Misr va Bobil falsafiy maktablari. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri
va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy
fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid
qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki
yo‘nalishda borgan. Birinchi yo‘nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya,
kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog‘liqekanini, ikkinchi yo‘nalish esa, bu
tasavvurlarning mifologiya bilan bog‘liq bo‘lganini ko‘rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch
kelinadigan voqea hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o‘rganilgan, ulardan tegishli
xulosalar chiqarilgan. Bu - o‘sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u - davrning inson ongida
aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda mfodalanishi edi. Aynan ana shu
hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo‘lsa-da aksariyat hodisalarning falsafiy
asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan.
15
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo‘lgan odamzod,
albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga,
odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko‘nikmasi hali
shakllanib ulgurmagan o‘sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr
yuritmaslikning imkoni ham yo‘q edi. Bu - o‘sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan,
«Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo‘shig‘i», «O‘z
hayotidan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati» kabi bitiklari yaqqol
namayon bo‘lgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, o‘sha davrdagi odamlarga xos
tuyg‘ular bayon qilingan.
Zardo‘sht ta’limotida “Axriman” va “Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy
kurashi va bunda yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik falsafasiga ko‘ra, yaxshilik
va yomonlik kishilarning botinida-ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda
tarafida bo‘lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz
Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining oxirigacha davom etadi.
“Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas’uliyati haqida fikr bildirilgan.
Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga
o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. Shuningdek unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi
taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e’tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak
zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish
yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.
Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e’tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad
etgan, ayrimlar esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham Sharq falsafasining muhim
muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila
va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini to‘gan. Oilaviy
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki
nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga
qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda
ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni
taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu
qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi - taqdirdir. Biz yashab
turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi
tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtai nazariga ko‘ra, ilohiy
mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi belgilaydi, u, ya’ni tartib dunyoning
mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi
lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida,
adolat, birodarlik, erkinlik g‘oyalari takomilida muhim o‘rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda
ikki ming yil davomida davlat dini darajasiga ko‘tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb
etgan.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar).
Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim.
Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni - tabiatningyashash qonunidir, undagi
rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidr. Bu qonunga ko‘ra,
olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur - olov, suv, havo, er va yog‘och yoki
metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi.
16
3-mavzu: Sharq va G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosi
Reja:
1. Qadimgi Yunon va Rim falsafiy maktablarida olam masalasi
2. Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotida inson masalasi
3. Ilk o’rta asrlar Sharq va G’arb falsafiy tafakkur rivojida olam va odamga bo’lgan munosabat
4. Yangi va eng yangi davr falsafasining ijodida olam va odam muammosi
Evropada Qadimgi Yunon va Rimdan o‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi 1
asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi
va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni ko‘rish mumkin: 1. Xristianlikning shakllanib
davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga
aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr
falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Ingliz falsafasi. O‘sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626)
yuqoridagi masala xaqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta
juda keng bo‘lgani xolda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o‘rab qo‘yilishi
sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o‘rta
asrlardagi taraqqiyotiga eng katta xissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning
yangi binosini ko‘rish uchun, to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni
bilishda bir necha «idollar» insonga xalaqit beradi. Ular inson aqlini o‘rab tashlaydi. Ular asosan
to‘rtta. Birinchisi urug‘ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon
shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o‘z
tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, Qor idollari. Bu xar
bir odamnning o‘z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining
cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa xamma narsani o‘z nuqtai-nazari bilan ifodalash, o‘zinnig tor
doirasi bilan o‘lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari, bo‘lib, u ma’lum
bo‘lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto‘g‘ri yoki noaniq termonologiyalarga tanqidiy
yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda xam katta axamiyat beradi.
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavxum
ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi.
To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko‘r-ko‘rona ergashib qadimgilarning falsafiy
sistemalarini davom ettiraveradilar.
R. Dekart (1596-1650) falsafasida dualizm asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha materiya va
ruh borliqning asosida yotadi va xudoga bo‘ysunadi. Olam, Dekart fikricha cheksiz va abadiy, u
inson tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan xolda rivojlanadi va takomillashadi. R. Dekartning «Men
fikr qilayapman, demak men mavjudman» degan fikri faylasuflar orasida mashhur bo‘lib
hisoblanadi. Bilishda fikr va sezgilarning ahamiyatini nihoyatda ortiqcha deb bilgan R. Dekart
ratsionalizm ta’limotining asoschisi bo‘lib xisoblanadi. Uningcha insonning fikrlashi va
mulohaza qilishi shubxa ostiga olib bo‘lmaydigan jarayondir, undan boshqa xamma narsani
tekshirish shubxa ostiga olish mumkin. Dekart o‘sha zamonning eng buyuk matematiklaridan biri
bo‘lib, o‘z davrida aniq fanlar soxasida katta axamiyat kasb etgan deduksiya usulini falsafaga
kiritgan olim bo‘lib xisoblanadi.
Nemis falsafasining asoschilaridan biri Immanuil Kant (1724-1804) faqat mashxur
faylasufgina bo‘lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim xamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz
xolatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi xaqidagi nazariya xozirgi
davrda xam astronomiya soxasidagi eng muxim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy
qarashlari tabiat xodisalarini metafizik ruxda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba berdi. Kant o‘z
davri tabiatshunosligi erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga
Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga xam tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy
kelib chiqishi xaqidagi nazariyasi xam muxim axamiyatga ega.
17
Kant ta’limoti bo‘yicha, falsafaning eng muxim muammolari bo‘lmish — borliq, axloq,
degan masalalarini taxlil qilish uchun eng avvalo, inson bilimining imkoniyatlari va chegaralarini
aniqlamoq kerak. Bizning bilimlarimiz narsaning xodisasini, ya’ni bizga qanday xolatda
namoyon bo‘la olishini (fenomen) bila oladi. Ular bizning tajribamiz mazmunini tashkil qiladi.
«Narsa o‘zida»ning bizning sezgi a’zolarimizga ta’siri natijasida sezgilar xaosi vujudga keladi.
Bu xaos bizning aqlimiz quvvati bilan tartibga solinadi va bir butunga aylantiriladi. Biz tabiat
qonunlari deb bilgan narsalar aslida aql tomonidan xodisalar dunyosiga kiritilgan aloqadir.
Boshqacha qilib aytganda, bizning aqlimiz tabiatga qonunlar kiritadi. Lekin xodisalar dunyosiga
inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan narsalarning moxiyati, ya’ni «narsa o‘zida» mos keladi. Ularni
mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o‘zida» biz uchun faqat aql bilan bilish mumkin bo‘lgan,
lekin tajribadan kelib chiqmaydigan moxiyatdir. Kant inson aqlining cheksiz qudratiga ishonchsiz
qaraydi. Inson bilimining nisbatan cheklanganligiga u ma’lum axloqiy ma’no beradi. Uningcha,
agar inson mutlaq bilimga ega bo‘lsa, unda axloqiy burchni bajarishi uchun kurash xam, intilish
xam bo‘lmasdi.
Kant ta’limoti bo‘yicha, makon va zamon g‘oyalari insonga uning tasavvurlaridan oldin
ma’lumdir. Makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g‘oyalardadir.
Bilish nazariyasida Kant dialektikaga katta o‘rin beradi. Qarama-qarshilikni bilishning
zaruriy omili sifatida qaraydi.
Kant falsafada katta o‘rin qoldirdi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Gegel
(1770-1831) ijodida o‘zining yuksak cho‘qqisiga erishadi. Gegel dialektikaning qonunlari va
kategoriyalari xaqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan
xolda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O‘sha davrlarda xukmron bo‘lgan
metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Kantning «narsa o‘zida» xaqidagi ta’limotiga qarama-
qarshi qilib, shunday ta’limotni ilgari surdi: «Moxiyat namoyon bo‘ladi, xodisa moxiyatdan
ajralmasdir». Xegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning ob’ektiv shakllaridir. Borliqning
asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruxi» yotadi. O‘z-o‘zini anglash
jarayonida dunyoviy aql uch bosqichni bosib o‘tadi:
1. O‘z-o‘zini anglovchi mutlaq g‘oyaning o‘z xususiy qobig‘ida bo‘lish bosqichi; tafakkur
jarayonida, ya’ni bu xolatda g‘oya dialektika kategoriyalari va qonunlari tizimida o‘z mazmunini,
moxiyatini namoyon qiladi. Bu bosqich Gegel falsafasining mantiq bosqichidir;
2. G‘oyanning o‘zidan «begonalashuvi» ya’ni tabiat xodisalari shaklida namoyon bo‘lish
bosqichi, ya’ni bu bosqichda tabiatning o‘zi rivojlanmaydi, faqat kategoriyalar sifatida
rivojlanadi. Bu bosqich Gegelda tabiat falsafa bosqichidir;
3. G‘oyaning tafakkurda va insoniyat tarixida rivojlanish bosqichi. Bu bosqich Gegel
falsafasida rux falsafasi bosqichidir. Mana shu yakuniy bosqichda mutlaq g‘oya o‘ziga qaytadi va
o‘zining inson ongi va o‘z-o‘zini anglash shaklida o‘z moxiyatiga qaytadi.
Rivojlanish g‘oyasi Gegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor
doira ichida emas, doimiy, quyidan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor
o‘zgarishlarining tub sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Rivojlanishning manbai esa xar
qanday o‘z-o‘zidan xarakatning sababi bo‘lgan qarama-qarshilikdir. Gegel falsafasida borliq
dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan.
Gegel fikricha, tarix dunyoviy ruhning yoki mutlaq g‘oyaning rivoji sifatida namoyon bo‘ladi.
Umuman tarix bu moxiyatan fikrning, aqlning o‘z-o‘zidan rivoji tarixidir. Gegel ta’limoticha, aql
tarixda shunday namoyon bo‘ladiki, unda xar bir xalq ruh o‘z-o‘zini anglab, tobora yuqorilab
borishiga o‘z xissasini qo‘shish huquqini oladi. Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik)
amalga oshmaydi.
18
4-mavzu: Ontologik qonun va kategoriyalarning falsafiy tahlili
Reja:
1. Borliq va yo’qlik dialektikasi. Borliq shakllarining mazmun mohiyati
2. Substansiya, substrat, monizm, dualizm va plyuralizm tushunchalarining o’ziga xos
xususiyatlari
3. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo‘lishi va
evolyusiyasi
4. Harakat, fazo va vaqt borliqning mavjudlik shalkllari sifatida
Ontologiya tushunchasi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda
borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi
o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi.
«Ontologiya» atamasi falsafada faqat 17 asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega
bo‘lib (ontos – borliq, logos – so‘z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar
natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb
etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari
paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi.
Falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi.
«Borliq» kategoriyasi har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim
xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish,
o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Falsafa tarixida borliq muammosi. «Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo‘lishi bilan
shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo‘lsada, dunyo haqida odamlar
ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko‘p sonli afsonalar va miflarda
bizgacha etib kelgan.
Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “borliq” tushunchasini tor va keng ma’noda qo‘llash
hollariga duch kelamiz. Tor ma’noda “borliq” ongga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv olam, keng
ma’noda - bu barcha mavjud narsalardir.
Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming
yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi.
Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh
tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga
uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks
ettirganlar. “Rigveda”da aytilishicha, olamning paydo bo‘lishida “asat”deb ataluvchi ibtido bosh
rolni o‘ynagan. “Asat” imkoniy borliq, ya’ni “yo‘qlik” demakdir. “Asat” asta-sekin
“sat”(”mavjudlik”)ka aylangan.
Qadimgi Xitoyda keng tarqalgan daosizmning asoschisi Lao-tszining fikricha, “borliq”
asosida “dao” yotadi. U “tsi” elementi bilan birgalikda hayot negizini tashkil etadi. Qadimgi
yunon falsafasida, ayniqsa Geraklit qarashlarida bu masala muhim o‘rin tutgan. Uning fikricha,
ayni bir jism ayni vaqtda ham “mavjud”, ham “mavjud emas”. Demokrit aytadiki, “borliq”
“yo‘qlik” bo‘lishini talab etadi. Borliq “qattiqlik” yoki moddiylikdir. “Yo‘qlik” esa “bo‘shliq”dan
iborat, ammo har ikkalasi ham mavjuddir. Aflotun borliq deganda moddiy jismlarni tushungan.
Narsalar borliqini g‘oyalar dunyosi borliqidan farqlagan. Aflotun borliqni “chin” va “chin
bo‘lmagan”ga ajratadi. G‘oyalar dunyosi “chin”, narsalar dunyosi esa “chin bo‘lmagan”ga kiradi.
Aflotun olamni narsalar borliqiga bo‘lib yuborish bilan birga, ayni vaqtda “g‘oyalar” dunyosi
mavjudligini narsalar borliqi bilan qo‘shishga urinadi.
Forobiy esa borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning
o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi.
19
Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan
narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq
borliq va donishmandlik ifodasi.
“Vujudi mumkin” esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha
narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“
yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir.
Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Allohdir. Vujudi vojib bu
birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki birinchi
sabab uning natijasi bo‘lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero
vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq.
5-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari va kategoriyalari.
Reja:
1. Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Bazis va lokal qonunlar
2. Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni
3. Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik
4. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi. Ontologik
va munosabatdosh kategoriyalar.
Rivojlanishning umumiy qonunlari. Hodisalarni tavsiflashdan ularning mohiyatini anglab
etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. Bunda vazifa turli hodisalar
o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning
birligini belgilovchi asosni tushunib etish zarur. Bu asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni
bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish, uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud
bo‘lgan barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir. Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish
natijasida erishiladi.
1. Xo‘sh, qonun o‘zi nima?
U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan,
o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez
ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki
bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h. k. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarining
uchinchisi ham qonun to‘g‘risida bo‘lib, unda barcha sohada qonunning ustuvorligi ta’minlanishi
ta’kidlanadi. YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo‘lgan xossa,
xususiyatlar bormi?
Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson
taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h.
k.) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning
amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib berishdan iborat, qancha ko‘p qonun kashf qilinsa,
taraqqiyot shuncha tez bo‘ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish
qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini pisand qilmay, turli xil s’ezd,
plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot —
kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va bunday siyosat qanday oqibatlarga olib
kelgani barchaga ma’lum.Hozir mustaqil o‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati
barpo qilish yo‘lidan bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos
xususiyatlari e’tiborga olingan.
Endi shunday savol: Nima uchun inson qonunni bilishi kerak? Bunda oddiy misollarga
murojaat qilamiz: yoz oylarida barcha odamlar issiq kiyimlar (etik, palto, qo‘lqop va h. k.) sotib
olishadi, o‘tin yoki ko‘mir g‘amlab qo‘yishadi va h. k. Nima uchun? Chunki ular tabiatning
20
bitta qonunini, ya’ni fasllarning o‘zgarishi, yozdan keyin kuz, undan keyin qish kelishini juda
yaxshi bilishadi. Yoki yana bir, oddiyroq bo‘lsa-da, misol: sizga birov uyning 5-qavatidan
tashlasang, falon pul beraman desa, rozi bo‘lmaysiz. Nima uchun? CHunki siz I. Nyuton kashf
qilgan «Butun olam tortishish qonuni»ni yaxshi bilasiz. Balki bilmassiz ham, havoning o‘z
jismingizdan zichligi kamligiga e’tibor qilmassiz ham, deylik. Ammo siz bu holda omon
qolishingiz qiyinligini, mayib bo‘lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz. Inson qonunlarni bilishi,
ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har
qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriylik, ya’ni ob’ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan
namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish va unga amal qilishdan iborat
faoliyatni anglatadi. Yuristlarda shunday ibora bor: «qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos
qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni qancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning
faoliyatingizni shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz. Bu holda siz nima
qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
Yuqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha ta’rif berish mumkin: qonun
Dostları ilə paylaş: |