tiqod – bu  insonning ishonchiBilim bizga aniq-ravshan ko‘rinib turadigan narsalarni kashf 

etish  imkonini  bersa,  e’tiqod,  ishonch  insonga  hozircha  ko‘rinmaydigan  sirli  narsalarni 

aniqlashga  yordam  beradi.  Shu  tariqa  e’tiqod  bilish  jarayonida  faol  ishtirok  etadi  va  uning 


 

21 


muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi,  mutaassiblik 

va insonning kuchsizligi yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim.  



Bilish  –  inson  qo‘lga  kiritadigan  axborotning  eng  oliy  darajasi.  Bu  axborotni  u  bilish 

muammolari va vazifalarini qo‘yish va echish yo‘li bilan, izchil anglab etadi. Axborot miyaning 

mvhumlashtiruvchi  faoliyati  yordamida  belgi  shaklini  (2    2    4)  kasb  etadiki,  bu  unga  ishlov 

berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.  



Bilish  inson  izchil  va  ijodiy  faoliyatining  ijtimoiy  jarayoni  bo‘lib,  unda  tashqi  dunyoning 

ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim shakllanadi.  

Bilish  predmeti  –  bu  izlanayotgan  fikrning  diqqat  markazidan  o‘rin  olgan  muayyan 

jihatlar.  Masalan,  inson  juda  ko‘p  fanlar  –  biologiya,  tibbiyot,  psixologiya,  sotsiologiya,  falsafa 

va  hokazolarning  tadqiqot  ob’ekti  hisoblanadi.  Biroq  ularning  har  biri  insonni  o‘rganishga  o‘z 

nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, 

tibbiyot  –  insonning  kasalliklari  va  ularni  davolash  usullarini  o‘rganadi  va  h.k.  Binobarin, 

tadqiqot  predmetiga  tadqiqotchining  muhim  mo‘ljali  kiradi,  ya’ni  u  tadqiqot  vazifasi  nuqtai 

nazaridan shakllanadi.  

Ma’lumki,  inson  tarix  yaratuvchisi,  sub’ekti  hisoblanadi,  o‘z  tarixiy  mavjudligining  zarur 

shart-sharoitlari  va  asoslarini  o‘zi  yaratadi.  Ijtimoiy-tarixiy  bilish  ob’ekti  odamlar  tomonidan 

nafaqat  o‘rganiladi,  balki  yaratiladi  ham,  demak,  ob’ektga  aylanishdan  oldin  u  yaratilishi, 

shakllantirilishi lozim.  

GNOSEOLOGIYANING  MOHIYATI  VA  MAZMUNI.  «Gnoseologiya»  -  sof  falsafiy 

kategoriya.  Uning  nomi  yunoncha  gnosis  –  bilim,  ilm  va  logos  –  ta’limot,  fan  so‘zlaridan  kelib 

chiqqan. So‘zma-so‘z  ma’nosi  -  «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». 

Falsafiy  adabiyotlarda,  shu  jumladan  falsafiy  qomuslar  va  lug‘atlarda  «gnoseologiya»  atamasi 

«bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. 

GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI: 

1)insonning dunyoni bilish imkoniyati; 

2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;  

3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,  

4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati 

o‘rganiladi.  

Shunday  qilib,  umuman  olganda,  gnoseologiya  ong,  bilish,  bilimni  o‘rganish  bilan 



shug‘ullanadi.  

Shaxsiy  va  ijtimoiy  tajribada  biz  ongning  mavjudligini  aniq  sezamiz,  ongning  o‘z-o‘ziga, 

boshqa  odamlarga  va  umuman  jamiyatga  ta’siri  natijalarini  fiziologik  darajada  his  qilamiz  va 

ko‘ramiz.  Biroq  bu  jarayonda  ongning  o‘zi  ko‘rinmaydi.  Moddiy  dunyo  hodisalaridan  farqli 

o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. 

Gnoseologiyaning  vazifasi  bu  ko‘rinmas  ongni  idrok  etish,  uning  moddiy  narsa  va  hodisalar 

dunyosi  bilan  o‘zaro  aloqalarini  aniqlash,  uni  o‘z  muhokama  va  tadqiqot  predmetiga 

aylantirishdan iborat.  



Gnoseologiyaning  asosiy  muammosi  bizning  barcha  bilimlarimiz  tajribada  sinalganmi? 

degan  «oddiy»  masalani  echishdan  iborat:  Bu  savolga  javob  izlash  va  masalaning  echimini 

topishda  gnoseologiyada  ikki  muxolif  an’ana:  bilimlarimiz  tajribada  sinalganini  qayd  etuvchi 

empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.  

Ratsionalizm  (ratsionalistlar)  insonda  tug‘ma  g‘oyalar,  adolat,  insoniylik,  uyg‘unlik 

g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadi

Zotan,  tajriba  to‘la  adolat,  yalpi  insoniylik  mavjud  emasligini,  bizni  qurshagan  dunyoda 

uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, 

Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek  g‘oyalar inson aqliga  xos tug‘ma 

g‘oyalar  bo‘lib,  ularni  inson  faqat  o‘z  aqlidan  olishini  qayd  etadilar;  boshqa,  mo‘‘tadil 

ratsionalistlar  (masalan,  Leybnits,  Volf,  Baumgarten)  esa,  g‘oyalar  aqlga  bog‘liq  bo‘lmagan 



 

22 


holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida 

tug‘ilishini ta’kidlaydilar.  



Empirizm  (empiristlar,  F.  Bekon,  J.  Lokk,  T.  Gobbs,  D.  Yum,  L.  Feyerbax),  aksincha, 

inson,  insoniyat  shaxsiy  yoki  ijtimoiy  tajribaga  ega  bo‘lgunga  qadar  biron-bir  g‘oya  mavjud 

bo‘lishini  inkor  etadilar.  Ular  barcha  g‘oyalar  inson  ongi  zamirida  yo  shaxsiy  tajriba,  yo 

boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va 

bu  tezisni  isbotlashga  harakat  qiladilar.  Ularning  fikriga  ko‘ra,  tajriba  inson  ongida  uning 

sezgilari  va  o‘zini  qurshagan  dunyoni  idrok  etishi  orqali  aks  etadi.  Falsafada  idrok  etishni 

persepsiya  (lotincha  «perception»  -  idrok  etish)  deb  atash  odat  tusini  olgan.  Persepsiya  o‘zini 

qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladiappersepsiya 

borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir 

Gnoseologiya  inson  bilimi  va  bilishga  doir  juda  ko‘p  muammolar  bilan  shug‘ullanadi.  U 

bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko‘r-ko‘rona ishonch va qay darajada real 

borliqning  haqiqiy  in’ikosi  ekanligini  aniqlashga  harakat  qiladi.  So‘nggi  o‘n  yilliklarda 

gnoseologiyada  bilimlar  o‘rtasidagi  farq,  «nimani  bilaman»,  «qanday  bilaman»,  «shaxsiy 

tajribamdan  bilaman»,  «dalilga  ko‘ra  bilaman»  kabi  iboralar  mazmunining  o‘zaro  nisbati 

masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to‘liq qamrab 

olib,  unda  biron-bir  tafsilotni  nazardan  qochirmaslikka  harakat  qiladi.  Demak  gnoseologiya 

falsafaning eng muhim omilidir. 

Inson  aqli  bilish  pillapoyasidan  yuqoriga  ko‘tarilar  ekan,  har  bir  yangi  pog‘onada  qayta-

qayta  quyidagi  savolga  javob  topishga  harakat  qiladi:  dunyoni  bilish  mumkinmi?,  bilishning 

chegaralari  bormi?  Falsafada  bu  savollarga  javob  beruvchi  uch  asosiy  yo‘nalishni  farqlash 

mumkin: optimizm, agnostitsizm va skeptitsizm.  

Optimistlar  dunyoni  bilish  mumkinligini  ta’kidlaydilar,  agnostiklar,  aksincha,  buni  rad 

etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar biroq 

bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar.  

Bilimga  chanqoq  bo‘lgan,  bilishga  harakat  qilayotgan  odam  optimist:  «Men  buning 

nimaligini  bilmayman,  biroq  bilishga  umid  qilaman»,  deydi.  Agnostik  esa,  «Men  buning 

nimaligini  bilmayman  va  hech  qachon  bila  olmayman»,  deb  ta’kidlaydi.  YUzaki  skeptitsizm

ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan 

aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani 

qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. 

  Metod  (yunon.  metods  —  usul)  keng  ma’noda  yo‘l,  ijodiy  faoliyatning  har  qanday  shakli 



kabi ma’nolarni anglatadi.  

Metod  u  yoki  bu  shaklda  ma’lum  qoida,  tartib,  usul,  harakat  va  bilim  mezonlarining 

yig‘indisi  hamdir.  U  tamoyillar,  talablar  tizimi  bo‘lib,  sub’ektni  aniq  vazifani  bajarishga, 

faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, 

kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi. 

Har  qanday  metod  muayyan  nazariya  asosida  yaratiladi  va  tadqiqotning  zaruriy  sharti 

sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga 

egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib 

boradi,  ya’ni  bilimning  chuqurlashishi  va  kengayishi,  tajribaga  tatbiq  etilishi  bilan  metodning 

ko‘lami ham o‘zgaradi. 

  DIALEKTIKA  (yunon.  dialektika  —  bahs,  suhbat)  tabiat,  jamiyat  va  bilish  taraqqiyoti 

qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat 

haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik 

dunyo  faylasuflari  uni  haqiqatga  erishish  yo‘li  va  usuli  sifatida  talqin  etganlar.  Hozirgi  davrga 

kelib  dialektika  olamdagi  narsa  va  hodisalar  doimo  o‘zgarishda,  o‘zaro  aloqadorlik  va 

bog‘liklikda,  taraqqiyot  va  rivojlanishda,  deb  tushunishga  asoslanadi.  Unga  ko‘ra,  olamda  o‘z 

o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar 


 

23 


bir-birlari  bilan  bog‘liq  va  aloqador  tarzda,  bir-birlarini  taqozo  etadigan,  doimiy  va  takrorlanib 

turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi. 

Masalan,  insoniyat  tarixida  bu  usulga  yondashilganida,  u  uzluksiz  tarzda  ro‘y  beradigan 

avlodlar  o‘rin  almashuvi,  birining  o‘rniga  ikkinchisi  kelishi,  muayyan  qadriyatlarni  meros 

qoldirishi  va  yangilikning  eskilikni  inkor  kilishidan  iborat  doimiy  va  takrorlanib  turadigan 

jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu vaqtning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan 

turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning 

xilma-xil  shakllarini  ko‘rish,  ularning  bir-biri  bilan  uzviy  aloqadorlikda  namoyon  bo‘lishini 

kuzatish mumkin. 

  "METAFIZIKA"  (yunon.—  fizikadan  keyin)  -  dialektika  kabi  universal  metoddir.  Bu 

so‘z  ilmiy  muomalaga  er.  av.  I  asrda  Aristotelning  shogirdi,  uning  she’rlari  sharhovchisi 

Rodosskiy  tomonidan  kiritildi.  Mutafakkir  asarlarini  bir  tizimga  solar  ekan,  u  borliq  va  bilish 

haqidagi umumiy  masalalarni  fizikadan so‘ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va boshqa) 

ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan. 

Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa 

va  hodisalarni  o‘rganishda  ularning  muayyan  vaqt  davomida  nisbatan  o‘zgarmasdan,  alohida 

turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo‘llanganida olamning namoyon 

bo‘lish  shakllari  hamda  ular  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  jarayonlarning  alohida  qismi  yoki  holatiga 

asosiy  e’tibor  beriladi.  Voqea,  hodisa  va  jarayonlarni  doimiy  o‘zgarish  holatida  o‘rganish 

nihoyatda  qiyin  bo‘lganligidan,  nafaqat  faylasuflar,  balki  barcha  fan  mutaxassislari  uning 

nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar. 

Sofistika  —  qarama-qarshi  fikrlar  asosida  ixtiyoriy  tanlangan  foydali  mulohaza  bo‘lib, 

uning  yordamida  har  qanday  narsa  yoki  fikrni  isbotlay  olish  mumkin.  Masalan,  Aristotelning 

yozishicha,  bir  afinalik  ayol  o‘g‘liga,  jamoa  ishlariga  aralashma,  chunki  agar  to‘g‘ri  gapirsang, 

seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik 

ayolga  shunday  rad  javobi  berish  mumkin:  sen  jamoa  ishlarida  ishtirok  qilishing  kerak,  chunki 

to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi. 

Sofistika  mavjud  bilimlar  tizimidan  ziddiyatlarni  siqib  chiqaradi,  bu  bilan  eski  va  yangi 

bilimlarni  murosaga  keltiradi.  Sofistika  inson  bilimi  doirasida  cheksiz  relyativizmni  ulug‘laydi. 

Predmet haqida har narsa deyish mumkin. Qanday maqsad ko‘zlanmasin, so‘zlar ifodasida hech 

qanday  chegara  yo‘q  (masalan,  asal  —  shirin;  asal  —  achchiq;  qo‘rg‘on  —  aylanasimon, 

qo‘rg‘on  —  to‘rtburchak  va  h.k.)  shunga  ko‘ra  sofist  —  mohir  usta,  so‘zamol  donishmand 

ma’nolarini anglatadi. 

EKLEKTIKA.  Eklektika  hech  qanday  bilim  faoliyati  bilan  bog‘lanmagan,  bir-biriga  zid 

dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u 

hech  qanday  yagona  nazariy  asosga  ega  emas  va  ba’zida  ob’ektni  o‘rganishning  ziddiyatli 

jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir. 

Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘ldi 

va  iqtiboslarga  asoslangan  o‘rta  acp  sxolastik  bahslarida,  yangi  davr  XV-VIII  asrlar  falsafiy 

bahslarida  keng  foydalanildi.  U  hozirgi  davrda  ham  reklama  va  tashviqotda,  ommaviy 

kommunikatsiya  tizimida  qo‘llanilib,  inson  psixikasidagi  an’analar,  ko‘nikmalar,  intilishlarni 

bo‘rttiradi.  Bunday  usulning  bema’niligini  Suqrot  va  Aristoteldan  boshlab,  hozirgi  davr 

mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika 

olam,  narsa  va  hodisalarning  bir  butunligini,  umumiy  asoslarini  parchalab  tashlash  uslubiga 

tayanadi. 


 

24 


SINERGETIKA.  Hozirgi  zamon  fanida  sinergetika  metodi  keng  qo‘llanilmokda. 

Sinergetika  so‘zi  yunoncha  ("sinergena")  bo‘lib,  kelishuv,  hamkorlik,  o‘zaro  ta’sir  kabi 

ma’nolarni  anglatadi.  German  Xakenning  fikricha,  sinergetika  ko‘p  qismlardan  iborat  bo‘lgan, 

o‘zaro  murakkab  aloqadorlikdagi  komponentlar  tizimini  o‘rganadi.  Xaken  fikricha  sinergetika 



hamkorliqdagi  harakat  bo‘lib,  butunning  tizim  sifatida  aks  etuvchi  qismlarining  kelishilgan 

faoliyati ma’nosida talqin qilinadi

 

7-mavzu: Til va kommunikatsiya tushunish  vositasi 



Reja: 

1. Tushunish va uning bilish bilan o’zaro nisbati 

2. Dialog-tushunish bilan bog’liq o’zaro aloqa shakli sifatida 

3. Tushunish va tushuntirishning o’zaro nisbati 

 

Tushunish  va  uning  bilish  bilan  o’zaro  nisbati.  Tushunish  va  uning  bilish  (va 

tushuntirish) bilan o’zaro nisbati muammosi ko’pdan beri muhokama qilinadi. U bugungi kunda 

ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va ko’p jihatdan bahslidir. Masalan, Diltey tushunishni matn 

muallifining  ma’naviy  dunyosiga  kirish  sifatida  tavsiflagan  bo’lsa,  Xaydegger  uchun  tushunish 

insonning borliqqa o’ziga xos munosabati, insonning dunyoda mavjud bo’lish usulidir. Gadamer 

fikriga ko’ra, o’tmish madaniyatini tushunish talqin qiluvchining o’zini tushunishi bilan uzviydir. 

Shu sababli tushunish predmetini muallif matnga joylagan ma’no emas, balki mazkur matn orqali 

anglab  etilishi  lozim  bo’lgan  moddiy  mazmun  («ishning  mohiyati»)  tashkil  etadi.  Bunda, 

Gadamer fikriga ko’ra, har qanday tushunish til muammosidir: unga «til mediumi»da erishiladi 

(yoki erishilmaydi) va isbotlashni taqozo etmaydi.  

Hozirgi  adabiyotlarda  tushunish  turlari,  tiplari  va  darajalarining  har  xil  tasniflari  mavjud. 

Masalan, G.I.Ruzavin tushunishning uch asosiy turini farqlaydi:  

A) Dialogda til vositasida aloqa qilish jarayonida yuzaga keladigan tushunish. Tushunish yo 

tushunmaslik natijasi bu erda suhbatdoshlar o’z so’zlariga qanday ma’no yuklashiga bog’liq.  

B)  Bir  tildan  boshqa  tilga  tarjima  qilish  bilan  bog’liq  tushunish.  Bu  erda  o’zga  tilda 

ifodalangan ma’noni ona tili so’zlari va gaplari yordamida ifoda etish va saqlash nazarda tutiladi.  

V)  Matnlarni,  badiiy  adabiyot  va  san’at  asarlarini,  shuningdek  odamlarning  turli 

vaziyatlardagi qilmishlari va harakatlarini talqin qilish bilan bog’liq tushunish. Bu erda ma’noni 

intuitiv  tushunishning  o’zi  etarli  bo’lmaydi.  Bu  tushunishning  birinchi  darajasi.  Tushunishning 

ikkinchi  darajasi  tadqiqotning  boshqa,  xususan:  mantiqiy-metodologik,  aksiologik,  kulturologik 

vosita va metodlarini jalb qilishni taqozo etadi. 

Tushunish to’g’risida so’z yuritganda, yana ikki muhim jihatga e’tiborni qaratish kerak: 

1.  Germenevtik  doira  tamoyili  tushunishning  muhim  jihati  hisoblanadi.  U  tushunishning 

tsiklik xususiyatini aks ettiradi. Mazkur tamoyil tushunish va tushuntirishni bog’laydi: nimanidir 

tushunish  uchun  uni  tushuntirish  kerak  va  aksincha.  Mazkur  o’zaro  aloqa  butun  bilan  qismning 

doirasi  sifatida  ifoda  etiladi:  butunni  tushunish  uchun  uning  alohida  qismlarini  tushunish  kerak, 

alohida  qismlarni  tushunish  uchun  esa  butunning  ma’nosi  haqida  tasavvurga  ega  bo’lish  lozim. 

Masalan, so’z – gapning qismi, gap – matnning qismi, matn – madaniyat unsuri va sh.k.  

2. Germenevtik doira – «olmaxon g’ildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan avvalgi 

butunga emas, balki o’z qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, ya’ni boshqa butunga qaytadi. 

Germenevtik  doira  dialektik  xususiyatga  ega:  unda  to’liq  va  chuqur  tushunishdan  yanada 

to’liqroq  va  chuqurroq  tushunishga  tomon  harakat  sodir  bo’ladi,  mazkur  harakat  jarayonida 

tushunishning yanada keng ufqlari namoyon bo’ladi.  

Tushunishni hozirgi davrga bog’lash kerakmi? 

Mazkur masala yuzasidan ikki asosiy qarash mavjud: 

A)  Kerak  emas.  Mazkur  qarashga  ko’ra,  matnni  muvofiq  tarzda  tushunish  unga  muallif 

yuklagan  ma’noni  ochib  berishni  nazarda  tutadi.  Ya’ni  muallif  yuklagan  ma’noni  hech  qanday 



 

25 


qo’shimcha va o’zgartirishlarsiz, mumkin qadar sof shaklda aniqlash lozim. Lekin amalda bunday 

bo’lmaydi, zero, har bir davr matnga (masalan, san’at asarlariga) o’z mezonlari bilan yondashadi.  

B)  Tushunish  jarayoni  muqarrar  ravishda  tushunishga  harakat  qilinayotgan  narsaga 

qo’shimcha  ma’no  yuklash  bilan  bog’liq.  Binobarin,  matnni  muallif  qanday  tushungan  bo’lsa, 

shunday tushunishning o’zi etarli emas. Demak, tushunish ijodiy jarayon va u muallif yuklagan 

ma’noni aynan aks ettirishnigina emas, balki unga tanqidiy baho berish, ijobiy jihatlarini saqlab 

qolish, ma’noni hozirgi voqelikning mazmuni bilan boyitishni nazarda tutadi. 

Hozirgi  zamon  frantsuz  germenevtikasining  vakili  Pol  Rikerning  fikricha,  tushunish  hech 

qachon  bilishdan  ajralmaydi,  balki  «ma’noni  o’zlashtirish  faoliyatining  bosqichi»  hisoblanadi. 

Tushunish  –  fikr  yuritish  orqali  simvolda  yashirin  ma’noni  aniqlash  demak.  Bunda  Riker 

quyidagi holatlardan kelib chiqadi:  

a) germenevtika – izchil talqin qilish jarayoni

b) talqinlarning xilma-xilligi germenevtikaning mohiyatini tashkil etadi; 

v)  tushunish  –  bir  ong  tomonidan  uzatiladigan,  ikkinchi  ong  esa  uni  tashqi  ifodalar  orqali 

qabul qilib oladigan belgilar ma’nosini tushunib etish jarayoni; 

g) ayni bir matn bir nechta  ma’noga  ega  va  bu ma’nolar  bir-biriga qo’shilib, qatlam hosil 

qiladi. 

Shunday qilib, tushunish - muayyan hodisaning ma’nosini, uning dunyodagi o’rnini,  yaxlit 

bir butun tizimdagi funktsiyalarini tushunib etish demak. U borliqning ma’nolarini teran anglab 

etishga  ko’maklashadi.  Tushunish  jarayoni  sodir  bo’lishi  uchun  quyidagilar  zarur:  har  qanday 



tabiatli  matnda  ifodalangan  predmet;  unda  ma’noning  mavjudligi;  mazkur  ma’no  to’g’risidagi 

dastlabki tasavvur; matnni talqin qilish, ya’ni matnning mazmunini tushunish; talqin qiluvchida 

o’z-o’zini tushunishning mavjudligi, muloqot, aloqa; «til stixiyasi»; dialog yuritish qobiliyati; o’z 

fikrini bildirishga intilish, boshqacha fikrlaydigan odamga so’z berish, uning aytganlarini hazm 

qila  olish;  ayni  bir  matn  (unga  muallif  yuklagan  ma’nodan  tashqari)  bir  nechta  ma’noga  ega 

bo’lishini  nazarda  tutish;  matnning  predmet  mazmunini  hozirgi  davrning  madaniy  tafakkuri 

tajribasi bilan bog’lash. 

 


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin