3
Kirish
Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Fanning barcha sohalaridagi kabi falsafada tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Zero, eng qadimiy
rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan falsafa o‘zida turli davrlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini
mujassamlashtirib, voqea va hodisalarning mohiyatini anglashni, nafaqat anglash, balki ularga
munosabat bildirishni shakllantiradi. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda falsafani yanada
rivojlantirish, yosh avlodni falsafiy dunyoqarash, zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy
bilimlar bilan qurollantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech
og’ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz.Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng
ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib,
dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol
topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz
1.
Bundan tashqari, falsafiy tafakkurning ijtimoiy-siyosiy asoslari har qanday jamiyat xalqining
ijtimoiy ongini o‘zgartirishga, uning pirovard maqsadlariga xizmat qilishga qaratilgan.
Insoniyat yaratgan ma'naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to’plangan hikmatlar xazinasi,
atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlarida muhim o’rin tutadi. Har bir davrning buyuk
donishmandlari o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu- intilishlarini falsafiy
ta'limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan yuksak
g’oyalarni o’rtaga tashlaganlar.
Insoniyat yaratgan ma'naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to’plangan hikmatlar xazinasi,
atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlarida muhim o’rin tutadi. Har bir davrning buyuk
donishmandlari o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu- intilishlarini falsafiy
ta'limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qilgan yuksak
g’oyalarni o’rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari etaklovchi bu g’oyalarning muayyan
davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Insoniyat azal- azaldan olam va odam nima, ular qanday paydo bo’lgan., voqelik qanday
qonuniyatlar asosida yashaydi, o’zgaradi va taraqqiy etadi, degan savollarga javob izlaydi.
Umrning mazmuni nimadan iborat, avlodlar ortidan avlodlar kelib- ketaverishida qanday ma'no
bor kabi masalalar barchani o'ylantiradi. Falsafa ana shunday masalalar bilan shug’ullanadi. U
nihoyatda qadimiy Fan. Olam va odamlar o'rtasidagi munosabatlar, inson qadri va umrining
mazmuni, dunyodagi o'zgarishlar, o'zaro aloqadorlik va bog’liqlik hamda taraqqiyotning umumiy
qonuniyatlari falsafaning asosiy mavzulari hisoblanadi.
Shu jihatdan olganda falsafa fanini o'rganish talabi. Talabalar bu fanni faqat ma'ruza orqali
emas, balki o’zlari mustaqil holda seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko'rish jarayonida ham
o'rganishlari zarur bo’ladi. Shuning uchun ushbu uslubiy ko‘rsatmani oliy o’quv yurtining
bakalavrlari uchun tayyorlab, falsafa fanidan seminar mashg’ulotlarida nimaga asosiy e'tiborni
qaratishlari zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Gap shundaki, falsafaning asosiy vazifasi- inson ongida sog’lom aqlga mos dunyoqarashni
shakllantirishdan iborat. Bunday dunyoqarash biror- bir g’oyani zo’rlab singdirish yoki quruq
yod oldirish emas, balki ishontirish, xilma- xil fikrlarni o’rtaga tashlash, muhokama qilish, zarur
tushuncha, tamoyillarni aniqlash jarayonida shakllanadi va rivojlanadi.
Shuning uchun talabalarni seminarga tayyorgarlik jarayonida asosiy adabiyotlar bilan
ishlash ko’nikmalarini ham shakllantirish zarur bo’ladi.
1
Sh.M.Mirziyoev “Erkin va farovon,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”.Т- “O’zbekiston”
nashriyoti 2016 yil 14 bet
4
Kunduzgi bo`lim I kurs talabalari uchun “Falsafa” fanidan
ma'ruza, amaliy mashg`ulot va mustaqil ta'lim mavzulari
№
Mavzular nomi
Auditoriya soatlari
Mustaqil
ta’lim
Jami
jami
shu jumladan:
ma’ruza
amaliy
(seminar)
1
Falsafa fanining predmeti,
mazmuni va jamiyatdagi roli
4
2
2
2
6
2
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti
bosqichlari: Sharq falsafasi
4
2
2
4
8
3
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti
bosqichlari: G‘arb falsafasi
4
2
2
4
8
4
Borliq – falsafa kategoriyasi
4
2
2
4
8
5
Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va
asosiy muammolari
4
2
2
4
8
6
Falsafaning metod, qonun va
kategoriyalari
4
2
2
4
8
7
Tarixiy jarayonda jamiyatning
madaniy va ma’naviy
qadriyatlari.
Jamiyat va tarix falsafasi
4
2
2
4
8
8
Falsafiy antropologiya (Inson
falsafasi)
4
2
2
2
6
9
Globallashuv va global
muammolarning falsafiy jihatlari
4
2
2
2
6
10
Mantiq ilmining predmeti, asosiy
qonunlari. Tushuncha tafakkur
shakli sifatida
4
2
2
4
8
11
Mulohaza. Xulosa chiqarish
4
2
2
4
8
12
Argumentlash va bilimlar
taraqqiyotining mantiqiy shakllari
4
2
2
2
6
13
Etika:“Etika” fanining predmeti
va jamiyat hayotidagi ahamiyati
4
2
2
4
8
14
Nikoh va oilaning axloqiy
asoslari, uning yoshlar
tarbiyasidagi o‘rni
4
2
2
2
6
15
Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
4
2
2
2
6
16
Estetika: Estetikaning predmeti,
maqsadi va vazifalari
4
2
2
4
8
17
Tabiat va texnogen sivilizatsiya
estetikasi
4
2
2
2
6
18
Estetikaning zamonaviy
muammolari
4
2
2
2
6
Jami
72
36
36
56
128
5
“Falsafa” fani bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlarining kalendar tematik rejasi
№
Ma’ruza mavzulari
Soat
1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
1.
Falsafa atamasining kelib chiqishi.Falsafaning predmeti
2
2.
Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy turlari
3.
Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi
4.
Falsafaning muammolari, sohalari va vazifalari. Milliy falsafani
rivojlantirish masalalari
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
1.
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo
bo’lishi. Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar
2
2.
Ilk o’rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri. Sharq panteizmi va peripatetizmi
Sharq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino) ning
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy – axloqiy ta’limotlari
3.
Temuriylar davri falsafasi, uning asosiy xususiyatlari
4.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy,
ijtimoiy-siyosiy fikrlar. (Osiyotsentrizm, ma’rifatparvarlik va jadidchilik
ta’limotlari).
3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
1.
Qadimgi Grek-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind
falsafasi ildizlari bilan bog’liqligi
2
2.
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotining vujudga kelishi. Ilk o’rta
asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika.
Nominalizm va realizm
3.
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo’nalishlari. Ingliz, Fransuz va
Nemis mutafakkirlarining falsafiy qarashlari
4.
Yangi davr G’arb falsafasidagi asosiy muammolar va undagi oqimlar
4-mavzu. Borliq falsafa kategoriyasi
1.
Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi
2
2.
Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va
inson borlig‘i. Virtual borliq tushunchasi
3.
Substansiya va substrat tushunchasilari. Moddiy ob’ekt tizim sifatida.
Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar
4.
Harakat - materiyaning yashash sharti. Falsafa tarixida makon va vaqtga
substansional va relyasion yondashuvlar
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari
1.
Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. Gnoseologiyaning
mazmuni va mohiyati.
2
2.
Bilimning turlari va shakllari.
3.
Bilishning asosiy turlari va shakllari. Bilishda sub’ekt va ob’ektning
o‘zaro aloqasi. Hissiy, empirik, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari,
ularning o‘ziga xosligi va aloqadorligi.
4.
Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Haqiqatning asosiy shakllari va
konsepsiyalari.
6-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
1.
Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metodlarning tasnifi.
Falsafa metodlari.
2
2.
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari
3.
Falsafa qonunlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Ontologik va munosabatdosh
kategoriyalar
6
7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari.
Jamiyat va tarix falsafasi
1.
Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. Tarix falsafasining
tuzilishi va funksiyalari
2
2.
Jamiyat hayotining sohalarida davlatning o‘rni va roli. Demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o‘rni
3.
“Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari
Sharq va G‘arb madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri. Jahon
sivilizatsiyasi tarixida Sharq madaniyatining o‘rni va uni o‘rganishning
ahamiyati
4.
Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati. Moddiy va ma’naviy
qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligi
8-mavzu. Falsafiy antropologiya (Inson falsafasi)
1.
Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari . Ongning tabiati, strukturasi va
funksiyalari
2
2.
Sharq va G’arb falsafasida inson muammosi. Inson, individ, shaxs. Shaxs
va jamiyat
3.
Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondoshuvlar, biologizatorlik va
sotsiologizatorlik konsepsiyalari
4.
Inson borlig‘ida faoliyatning tutgan o‘rni. Inson faoliyatini tartibga solish
mexanizmlari va ularning ahamiyati
9-mavzu. Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari
1.
Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Globallashuv hodisasi va
globalistika
2
2.
2017-2021 yillardagi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. O‘zbekistonda
korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi
kurashning ahamiyati
3.
Bashorat tushunchasi, turlari va metodlari
4.
Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati. Internet va ijtimoiy
tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va salbiy jihatlari
10-mavzu. Mantiq fanining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
1.
Mantiq ilmining asosiy masalalari va ularni tadqiq etish yo‘nalishlari.
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari.
2
2.
Tushunchalarning shakllanishi va qo‘llanishi. Tushunchaning ta’rifi,
tuzilishi va turlari
3.
Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar: tushunchalarni
chegaralash va umumlashtirish; tushunchani ta’riflash (definitsiya);
tushunchalarni bo‘lish va tasniflash
4.
Sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatdagi tushunchalar
11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
1.
Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida
2
2.
Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari
3.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va
umumiy qoidalari
4.
Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya
va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi. Murakkab mulohazalardan
xulosa chiqarish
12-mavzu. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
1.
Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi. Isbotlashning turlari va rad etish
usullari
2
2.
Fikrni asoslashda uchraydigan mantiqiy xatolar. Paralogizm, sofizm va
7
paradoks
3.
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza va
nazariya
4.
Savol va javobning muhokama yuritishdagi ahamiyati
13-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
1.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi
2
2.
Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi. XXI asrda
global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati
3.
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat
munosabatlarida namoyon bo‘lishi
4.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
14-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
1.
Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va
diniy jihatlari
2
2.
Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga
ta’siri. Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar
mas’uliyati
3.
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va
oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni
4.
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. Oila
shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari
15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
1.
Muomila madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning
inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
2
2.
Kasbiy axloqning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi
3.
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi
ahamiyati. San’atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri
4.
“Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri
16-mavzu. Estetika fanining predmeti, muammolari va vazifalari
1.
“Estetika” fanining ob’ekti va falsafiy mohiyati
2
2.
Go‘zallik va uning muqobillari
3.
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati
4.
Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Kulgililik kategoriyasi. Estetika
kategoriyalarining o‘zaro aloqadorligi
17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi
1.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning
estetik jihatlari
2
2.
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Tabiatni estetik idrok etishning
an’anaviy va noan’anaviy usuli
3.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga
ta’siri
4.
Maishiy turmush estetikasi. Zamonaviy shaharsozlik estetikasi.
Dizaynning estetik xususiyatlari
18-mavzu. Estetikaning zamonaviy muammolari
1.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari. Shaxsni estetik tarbiyalashda
fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi
2
2.
Mehnat- turmush estetikasining muhim omili
3.
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik
jihatlari va g‘ayriestetik holatlar
Jami
36
8
“Falsafa” fani bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarining kalendar tematik rejasi
№
Amaliy mashg’ulotlar mavzulari
Soat
1-mavzu. Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
1.
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Mif – dastlabki dunyoqarash shakli
2
2.
Mifologik va diniy dunyoqarashning o’zaro aloqasi va farqi
3.
Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos roli
4.
Falsafaning predmeti, vazifalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik
2-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
1.
Qadimgi Misr va Bobil falsafiy maktablari. Markaziy Osiyoda “Avesto”
ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Konfutsiy va Lao Tszi ta’limoti
2
2.
Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik ta’limotlari. Ularning
dunyoqarash mazmuni
3.
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g’oyalari
4.
XX - XXI asr o’zbek falsafasi
3-mavzu. Sharq va G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosi
1.
Qadimgi Yunon va Rim falsafiy maktablarida olam masalasi
2
2.
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta’limotida inson masalasi
3.
Ilk o’rta asrlar Sharq va G’arb falsafiy tafakkur rivojida olam va odamga bo’lgan
munosabat
4.
Yangi va eng yangi davr falsafasining ijodida olam va odam muammosi
4-mavzu. Ontologik qonun va kategoriyalarning falsafiy tahlili
1.
Borliq va yo’qlik dialektikasi. Borliq shakllarining mazmun mohiyati
2
2.
Substansiya, substrat, monizm, dualizm va plyuralizm tushunchalarining o’ziga
xos xususiyatlari
3.
Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo‘lishi va
evolyusiyasi
4.
Harakat, fazo va vaqt borliqning mavjudlik shalkllari sifatida
5-mavzu. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari va kategoriyalari.
1.
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Bazis va lokal qonunlar
2
2.
Falsafaning asosiy qonunlari. Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni
3
Miqdor va sifat o‘zgarishlari dialektikasi. Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik
4.
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining
tasnifi. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalar.
6-mavzu. Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar
1.
Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati.
2
2.
Bilishning asosiy turlari va shakllari
3.
Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning turlari. Bilishda amaliyotning o‘rni
4.
Falsafa metodlari. Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot
metodlari. Hozirgi zamon metodologiyasi
7- mavzu.Til va kommunikatsiya tushunish vositasi
1
Tushunish va uning bilish bilan o’zaro nisbati
2
2
Dialog-tushunish bilan bog’liq o’zaro aloqa shakli sifatida
3
Tushunish va tushuntirishning o’zaro nisbati
8-mavzu. Jamiyat taraqqiyotining falsafiy tahlili
1.
Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida. Jamiyatning siyosiy hayotida davlatning o‘rni va roli
2
2.
Jamiyat sohalarining mazmun mohiyati. Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat
tashkilotlarning tutgan o‘rni
3.
“Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati. Jahon sivilizatsiyasi tarixida Sharq madaniyatining o‘rni va
uni o‘rganishning ahamiyati.
4.
Qadriyat tushunchasi. Qadriyatning turlari, ularning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni
Dostları ilə paylaş: |