Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


-mavzu: Axloqiy tarbiya va madaniyat uyg’unligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix28.07.2020
ölçüsü1,17 Mb.
#32272
1   2   3   4   5   6   7   8
falsafa-2


 

16-mavzu: Axloqiy tarbiya va madaniyat uyg’unligi 

Reja: 

1.  Muomala  madaniyati  –  axloqiy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  va  uning  ijtimoiy-tarixiy 

ahamiyati  



2. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi  

3. Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati  

4. San’atning turlari va shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri  

 

Davlat  va  fuqarolik  jamiyatidagi  axloqiy  yuksaklik  darajasini  uning  fuqarolari  axloqiy 

madaniyati belgilaydi.  

AXLOQIY  MADANIYAT  -  axloqiy  tarbiyaga  doir  asarlar,  qarashlar,  g‘oyalar, 

ko‘nikmalar va ularga amal qilinish hisoblanadi. 

  Axloqiy  madaniyat  shaxsning  jamiyat  axloqiy  tajribalarini  egallashi  va  bu  tajribalardan 

boshqa  odamlar  bilan  bo‘lgan  munosabatlarida  foydalanishi,  o‘z-o‘zini  muntazam 

takomillashtirib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi.  

  U  shaxs  axloqiy  taraqqiyotining  belgisi  hisoblanadi.  Zero,  axloqiy  madaniyat  axloqiy 

tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir.  

  Axloqiy madaniyat shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi.  

  Insonning xatti – harakati, xulq – atvori va yurish – turishi va  ularni doimo nazorat qila 

bilish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala munosabatidir.  

  Axloqiy madaniyat shuningdek, insonning o‘z xatti – harakatlarini me’yorini anglashdir. 

 

SHAXSNING AXLOQIY MADANIYATI-  individ tomonidan axloqiy ong orqali jamiyat 

madaniyatini  idrok  etish  darajasi;  axloq  talablari  inson  xatti-harakatlari  jamiyatning 


 

37 


shakllantiruvchi  ta’siri  ostida  qay  darajada  chuqur  va  uyg‘un  ekanligi  ko‘rsatkichidir.  Turli 

omillar  ta’siri  ostida:  hayotiy  tajriba  va  tarbiya;  bilim  va  san’at  shaxs  jamiyatning  axloqiy 

madaniyati yutuqlarini turli darajada o‘z ongi va xatti-harakatlarida jamlaydi.  

Shaxsning  axloqiy  madaniyati  murakkab  dastur  bo‘lib,  o‘z  ichiga  insoniyatning  shunday 

tajribasini oladiki, unga ko‘ra inson an’anaviy vaziyatlarda axloqan ish yuritadi, hamda ongning 

ijodiy elementlarini –axloqiy aql, intuitsiyani ham o‘z ichiga oladi va ular yordamida muammoli 

vaziyatlarda ahloqiy qarorlar qabul qila oladi.  



Shaxsning  axloqiy  madaniyatini  shakllantirishdan  maqsad-an’anaviy  va  ijodiy 

elementlarning  optimal  uyg‘unligiga  erishish,  shaxsning  aniq  bir  tajribasini  jamoatchilik 

axloqining barcha boyliklari bilan birlashtirishdir. 

Shaxsning  axloqiy  madaniyati  -  elementlarining  yaxlit  tizimi  bo‘lib,  etik  fikrlash 

madaniyati  (axloqiy  mulohaza  yuritish  qobiliyati,  etik  bilimlardan  foydalana  olish,  yaxshilik  va 

yomonlikni  ajratish,  yuzaga  kelgan  vaziyatning  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  axloqiy  me’yorlarni 

qo‘llay  bilish  va  hakozalar)ni  qamrab  oladi.  O‘z  ichiga  yana  tuyg‘ular  madaniyatini,  insonning 

“axloqiy rezonansga” qobilligini, hamdardligini va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va 

o‘ylarning  amalga  oshirilish  qiyofasini,  ularning  kundalik  hayotda  xatti-harakat  me’yoriga 

aylanib  borish  darajasini  xarakterlovchi  xulq-atvor  madaniyati;  shakllarni  reglamentlovchi 

qoidalarga  qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni,  muloqotda shaxsning o‘zini tuta bilishini 

oladi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  shaxsning  axloqiy  madaniyati  -  umumiy  axloqiy  tamoyillarni 

bilish,  ularni  chuqur  his  etilgan  qarashlariga  aylantirish,  xatti-harakatlarning  eng  munosib 

shaklini qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish shaxsning axloqiy madaniyati 

mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi.  

Shaxsning axloqiy madaniyati oliy darajasini “axloqiy donolik” deb, axloqiy faoliyatining 

optimalligini  va  uyg‘unligini  ta’minlab  bera  olish,  har  qanday  vaziyatda  ham  munosib  xatti-

harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi. 

 

17-mavzu: Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari   

Reja: 

1. Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari  

2.  Shaxsni  estetik  tarbiyalashda  fan,  ta’lim  va  madaniyatning  o‘zaro  bog‘liqligi  Estetikaning 

asosiy kategoriyalari: go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik va xajviylik 



3. Mehnat- turmush estetikasining muhim omili 

4. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik 

holatlar  

 

Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda estetik tarbiyaning o’rni nihoyatda katta. Chunki, 



tarbiyaning  boshqa  shakllaridan  farqli  o’laroq,  estetik  tarbiya  insonning  doimiy  hamroxi,  ya’ni 

uning tug’ilishidan toki umrining oxiriga qadar ehtiyoj sezib yashaydigan tarbiya shaklidir. Inson 

o’zining  estetik  tarbiyasini  takomillashtirmay  turib,  hayotini  to’laqonli  yo’lga  qo’yishi  mumkin 

emas. Chunonchi, hayotning go’zalliklarini xis etish va undan bahramand bo’lish ham insonning 

estetik jihatdan qanday tarbiya ko’rganligiga bog’liq.  

Odatda  chiroyli  kiyingan,  shirin  muomalali  inson  bilan  muloqot  qilganimizda  yoki  saramjon-

sarishta xonadonga tashrif buyurganimizda ularga nisbatan “estetikasi zo’r” degan baxo beramiz. Bu baxo 

bilan  ayni  paytda  o’zimizning  estetik  tarbiyamizni  ham  baxolagan  bo’lamiz.  Biroq,  estetik  tarbiya  o’z-



 

38 


o’zidan paydo bo’lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» yoki birdan to’xtab qoladigan «mexanizm» emas. 

U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko’nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  erkin,  fuqarolik  jamiyatini  qurish  jarayonida  insonning  amaliy 

faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha sohalarda estetik tarbiyaga bo’lgan ehtiyoj yanada ortadi. Ayniqsa, 

ishlab  chiqarish  munosabatlari  o’zgarayotgan,  axborot  kommunikatsiya  texnologiyasi  va  Internetning 

insonlarga  tobora  yaqinlashuvi,  xizmat  ko’rsatishning  yangidan-yangi  turlari  shakllanayotgan  hamda  

inson ongini egallash uchun olib borilayotgan kurash jarayonida estetik tarbiya masalalari kun tartibining 

dolzarb masalalariga aylanmoqda.  

Zamonning o’zgarishi bilan insonning jamiyatga, tabiatga bo’lgan munosabati ham o’zgarib boradi. 

Bu  esa  shubhasiz,  insonning  tafakkuri  bilan  bog’liq  jarayondir.  Zotan,  insoniy  munosabatlarga  daxldor 

bo’lgan biror-bir jarayon yo’qki, u erda tafakkur ishtirok etmasa. Shunday ekan, odamlarning tafakkuri va 

dunyoqarashining  voqelikka  ko’rsatadigan  ta’siri  bugungi  kunning  eng  dolzarb  masalasi  bo’lib  turgan 

milliy g’oya va milliy mafkurani shakllantirishning sharti sifatida alohida e’tirof etilishi bejiz emas. Bu 

jarayonlarda  estetika  amaliy  jihatdan  o’zini  estetik  tarbiya  orqali  namoyon  qiladi.  Zero,  avval  boshda 

uqtirib o’tganimizdek, nafosat  tarbiyasi  insonda  hayot  va san’atdagi  go’zalliklardan bahramand bo’lish, 

ularni  baholay  bilish  hamda  o’zi  ham  go’zalliklar  yaratish  tuyg’ularini  shakllantirishga  ko’mak  beradi. 

Ammo, bu jarayon o’z-o’zicha emas, balki bir qator omillar va vositalar ishtirokida amalga oshiriladi.  

Estetik tarbiya mohiyatan insoniy ideal bilan bog’liq bo’lib, estetik ideal egasi nafis didga, pokiza 

tuyg’ularga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Ma’lumki,  shaxs  ijtimoiy  taraqqiyotning  turli  xil  jabhalarida 

bevosita va bilvosita ishtirok etadi va faoliyat olib boradi, shaxs bu bilan ijtimoiy taraqqiyotning estetik 

sub’ektiga aylanadi. Shunga ko’ra, aytishimiz mumkinki, jamiyatda  yashayotgan biror–bir shaxs estetik 

jarayonlardan  chetda  turmaydi,  aksincha,  o’zining  muayyan  xatti–harakati  bilan  mazkur  jarayonlarga  u 

yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi.  

Shuni  ta’kidlash  joizki,  estetik  tarbiya  badiiy  tarbiya  bilan  doimiy  tarzda  aloqada  bo’lib  keladi. 

Biroq, bu «estetik tarbiya badiiy tarbiya bilan bir xil ma’no kasb etadi», degan gap emas. Negaki, badiiy 

tarbiya  ijod  jarayonidagi  rang–barangliklar  olamini  inson  tomonidan  estetik  tarzda  anglash  va 

o’zlashtirishning  bir  qismi,  xolos.  Shu  ma’noda  estetik  tarbiya  –  jamiyatda  ma’naviy  muhitni  paydo 

qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana 

shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. 

MEHNATNING estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda 

ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–

foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida 

mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv 

jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.  

O’zbekistonda  barpo  etilayotgan  jamiyatning  iqtisodiy  asosi–ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor 

iqtisodiyotidir.  Ushbu  jarayonda  eng  muhim  va  dolzarb  vazifa  insonlarda  mehnatga  bo’lgan  yangicha 

tuyg’uni  shakllantirishdan  iborat.  Tashabbuskorlik  va  tadbirkorlikni  rag’batlantirish,  odamlarda  mulkka 

egalik xissiyotini tarbiyalash o’z navbatida mehnatga bo’lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, 

odamlarda  ko’p  ukladli,  turli  mulk  tizimlarini  barpo  etishga  bo’lgan  rag’bat  tarbiyasi  insonni  bir 

tomonlama  fikrlashdan,  boqimandachilik  kayfiyatlaridan  halos  qilib,  tashabbuskorlik  va  tadbirkorlikni, 

odamning  o’z  kuchi  va  salohiyatiga  suyanishini  kuchaytiradi,  mehnatga  hurmat,  sadoqat  va  fidoiylik 

tuyg’ularini  shakllantiradi.  Bu  pirovardida  xalq  turmush  darajasining  o’sishiga  olib  keladi.  Mehnatga 

bo’lgan yangicha munosabat o’zining ana shunday hususiyatlariga ega ekanligi bilan nafosatli tarbiyaning 

muhim vositasi bo’lib sanaladi. 

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari inson estetik tarbiyasiga yaqindan ta’sir  qiluvchi qudratli 

va faol kuchdir. Ayniqsa, televidenie shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni 

nafosatli  jihatdan  tarbiyalashda  yuksak  ahamiyat  kasb  etadi.  Rang–barang  mavzulardagi  ko’rsatuvlar 



 

39 


badiiy  va  hujjatli  filmlar,  ijtimoiy–ma’naviy  mazmundagi  reklamalar,  telemarafonlar  nafosatli  tarbiyani 

maqsadli yo’naltirishda, insonlar tafakkurida go’zallikka bo’lgan yangicha munosabatni shakllantirishda 

salmoqli ahamiyat kasb etadi. 

SPORT – estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy 

insonni  kamol  toptirishda  alohida  e’tiborga  ega.  Hozirda  sportni  rivojlantirish  mamlakatimizda  davlat 

siyosati  darajasiga  ko’tarildi.  Bundan  ko’zlangan  asosiy  maqsad  avlodni  jismonan  baquvvat,  sog’lom, 

vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab 

dasturlar  ishlab  chiqilgan  va  ular  jamiyat  munosabatlaridan  amalda  ishtirok  qilmoqdalar.  Keyingi 

kunlarda  O’bekiston  ko’plab  sport  turlari  bo’yicha  jahon  musobaqalarni  uyushtiruvchi  va  o’tkazuvchi 

mamlakat  sifatida  jahon  hamjamiyatida  ko’zga  ko’rinib  bormoqda.  Ana  shularning  barchasi  muayyan 

ma’noda  inson  nafosatli  dunyoqarashini,  tafakkurini  sog’lomlashtirishiga  qaratilgan.  Bir  so’z  bilan 

aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida «Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq 

bo’ladi» - degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi. 

Estetika yoxud Nafosat falsafasi eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik 

vaqtni  o’z ichiga oladi.  Biroq u o’zining hozirgi  nomini  XYIII  asrda olgan. Ungacha bu fanning  asosiy 

muammosi  bo’lmish  go’zallik  va  san’at  haqidagi  mulohazalar  har  xil  san’at  turlariga  bag’ishlangan 

risolalarda,  falsafa  hamda  ilohiyot  borasidagi  asarlarda  o’z  aksini  topgan  edi.  «Estetika»  atamasini 

birinchi  bo’lib  buyuk  olmon  faylasufi  Aleksandr  Baumgarten  (1714—1762)  ilmiy  muomalaga  kiritgan. 

Bunda  u  boshqa  bir  ulug’  olmon  faylasufi  G.  Laybnits  (1646-1716)  ta’limotidan  kelib  chiqqan  holda 

munosabat bildirgan edi.  

Leybnits  inson  ma’naviy  olamini  uch  sohaga:  aql  –  idrok,  iroda-ixtiyor,  his-tuyg’uga  bo’ladi  va 

ularning  har  birini  alohida  falsafiy  jihatdan  o’rganish  lozimligini  ta’kidlaydi.  Baumgartengacha  aql  – 

idrokni  o’rganadigan  fan  –  mantiq,  iroda  –  ixtiyorni  o’rganuvchi  fan  esa  –  axloqshunoslik  (etika)ning 

falsafada  ko’pdan  buyon  o’z  o’rni  bor  edi.  Biroq  his-tuyg’uni  o’rganadigan  fan  falsafiy  maqomda  o’z 

nomiga  ega  emasdi.  Baumgartenning  bu  boradagi  xizmati  shundaki,  u  «his  qilish»,  «sezish»,  «his 

etiladigan»  singari  ma’nolarni  anglatuvchi  yunoncha  aisthetikos  –  «oyestetikos»  so’zidan  «estetika» 

(olmoncha «estetik» – «estetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi. 

Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh 

«go’zallik  falsafasi»,  goh  «san’at  falsafasi»  sifatida  talqin  etila  boshlandi.  Estetika  fanining  eng  buyuk 

nazariyotchilaridan  biri  Hegel  esa  o’z  ma’ruzalarining  kirish  qismida  yozadi:  «Estetika»  degan  nom 

muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi...  

So’zning  o’z-o’zicha  bizni  qiziqtirmasligini  nazarda  tutib,  biz  «estetika»  nomini  saqlab  qolishga 

tayyormiz,  buning  ustiga,  u  odatiy  nutqqa  singishib  ketgan.  Shunga  qaramay,  mazkur  fan  mazmuniga 

javob beradigan ibora, bu – “nafosat falsafasi», «san’at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda – 

«badiiy ijod falsafasi»3. 

Hegelning  «estetika»  atamasidan  ko’ngli  to’lmaganligiga  jiddiy  sabablar  bor.  Bulardan  biri  – 

yuqorida  uning  o’zi  aytib  o’tgan  fikrlari  bo’lsa,  ikkinchisi  –  mazkur  so’zning  barcha  his-tuyg’ularga 

taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, 

mana  shu  ikkinchi  sababga  ko’ra,  «estetika»  atamasining  talabga  javob  berishi  shubhali.  Buning  ustiga 

allaqachon  mazkur  fan  tadqiqot  doirasi  san’at  hududidan  chiqib,  inson  hayotining  deyarli  barcha 

sohalariga  yoyilib  ketgan.  Shu  bois  «nafosatshunoslik»  atamasi  ham  ilmiy  muomalaga  kiritildi.  Zero 

mazkur  atamaga  asos  bo’lgan  «nafis»,  «nafislik»,  «nafosat»  so’zlari  o’z  qamrovi  bilan  fan  talablariga 

javob  bera  oladi.  «Nafis»  so’zi  «O’zbek  tilining  izohli  lug’ati»da  –  go’zal,  nozik,  latif,  yoqimli,  badiiy 

                                                 

3 Гегель Г. Эстетика. М., Искусство, 1968. С. 7.  



 

40 


jihatdan  juda  yuksak  degan  ma’nolarda  izohlanadi4.  Shu  sababli  Hegelning  izidan  borib,  «Estetika» 

atamasini saqlab qolgan holda, «nafosatshunoslik» iborasidan ham foydalanish mumkin, deb o’ylaymiz. 

Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go’zallik falsafasi» 

iboralariga  to’xtalamiz.  Estetika  tarixida  birinchi  ibora  tarafdorlari  ko’pchilikni  tashkil  etadi. 

Lekin,  yuqorida  aytib  o’tganimizdek,  san’at  bu  fanning  yagona  tadqiqot  ob’ekti  emas.  Hozirgi 

paytda  texnika  estetikasi  va  uning  amaliyotdagi  sohasi  dizayn,  atrof-muhitni  go’zallashtirish, 

tabiatdagi  nafosat  borasidagi  muammolar  bilan  ham  shu  fan  shug’ullanadi.  Demak,  uning 

qamrovini  san’atning  o’zi  bilangina  chegaralab  qo’yishga  haqqimiz  yo’q.  Zero  bugungi  kunda 

inson o’zini o’rab turgan barcha narsa-hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda nafosatni his 

etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan 

samolyot,  biz  yashayotgan  uy,  biz  mehnat  qiladigan  ishxona,  biz  yurgizayotgan  dastgoh,  biz 

yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog’lar  –  hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi 

lozim. 

18-mavzu: Tabiat va texnogen tsivilizatsiya estetikasi 

Reja: 

1. Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi  

2. Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi  

3. Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri  

4. Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari  

 

Inson  zoti  dunyoga  kelganidan  boshlab  tabiat  va  jamiyat  deb  atalgan  tashqi  muhit  bilan 

munosabatga  kirishadi.  Dastlab  bu  munosabat  onglanmagan,  intuitiv,  biologik-genetik  tarzda, 

keyinroq esa anglab etilgan,  yuksak darajadagi ijtimoiy hodisa sifatida ro’y beradi.  Uni odatda, 

ikki  xil  deb  ta’riflash  qabul  qilingan:  birinchisi  –  insonning  salomatligi  va  turmush  tarzini 

farovonlashtirishga  qaratilgan  zohiriy-moddiy  maqsadga  erishish  tamoyiliga  asoslangan  utilitar-

empirik  manfaatdorlik,  ikkinchisi  –  botiniy-ruhiy  manfaatdorlikni,  maqsadga  muvofiqlikni 

ta’minlaydigan  hissiy-ma’naviy  munosabatlar.  Mana  shu  ikkinchi  xil  munosabatlar  insonning 

insonligini belgilaydigan hodisalar hisoblanadi. Ular ichida estetik munosabat alohida ahamiyatga 

ega,  chunki  u  nafaqat  birinchi  xil  munosabat  turlaridan  yuksak  darajaligi  bilan  farqlanadi,  balki 

o’ziga  xildosh  bo’lgan  axloqiy  yoki  e’tiqodiy  munosabatga  nisbatan  ham  miqyosli  va 

qamrovlidir.  

Gap  shundaki,  estetik  munosabatdan  boshqa  barcha  munosabat  turlari  inson  «aqlini  taniganidan» 

so’ng, ya’ni go’daklik davridan o’tgandan keyin voqe bo’ladi. Masalan, go’dak hali uyat hissini bilmaydi, 

unda  axloqiy  munosabat  hattoki  ibtidoiy  darajada  ham  shakllanmagan,  xohlagan  vaqtida,  to’g’ri  kelgan 

joyda tabiiy ehtiyojni qondiradi. Lekin u beshikda yotar ekan, tushib turgan ola-chalpoq quyosh nuridan 

quvonadi, uni kuzatadi, u bilan o’ynagisi keladi yoki beshikka osig’liq rangli o’yinchoqdan zavqlanadi, 

g’adir-budir,  shaklan  qo’pol  materialni  emas,  mayin  duxobani  yoki  shunga  o’xshash  yumshoq,  silliq 

narsalarni  xush  ko’radi,  ularni  siypalab  zavqlanadi,  alla  eshitib  orom  oladi.  Bularning  bari  estetik 

munosabatning  insoniy  mohiyatda  namoyon  bo’luvchi  hodisa  sifatida  ibtidodan  mavjud  ekanini 

ko’rsatadi.  Shuningdek,  keksayib,  umrining  qolganini  ko’proq  to’shakda  o’tkazayotgan  kishi  jisman 

zaifligi tufayli tashqi muhit bilan utilitar-empirik munosabatini davom ettira olmasligi mumkin. Lekin, u 

badiiy  adabiyot  o’qib,  televizor  ko’rib,  musiqa  eshitib  zavqlanadi,  ya’ni  tashqi  dunyoga  estetik 

munosabatda  bo’la  biladi:  inson  moddiy  boylik  yaratishdan  mahrum  bo’lgan  paytda  ham  estetik 

                                                 

4 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Икки томли, I том, М., Русский язык, 1981. 497 – 498-б. 



 

41 


munosabat tufayli, to o’lguncha o’z ma’naviyatini boyitish imkonini yo’qotmaydi. Estetik munosabatning  

qamrovliligi va uning bir umrli ma’naviy hodisa sifatidagi ahamiyati ana shunda. 

Barcha munosabatlar qatori estetik  munosabat  ham  ikki asosiy unsurdan tashkil  topadi:  ob’ekt  va 

sub’ekt.  Lekin  bunda  ob’ekt  sub’ekt  tomonidan  belgilanadi:  agar  sub’ekt  estetik  jarayonga  kirishmasa, 

uning munosabati, ob’ekt qanchalik go’zal  yoki ulug’vor bo’lmasin, estetik shakl kasb etmaydi. Estetik 

jarayon  esa  sub’ektning  botiniy  his-tuyg’ulariga,  kayfiyatiga,  vaqtiga,  kuzatishiga,  mushohadasiga, 

fikrlash  imkoniyati  va  darajasiga,  qobiliyatiga,  iste’dodi,  ob’ekt  bilan  o’rtadagi  masofa  tasavvuri  kabi 

tug’ma hamda ta’lim-tarbiya va tajriba vositasida vujudga kelgan qarashlarga bog’liq. Estetik munosabat 

ana  shu  estetik  jarayonning  pirovard  natijasidir.  Masalan,  O’rol  Tansiqboevning  «Tog’dagi  qishloq» 

asarini  sotayotgan  do’kon  xizmatchisida  bu  rasmga  nisbatan  estetik  munosabat  tug’ilmaydi,  sotuvchi 

unga  faqat  tovar sifatida qaraydi,  maqsadi  uni  iloji boricha kattaroq  pulga sotish.  Ya’ni sotuvchi  estetik 

jarayonni  boshidan  kechirmaydi,  o’z  vaqti,  kuzatishi,  diqqat-e’tiborini  asosan,  oldi-sotdi  jarayoniga 

yo’naltiradi.  Uning  munosabati  iqtisodiy-moliyaviy  chegaradan  nariga  o’tmaydi.  Rasmni  sotib  olgan 

xaridor  esa  unda  Vatanning  bir  parchasini,  tog’  qishlog’ining  o’ziga  xos  go’zalligini  ko’radi,  undagi 

ko’zga  ko’rinmaydigan,  lekin  botiniy  bir  tuyg’u  bilan  ilg’ab  olinadigan  ruhni,  olislarda  qolib  ketgan 

bolalik deb atalgan umrning bir bo’lagini qalban his qiladi, xo’rsiniq aralash quvonch hissini tuyadi.  

Chunki  uning  butun  botiniy-ruhiy  murvatlarining  faoliyati,  ongi,  diqqat-e’tibori,  mushohadasi, 

tasavvuri,  qobiliyati,  intellektual  tajribasi  rasmdagi  go’zallikning  nimasi  bilandir  tanish  va  ayni  paytda 

notanish ko’rinishini ilg’ab olishga qaratilgan; har gal u shu rasmga tikilganida ana shu ichki faoliyatga 

asoslangan jarayonni qayta boshdan kechiradi. Uning rasmga har galgi munosabati estetik munosabatdir. 

Shunday  qilib,  sotuvchi  qo’liga  tushgan  mablag’dan  qoniqish  hosil  qilsa,  rasm  ixlosmandi  tasvirlangan 

manzara  go’zalligidan,  qalbida  uyg’ongan  hissiyotdan,  olislarga  «borib  kelgan»  xayolotidan,  hatto 

tasavvuridagi,  shu  tasavvur  «turtkisi»  tufayli  paydo  bo’lgan  xayoliy  manzaradan  zavqlanadi.  Yoki 

Ko’kaldosh madrasasi yonidan ishga kechikishdan havotirlanib shoshilinch o’tib borayotgan xizmatchini 

olaylik. U mahobatli estetik ob’ektning ulug’vorligini his etmaydi, bu yodgorlikka nisbatan unda estetik 

munosabat  yuzaga  kelmaydi,  chunki  vaqt  va  kundalik  tashvishlar  iskanjasida  yuqoridagi  sotuvchiga 

o’xshab estetik jarayonni boshidan kechirishga tayyor emas. Shunga o’xshash misollarni ko’plab keltirish 

mumkin. 


TABIAT  VA  TEXNOGEN    SIVILIZATSIYA    ESTETIKASI.  Tabiat  -  estetik  tarbiyaning 

zaruriy vositasidir.  Shuni  maxsus ta’kidlash  kerakki,  zamonaviy inson tarbiyasini estetik  jihatdan kamol 

toptirishda  oila  qanchalik ustuvor omil  bo’lib  hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham  undan kam  ahamiyat 

kasb  etmaydi.  Chunki  tabiat  bilan  ongli  tarzda  murosa  qilmaslik  shaxsni  nafosatli  jihatdan  mukammal 

bo’lib  etishishiga  monelik  ko’rsatadi.  Shuning  uchun  inson  va  tabiat  o’rtasidagi  munosabat  inqiroz  va 

halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.  

Insoniyat  tafakkuri  tarixida  tabiatga  estetik  munosabatning  zaruriyati  haqidagi  qarashlari  va 

insonning  tabiatga  muqobil    estetik  munosabatlari  turlicha  bo’lgan.      Tabiatning  estetik  xususiyatlari 

haqida  so’z  yuritsak,  tabiat  estetik  faoliyat  ob’ektidir.  Ekologiya  estetikasining  qadriyat  maqomi  va  

ekologiya  estetikasining  axloqiy  muammolari  bugungi  kunda  katta  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda. 

Tabiatni  estetik  idrok  etishning  an’anaviy  va  noan’anaviy  usuli  mavjud  bo’lib  ular  :  tabiatni  asl  holida 

idrok  etish;  tabiatni  badiiy  obrazlarda  ifodalashdan  iboratdir.  Ekoestetikaning  XXI  asr  ilmiy-texnik 

taraqqiyotdagi o’rniga to’xtalsak, texnogen tsivilizatsiyaning ishlab chiqarish va fan taraqqiyotiga estetik 

ta’siri  ortib  bormoqda.  Maishiy  turmush  estetikasi  va  uning  texnologiyasi,  texnika  estetikasining  ishlab 

chiqarish  va  ijtimoiy  jarayonlardagi  o’rni,  texnikaning  inson  estetik  manfaatlari  va  faoliyati  bilan 

bog’liqligi  masalalari  bugungi  kunda  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shu  jumladan,  zamonaviy 

shaharsozlik estetikasi, dizaynning estetik xususiyatlari, tabiat va maishiy turmush dizayni, hamda  xalq 

amaliy  san’ati  va  dizayn.  Ma’lumki,  inson  o’zining  ma’naviy  va  moddiy  ehtiyojlarini  qondirish 

maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari 


 

42 


barobarida uni  nafosatli  tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni  bartaraf qilishga harakat 

qiladi.  Biroq, keyingi  bir necha o’n  yillik jahon  maamlakatlarining  atrof  muhit  sohasidagi  harakatlarini 

tanqidiy  taxlil  etish  davri  bo’ldi.  Sanoatlashtirish  inqilobi  inson  bilan  tabiat  o’rtasidagi  munosabatni 

abadul abad buzib qo’yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o’rtalariga kelib inson faoliyati 

erdagi  yashash  imkoniyatlarining  asosiy  shartlarini  buzib  yuborishi  xavfi  yana  ham  aniqroq  namoyon 

bo’lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o’zgarish er atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon.  

Texnogen tsivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omilidir. 

Ilmiy-texnikaviy  taraqqiyotni  insoniylashtirish  va  go’zallashtirishn  estetik  muammolardan 

hisoblanadi. Voqelikka estetik munosabatlar, milliy va umumbashariy ahamiyatga egadir. Estetik 

qadriyatlar  esa  –  barqarorlikni  ta’minlovchi  omil  hisoblanar  ekan,“dunyoni  go’zallik  qutqaradi” 

shiori  global  ahamiyatga  ega  bo’lib  bormoqda.  “Go’zal  muhitda  yashash  oliy  ne’mat”  – 

estetikaning  bosh  tamoyilidir.  Olamni  estetik  anglashda  axborot  va  jamiyat  axborotlashuvining 

roli  ortib  bormoqda.  Axborot  estetikasining  o’ziga  xos  xususiyatlari  va  uning  siyosiy,  badiiy, 

ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy jarayonlar bilan bog’liqligidadar.  



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin