Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix28.07.2020
ölçüsü1,17 Mb.
#32272
1   2   3   4   5   6   7   8
falsafa-2


Bilish  voqelikning,  shu  jumladan,  ong  hodisalarining  inson  miyasida  sub’ektiv,  ideal 

obrazlar  shaklida  aks  etishidan  iborat.  Bilish  jarayonining  asosini  va  oxirgi  maqsadini  amaliyot 

tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u  yoki bu darajada bog‘liq 

bo‘lgan,  uning  ma’lum  bir  ehtiyojini  qondirishi  mumkin  bo‘lgan  narsalarni  tushunib  etishga 

bo‘ysundirilgan bo‘ladi.  

Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. 

Uning  dastlabki  bosqichini  hissiy  bilish  –  insonning  sezgi  organlari  yordamida  bilishi  tashkil 

etadi.  Bu  bosqichda  predmet  va  hodisalarning  tashqi  xususiyatlari  va  munosabatlari,  ya’ni 

ularning  tashqi  tomonida  bevosita  namoyon  bo‘ladigan  va  shuning  uchun  ham  inson  bevosita 

seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. 



Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi

 

31 


Birinchidan,  hissiy  bilish  ob’ektning  (predmetning  yoki  uning  birorta  xususiyatining) 

sub’ektga  (individga,  to‘g‘rirog‘i,  uning  sezgi  organlariga)  bevosita  ta’sir  etishini  taqozo  etadi. 

Tasavvur  ham  bundan  istisno  emas.  Unda  obrazi  qayta  hosil  etilayotgan  (yoki  yaratilayotgan) 

predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi. 



Ikkinchidan,  hissiy  bilish  shakllari:  sezgi,  idrok  va  tasavvur  predmetning  tashqi 

xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. 



Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. 

To‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham 

har  bir  alohida  holda  konkret  insonning  sezish  qobiliyati  bilan  bog‘liq  tarzda  o‘ziga  xos 

xususiyatga ega bo‘ladi. 

Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish 

mavjud  bo‘la  olmaydi.  CHunki  inson  tashqi  olam  bilan  o‘zining  sezgi  organlari  orqali 

bog‘langan.  Bilishning  keyingi  bosqichi,  boshqa  barcha  shakllari  sezgilarimiz  bergan 

ma’lumotlarga tayanadi. 

Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Xususan, 

nazariy  bilimlarning  chinligi  oxir-oqibatda  empirik  talqin  qilish  yo‘li  bilan,  ya’ni  tajribada 

bunday bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z navbatida, hissiy bilish, umuman 

olganda,  aql  tomonidan  boshqarilib  turadi,  bilish  oldida  turgan  vazifalarni  bajarishga 

yo‘naltiriladi,  ijodiy  fantaziya  elementlari  bilan  boyitiladi.  Masalan,  guvohlarning  bergan 

ko‘rsatmalari asosida jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi  yaqqol 

his qilinadi va qidiriladi.  

Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga alohida 

olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. 

Unda  mavjud  predmetlar  o‘rtasidagi  aloqadorlik  (masalan,  muz  bilan  havoning  harorati 

o‘rtasidagi  bog‘lanish)  o‘rganilmaydi,  predmetlarning  umumiy  va  individual,  muhim  va 

nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. 

Predmet  va  hodisalarning  mohiyatini  tushunishga  tafakkur  yordamida  erishiladi.  Tafakkur 

bilishning  yuqori-ratsional  (lotincha  ratio  –  aql)  bilish  bosqichi  bo‘lib,  unda  predmet  va 

hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, 

ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.  

 

12-mavzu: Mulohaza. Xulosa chiqarish  

Reja: 

1. Mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari  

2. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari  

3. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari  

4.  Fikrning  xarakat  yo‘nalishiga  ko‘ra  xulosa  chiqarish:    induksiya    va  deduksiya,  analogiya; 

ularning o‘zaro aloqadorligi  



 

HUKMpredmetga  ma’lum  bir  xossaning,  munosabatning  xosligi  yoki  xos  emasligini 

ifodalovchi tafakkur shaklidir

Hukmning  asosiy  vazifasi  predmet  bilan  uning  xususiyati,  predmetlar  o’rtasidagi 

munosabatlarni  ko’rsatishdir.  Ana  shuning  uchun  ham  u  doimo  tasdiq  yoki  inkor  shakldagi 

fikrdan  iborat  bo’ladi.  Fikr  yuritish  jarayonida  biz  predmet  va  hodisalarning  oddiy,  tashqi 

 

32 


xususiyatlari  bilan  birga  ularning  ichki,  zaruriy  bog’lanishlarini,  munosabatlarini  bilib  boramiz. 

Predmet  va  hodisalarning  xususiyatlarini  ketma-ket  o’rganib,  ular  haqida  turli  abstraktsiyalar 

hosil  qilamiz.  Bu  abstraktsiyalar  hukmlar  yordamida  ifodalanadi.  Bilimlarimiz  turlicha  bo’lgani 

uchun,  ularni  ifodalaydigan  hukmlar  ham  har  xil  bo’ladi.  Ba’zi  hukmlarda  aniq,  tekshirilgan 

bilimlar  ifodalansa,  boshqalarida  xususiyatning  predmetga  xosligi  taxmin  qilinadi,  ya’ni  noaniq 

bilimlar ifodalanadi. 



Hukmlar  nisbatan  tugal  fikrdir.  Unda  konkret  predmet  bilan  uning  konkret  belgisi  haqida 

bilim ifoda qilingan bo’ldi

Hukmlar  voqelikka  mos  kelish  darajasiga  ko’ra  chin,  xato  va  noaniq  (ehtimol,  taxminiy) 

bo’ladi.  Ob’ektiv  voqelikka  mos  kelgan,  uni  to’g’ri  ifodalagan  hukmlarchin,  mos  kelmaganlari 

xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq 

hukmlar mavjuddir. 



Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadiHukmmantiqiy kategoriya bo’lsagapgrammatik 

kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq 

yoki inkor holda bo’ladi. 



Masalan,  «Vaqt  orqaga  qaytmaydi»,  «Hayot  -  bu  harakat»  kabi  gaplar  hukmni  ifoda 

qiladilar. 



Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi.  

ODDIY HUKM deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi. 

Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza 

oddiy hukmni ifodalaydi. 



MURAKKAB  HUKM  tarkibidan  ikki  yoki  undan  ortiq  hukmni  ajratish  mumkin  bo’lgan 

mulohazalarga  aytiladi.  Masalan,  «Mantiq  ilmi  tafakkur  shakllari  va  qonunlarini  o’rganadi», 

degan  mulohaza  murakkab  xumkmdir.  Bu  mulohazaning  tarkibi  ikki  qismdan:  «Mantiq  ilmi 

tafakkur  shakllarini  o’rganadi»  va  «Mantiq  ilmi  tafakkur  qonunlarini  o’rganadi»,  degan  ikki 

oddiy hukmdan iborat. 

Xulosa  chiqarish  deb  bir  va  undan  ortiq  chin  mulohazalardan  ma’lum  qoidalar 

yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi. 

Xulosa  chiqarish  jarayoni  asoslar,  xulosa  va  asoslardan  xulosaga  o’tishdan  tashkil  topadi. 

To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan 

bog’lanishi kerak. 

Masalan,  «Aristotel-mantiq  fanining  asoschisi»  va  «Platon  yunon  faylasufidir»  degan  ikki 

chin  mulohazadan  xulosa  chiqarib  bo’lmaydi.  Chunki  bu  mulohazalar  o’rtasida  mantiqiy 

aloqadorlik yo’q. 

Xulosa  asoslari  va  xulosa  ham  o’zaro  mantiqan  bog’langan  bo’lishi  shart.  Bunday 

aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar buzilsa, 

to’g’ri  xulosa  chiqmaydi.  Masalan:  «Talaba A  –  a’lochi»  degan  mulohazadan  «Talaba A  – 

odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi. 

Xulosa  chiqarish  xulosaning  chinlik  darajasiga  ko’ra,  aniqrog’i,  xulosa  chiqarish 

qoidalarining  qat’iyligiga  ko’ra  hamda  xulosa  asoslarining  soniga  va  fikrning  harakat 

yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. 



 

 

 

 

33 


13-mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari 

Reja: 

1. Asosli muhokama yuritish shartlari. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi  

2. Isbotlash va rad etishning turlari  

3. Paralogizm, sofizm va paradokslar haqida tushuncha 

4. Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza va nazariya 

 

Isbotlash  bir  hukmning  chinligini  u  bilan  bog‘langan  boshqa  chin  hukmlar  yordamida 

asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, 

argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstrastiya. 

Tezis  –  chinligi  asoslanishi  lozim  bo‘lgan  hukm,  u  isbotlashning  markaziy  figurasi 

hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning 

o‘zidan,  yoki  mulohazalar  tizimidan,  yoki  teoremalardan,  yoki  aniq  faktlarni  umumlashtirish 

natijalaridan,  yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi  mulohazalardan va shu kabilardan iborat 

bo‘ladi. 

Argumentlar  –  tezisning  chinligini  asoslash  uchun  keltirilgan  hukmlar.  Argumentlar  bo‘lib 

faktlarni  qayd  qiluvchi  hukmlar,  ta’riflar,  aksiomalar,  teoremalar,  qonunlar  hamda  boshqa 

empirik  va  nazariy  umumlashmalar  xizmat  qiladi.  Argument  sifatida  keltirilgan  faktlar,  albatta, 

o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. 

Ta’riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, 

«Harakat – bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir. 

Aksiomalar  chinligi  o‘z-o‘zidan  ravshan  bo‘lgan,  isbotlashni  talab  qilmaydigan  fikrlardir. 

Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. 

Teoremalar  va  qonunlarning  chinligi  isbotlangan  bo‘ladi,  ularni  hech  ikkilanmasdan 

argument qilib olish mumkin. 

Isbotlash  usuli  –  demonstrastiya  tezis  bilan  argumentlar  o‘rtasidagi  mantiqiy  aloqadan 

iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan 

keltirib chiqariladi. 

Isbotlashning  ikki  turi  mavjud:  bevosita  isbotlash,  bavosita  isbotlash.  Bevosita  isbotlashda 

tezisning  chinligi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  argumentlar  bilan  asoslanadi,  unda  tezisga  zid  bo‘lgan 

hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir 

umumiy  bilimdan,  masalan,  qonundan  argument  sifatida  foydalanilib,  uning  chinligi  asoslanadi. 

Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning 

mustaqil  davlat  deb  e’lon  qilinishi,  uning  xalqaro  miqyosda  e’tirof  etilishi»  kabi  asoslar 

yordamida isbotlanadi. 

Bavosita  isbotlashda  esa  tezisning  chinligi  unga  zid  bo‘lgan  hukmning  (antitezisning) 

xatoligini  ko‘rsatish  orqali  asoslanadi.  Antitezis  qanday  shaklda  ifodalangan  bo‘lishiga  qarab 

apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis 

(



a



)  o‘rtasidagi  munosabatga  asoslaniladi.  Masalan,  «Materiya  harakatsiz  mavjud  emas»,  degan 

hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm 

olinadi. 

Apagogik  isbotlashda  antitezis  topilib  (1-bosqich),  vaqtincha  chin  deb  qabul  qilinadi  va 

undan  ma’lum  bir  natijalar  keltirib  chiqariladi  (2-bosqich),  so‘ngra  bu  natijalarning  xatoligi 

ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning  chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz 

mavjud»,  degan  hukm  chin  bo‘lsa,  «Moddiy  predmetlar  strukturasiz  mavjud»,  degan  fikr 

(antitezisdan  kelib  chiqqan  natija)  ham  chin  bo‘ladi.  Bizga  ma’lumki,  moddiy  predmetlar 

tarkibsiz  (uni  tashkil  qiluvchi  elementlar  va  ularning  o‘zaro  aloqasisiz)  mavjud  emas.  Demak, 


 

34 


«Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa  «Materiya harakatsiz mavjud emas», 

degan fikrning chinligi asoslanadi. 

Ayiruvchi  isbotlashda  tezis  sof  ayiruvchi  hukmning  (kuchli  diz’yunkstiyaning)  bir  a’zosi 

bo‘lib,  uning  chinligi  boshqa  a’zolarining  (antitezisning)  xatoligini  ko‘rsatish  orqali  asoslanadi. 

Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V 

shaxs  ham,  S  shaxs  ham  sodir  etmagan”ligi  aniqlanadi  va  shu  tariqa  «Jinoyatni  A  shaxs  sodir 

qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi  – qat’iy 

sillogizmning  inkor  etib,  tasdiqlovchi  modusi  bo‘yicha  qurilgan.Ayiruvchi  isbotlashda  barcha 

muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi,ya’ni tezis isbotlanadi. 

Raddiya.  Rad etish usullari. 

Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir. 

Birorta  fikrning  chinligini  rad  etish  ayni  paytda  unga  zid  bo‘lgan  fikrning  xatoligini 

ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash 

mumkin.  Raddiya  ham  isbotlash  kabi  tezis  (rad  qilinishi  lozim  bo‘lgan  hukm),  argumentlar 

(tezisni  rad  qiluvchi  hukmlar)  va  demonstrastiya  (rad  etish  usuli)  dan  tashkil  topgan  bo‘ladi. 

Raddiya  birorta  masalani  muhokama  qilish,  ya’ni  bahs,  munozara  jarayonida  uchraydi.  Bahs 

qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga 

qarshi  chiqadi  (opponent).  Hal  qilinmagan,  Munozarali  masalalar  bo‘yicha  olib  boriladigan 

bahslar  polemika  hisoblanib,  unda  qarama-qarshi  tezislar  asoslanibgina  qolmay,  balki  tanqidiy 

analiz ham qilinadi. 

 

14-mavzu: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati 

Reja: 

1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi 

2. Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati 

3. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida 

namoyon bo‘lishi 



4. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov 

 

Axloqshunoslik  bir  necha  ming  yillik  tarixga  ega  bo‘lgan  qadimiy  fan.  U  bizda  «Ilmi 

ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘pada 

esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab 

manzildoshlik,  yashash  joyi,  keyinchalik  esa  odat,  fe’l,  fikrlash  tarzi  singari  ma’nolarni 

anglatgan; yunoncha «ethos» so‘zidan olingan.  

Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif 

qilarkan,  ularni  uch  guruhga  bo‘ladi:  nazariy,  amaliy  va  ijodiy.  Birinchi  guruhga  falsafa, 

matematika  va  fizikani;  ikkinchi  guruhga  etika  va  siyosatni;  uchinchi  guruhga  esa  san’at, 

hunarmandchilik  va  amaliy  fanlarni  kiritadi.  Shunday  qilib,  qadimgi  yunonlar  axloq  haqidagi 

ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. 

Biroq  bizda  milliy-mintaqaviy  axloqiy  qadriyatlarimizning,  dastlabki  axloqiy  g‘oyalarning 

vujudga  kelishi  qadimgi  yunonlar  yashagan  davrdan  o‘nlab  asrlar  avval  ro‘y  bergan. 

Ajdodlarimizning  eng  ko‘hna  e’tiqodiy-axloqiy  kitobi  -  «Avesto»  buning  yorqin  dalilidir.  Shu 

sababli  endilikda  bu  fanni  ham  ilmiy-tarixiy,  ham  zamonaviy-hayotiy  talablar  nuqtai    nazaridan 

«Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. 

Axloqshunoslik  axloqning  kelib  chiqishi  va  mohiyatini,  kishining  jamiyatdagi  axloqiy 

munosabatlarini  o‘rganadi.  «Axloq«  so‘zi  arabchadan  olingan  bo‘lib,  insonning  muomala  va 

ruhiy  xususiyatlari  majmuini,  fe’lini,  tabiatini  anglatadigan  «xulq»  so‘zining  ko‘plik  shaklidir. 

«Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, 

muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. 


 

35 


Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo‘lsak, doiraning eng 

kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. 



Odob  -  inson  haqida  yoqimli  taassurot  uyg‘otadigan,  lekin  jamoa,  jamiyat  va  insoniyat 

hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga 

asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. 

Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko‘y miqyosida ahamiyatli bo‘lgan, ammo jamiyat va insoniyat 

hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. 



Axloq  -  jamiyat,  zamon,  ba’zan  umumbashariy  ahamiyatga  ega,  insoniyat  tarixi  uchun 

namuna  bo‘la  oladigan  ijobiy  xatti-harakatlar  yig‘indisi,  insoniy  kamolot  darajasini  belgilovchi 

ma’naviy hodisa. 

Bu  fikrlarimizni  misollar  orqali  tushuntirishga  harakat  qilamiz.  Deylik,  metroda  yoshgina 

yigit,  talaba  hamma  qatori  o‘tiribdi.  Navbatdagi  bekatdan  bir  keksa  kishi  chiqib,  uning 

ro‘parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O‘tiring, otaxon!» deb joy bo‘shatsa, u chiroyli 

a’mol qilgan bo‘ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda  yaxshi kayfiyat uyg‘otadi; chetdan qarab 

turganlar  unga  ich-ichidan  minnatdorchilik  bildirib:  «Baraka  topgur,  odobli  yigitcha  ekan»,  deb 

qo‘yadilar.  Aksincha,  talaba  yo  teskari  qarab  olsa,  yoki  o‘zini  mudraganga  solib,  qariyaga  joy 

bo‘shatmasa, g‘ashimiz keladi, ko‘nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o‘tadi, 

xullas,  u  bizda  yoqimsiz  taassurot  uyg‘otadi.  Lekin,  ayni  paytda,  talabaning  qariyaga  joy 

bo‘shatgani  yoki  bo‘shatmagani  oqibatida  vagondagi  yo‘lovchilar  hayotida  darhol  biror-bir 

ijobiymi, salbiymi - muhim o‘zgarish ro‘y bermaydi. 

 

15-mavzu: Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o’rni 

Reja: 

1. Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari  

2. Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri  

3. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati  

4. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. Oila shartnomasini tuzishning 

axloqiy jihatlari  



 

Oilani  fuqarolik  jamiyatining,  davlatning  eng  muhim  hujayrasi  deyishadi.  Chunki  har  bir 

jamiyat  a’zosi,  bo‘lajak  fuqaroning  tarbiyasi  oiladan  boshlanadi.  Oila  uch  jihatni:  o‘zining 

bevosita  ko‘rinishi  bo‘lmish  nikohni;  oilaviy  mulk  va  anjomlar  hamda  ular  haqidagi 

g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi. 

Nikoh va muhabbat. Avvalo, nikoh haqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish 

shartlaridan  eng  muhimlari  -  nikohga  kiruvchilarning  o‘zaro  roziligi  va  ularning  nikoh  yoshiga 

etganliklari.  Bizda  yigitlar  uchun  -  18,  qizlar  uchun  -  17  nikoh  yoshlari  qilib  belgilangan.  Bu  - 

masalaning  huquqiy  tomoni.  Uning  ikkinchi  -  axloqiy  tomoni  ham  borki,  u  muhabbat  bilan 

bog‘liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu 

paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini yoqtirish hollari bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda 

ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi. 

Ba’zan  qadimda  Sharq  xalqlarida,  shu  jumladan,  o‘zbeklarda  qizning  yoki  yigitning 

roziligisiz  to‘y  qilib  yubora  berishgan,  ota-onalar  kelishishsa  –  bas,  degan  fikrlarni  uchratadi 

kishi.  Ayniqsa,  bunday  gaplar  sho‘rolar  davrida  tinimsiz  takrorlanar  edi.  Vaholanki,  bunday  hol 

kam  bo‘lgan,  uni  musulmonchilik  inkor  etadi.  Rivoyat  qilishlaricha,  Payg‘ambarimiz 

Muhammad  alayhissalom  uylariga  sovchi  kelganida,  qizlari  Fotimadan  doimo  rozilik 

so‘raganlar  va  rad  javobi  olganlar.  Faqat  Hazrat  Ali  sovchi  qo‘yganlarida,  Bibi  Fotima  rozilik 

berganlar. Demak, farzandning roziligini olish bizga Payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. 


 

36 


Hozirgi  kunda  ham  ko‘pgina  yoshlarimiz  sovchi  orqali  turmush  quradilar.  Odatda  sovchi 

kelib  ketgach,  yigit  bilan  qiz  uchrashtiriladi,  ikkalasi  bir-birini  ma’qul  ko‘rsagina  fotiha  qilinib, 

to‘y  taraddudi  ko‘riladi.  Juda  ko‘p  hollarda  bunday  yoshlar  o‘rtasida  keyinchalik  haqiqiy 

muhabbat  shakllanadi.  Abdulla  Qodiriy  «O‘tgan  kunlar»  romanida  tasvirlagan  Otabek  bilan 

Kumush  o‘rtasidagi  sevgini  buning  mumtoz  na’munasi  desa  bo‘ladi.  Ochig‘ini  aytish  kerakki, 

muhabbatning  ham  o‘z  darajasi  bor:  Layli  bilan  Majnunning  muhabbati  hamma  sevishganlarga 

ham  nasib  etavermaydi.  Bunday  romantik-sururiy  sevgi  real  hayotda  kamdan-kam  uchraydi. 

Buning  ustiga,  oilaviy  muhabbat  ma’lum  ma’noda  salobatli,  ko‘proq  yashirin  tarzda  namoyon 



bo‘ladi. 

Oilaning  asosi  bo‘lmish  nikoh  -  ezgu  maqsadga  yo‘naltirilgan,  zimmasiga  zurriyot 

qoldirishdek  yuksak  mas’uliyat  yuklangan  sevgi,  sevishning  ijtimoiylashgan  ko‘rinishi.  Biroq 

sevgi-muhabbat  faqat  erkinlikda  namoyon  bo‘ladi.  SHu  jihatni  nazarda  tutadigan  bo‘lsak, 



nikohni,  ma’lum  ma’noda,  an’analar,  urf-odatlar  va  e’tiqodlarga  moslashtirilgan  sevgining 

yashash sharti deyish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. 

SHu  bois  nikohga  kirayotgan  har  bir  kimsa  bundan  buyon  o‘z  erkining  boshqa  bir  erk  bilan 

kelishib  yashashini,  ixtiyoriy  tarzda  cheklanib,  nisbiylashgan  holda  mavjud  bo‘lishini  anglab 

etmog‘i  lozim.  Bundan  tashqari  nikoh  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  axloqiy  hodisa.  Unda  ehtiroslar 

axloqqa  bo‘ysundiriladi.  Oddiy  birga  yashashda  esa  tabiiy  ehtiyojni  qondirish  birinchi  o‘rinda 

turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egallaydi. 



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin