9-mavzu. Falsafiy antropologiya (Inson haqidagi ta’limot)
1.
Inson borlig‘ining o‘ziga xos xususiyatlari. Ongning tabiati, strukturasi va funksiyalari
2
9
2.
Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. Hayotni tark etish bosqichlari. Suitsid va
parasuitsidning oldini olishda tarbiyaning roli.
3.
Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.
4.
Faoliyatni tashkil qilishda huquq va axloq uyg’unligi
10-mavzu. Globallashuvning falsafiy muammolari
1.
Globallashuv tushunchasi. Globallashuvning ijobiy tomonlari va salbiy oqibatlari
2
2.
Global muammolarni hal qilishda falsafaning roli. Global muammolarni hal qilishda xususiy va
umumiy manfaatlar uyg‘unligi
3.
Bashoratning turlari va metodlari. O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi,
korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati
4.
Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati. Texnologik taraqqiyotning istiqbollari
11-mavzu. Tushunchalarni shakllantiruvchi mantiqiy usullar
1.
Formal mantiqning predmeti va strukturasi. Mantiq ilmining fanlar tizimidagi o‘rni
2
2.
Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
3.
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar. Tushunchaning mazmuni va xajmi
4.
Sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan munosabatdagi tushunchalar.
12-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
1.
Mulohazaning kompleks taxlili: tarkibi, ifodalanishi, chinlik qiymati, turlari
2
2.
Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari
3.
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari
4.
Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: induksiya va deduksiya, analogiya; ularning
o‘zaro aloqadorligi
13-mavzu. Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
1.
Asosli muhokama yuritish shartlari. Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi
2
2.
Isbotlash va rad etishning turlari
3.
Paralogizm, sofizm va paradokslar haqida tushuncha
4.
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza va nazariya
14-mavzu. “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
1.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi
2
2.
Gedonizm va evdemonizm ta’limotining axloqiy ahamiyati
3.
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon
bo‘lishi
4.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
15-mavzu. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o’rni
1.
Nikoh - eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari
2
2.
Oilaning psixologik, ijtimoiy-ma’naviy muhitining farzand tarbiyasiga ta’siri
3.
Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar mas’uliyati
4.
Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni. Oila shartnomasini tuzishning axloqiy
jihatlari
16-mavzu. Axloqiy tarbiya va madaniyat uyg’unligi
1.
Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati
2
2.
Asosiy axloqiy qadriyatlar. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg‘unligi
3.
Sog‘lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati
4.
San’atning turlari va shaxs axloqiy tarbiyasiga ta’siri
17-mavzu. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari
1.
Estetik tarbiyaning turlari va yo‘nalishlari
2
2.
Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi
3.
Mehnat- turmush estetikasining muhim omili
4.
Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g‘ayriestetik holatlar
18-mavzu. Tabiat va texnogen tsivilizatsiya estetikasi
1.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi
2
2.
Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi
3.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri
4.
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari
Jami
36
10
1 kurs talabalari uchun falsafa fanidan mustaqil ta'lim mavzulari
№
Mustaqil ta’lim mavzulari
Berilgan topshiriqlar
Soat
1
Falsafiy dunyoqarashning o’z-o’zini anglashdagi roli.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
2
Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasining tahlilida falsafiy
tafakkur.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
3
Insonning ma’naviy kamolotida falsafiy
dunyoqarashning roli.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
4
Fan ilmiy dunyoqarash shakli.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
5
Bilim inson ma’naviy kamoloti omili.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
6
Tarix falsafasi va falsafa tarixi uyg’unligi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
7
Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
8
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini
olishning zaruriyati.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
9
Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
10
Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg’unligi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
11
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
12
Diniy madaniy an’analarning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
13
Sog’liq oliy qadriyat.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
14
Oila va oilaviy qadriyatlar ma’naviy madaniyatning bosh omili.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
15
Shaxs ma’naviyatining shakllanishiga ijtimoiy muhit va davr
ruhining ta’siri.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
16
Sharq va G’arb falsafasida inson masalasi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
17
Tabiatni o’rganishga oid qarashlar tarixi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
18
Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi. Rim klubi
faoliyatining falsafiy tahlili
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
19
Ta’lim global muammo sifatida.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
20
Falsafa qonun va kategoriyalariningijtimoiy jarayonlar
dialektikasidagi roli.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
21
O’zbekistonda korruptsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi.
Korruptsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.BMT kodeksida
korruptsiyaga munosabat.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
22
Xukm tafakkur shakli sifatida.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
23
Xukmning tarkibi va xususiyatlari.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
24
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
25
Xulosa chiqarishning tuzilishi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
11
tayyorlash
26
Xulosa chiqarish turlari.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
27
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
28
Ilmiy muammolarning vujudga kelishi va mantiqiy tuzilishi,
ularning turlari va hal qilinishi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
29
Etika kategoriyalarining o’ziga xos xususiyatlari.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
30
Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
31
Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
32
Tabiat va texnogen tsivilizatsiya estetikasi.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
33
Etikaning zamonaviy muammolariga diniy va ilmiy
yondashuvlar.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
34
Oilaning psixologik, ijtimoiy –ma’naviy muhitining farzand
tarbiyasiga ta’siri.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
35
Oila nomusi va sha’nini saqlashda ota-ona va farzandlar
mas’uliyati.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
36
Milliy ma’naviyatimizda nikoh v oilaga doir axloqiy
qadriyatlar.
Konspekt, referat,test va slaydlar
tayyorlash
Jami
56
1-mavzu:Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Reja:
1. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Mif – dastlabki dunyoqarash shakli
2. Mifologik va diniy dunyoqarashning o’zaro aloqasi va farqi
3. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos roli
4. Falsafaning predmeti, vazifalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik
Ushbu mavzuni yoritishda falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan biri
ekanligiga, falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos tushuncha ekanligiga, u olam
va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik
kabi ko`plab muammolar haqidagi fan ekanligiga e'tiborni qaratish lozim. «Falsafa» atamasi
yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni sevish» ma'nosida ishlatiladi.
Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan
qat'iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm
hisoblangan. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi
qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi.
Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u ham bo`lsa falsafa
fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo
ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki «filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu
falsafaning vatani Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir.
Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan
birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni
e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni
qadrlash», deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi.
Shu bilan bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo`lib, u
insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baholashni taqazo etadi. Bu
12
ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini
anglashdir.
Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettiradi.
Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar o’z davri
ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari surganlar.
Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga e'tiborni qaratib, talabalarga shuni
ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon da'vogar bo`lmagan.
Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha
fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik fanlar deb ataladi. Falsafa esa, umumiy fanlar majmuasini
tashkil etadi. Shuning uchun falsafa fani barcha fanlar uchun metodologik asos rolini bajaradi.
Demak, falsafa fani tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy
qonuniyatlarini o`rganadi.
Shu jihatdan olganda, falsafa fani barcha fanlar, xususan ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan
dialektik birlik va aloqadorlikdadir. Ijtimoiy - gumanitar fanlarsiz falsafani to`liq tushunib
bo`lmaganidek falsafasiz ham bu fanlar taraqqiyotini bilish,
tushunib etish mumkin emas.
Falsafaning boshqa fanlarga ta'sirini bilmoq uchun, metodologiya sifatidagi ahamiyatini
anglamoq uchun dunyoqarash tushunchasining mohiyatini anglamoq zarur.
Dunyoqarash - kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy,
siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va tizimlaridan iborat. Dunyoqarash ayrim
kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatining faoliyati yo`nalishini va voqelikka
munosabatini belgilaydi.
Dunyoqarash o`zining tub mohiyatiga ko`ra mifologik, diniy, falsafiy turlarga bo`linadi.
Mifologiya - kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichida bo`lgan dunyoqarashning dastlabki
shaklidir. Voqelikni bilishning, dunyoga qarashning o`ziga xos usuli bo`lgan mifning xususiyati
shuki, hamma narsa va hodisalar unda bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning
natijasida bir xil buyumlarning sifatini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko`chirish mumkin
bo`ladi. Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida
jonlantirib tasvirlab ko`rsatishga asoslangan. Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi
xil narsalarga osonlik bilan ko`chirilganligi sababli u xayolga keng maydon ochib beradi va bu
maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qg`anday o`zgarishlar qilishi va jasoratlar
ko`rsatish mumkin bo`ladi. Har qanday mifologiya tabiat kuchlarini tasavvurida va tasavvur
yordamida engadi, o`ziga bo`ysundiradi va shakllantiradi. Mifologiya, binobarin, tabiatning ana
shu kuchlari ustidan haqiqatda hukmronlik boshlanishi bilan yo`qolib ketadi. G`ayritabiiy kuch
haqidagi tasavvurlar mavjud bo`lganligi sababli mifologiyada din elementlari bor, shuningdek,
unda axloqiy qarashlar ham insonnning voqelikka estetik munosabati ham aks ettirilgan.
Dunyoqarashning tarixiy shakllaridan yana biri diniy dunyoqarash bo`lib, uning asosiy va
hal qiluvchi belgisi g`ayritabiiy kuchlarga ishonish, butun olam, barcha mavjudot insoniyat
dunyosining xudo tomonidan yaratilganligini va boshqarilishini e'tirof etish, xudoga ruxlarga
sig`inishdan iboratdir. Dunyoqarashning o`ziga xos xususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy
hodisalar mohiyatini ularning o`zida emas, balki g`ayritabiiy sabablar xudoning qudrati bilan
tushuniladi. U hamma narsada va har qaerda ilohiy kuchlarning ta'siri, mo`jizaviy kuch bor deb
pisanda qiladi.
Din va diniy dunyoqarashning ijtimoiy gnesologik ildizlari mavjud. Dinning ijtimoiy ildizi
sinfiy jamiyat binobarin, xususiy mulkchilik, tengsizlik, eksplutatsiyaning paydo bo`lishi bilan
bog`liq bo`lib, bular sinfiy jamiyat kishisini ijtimoiy kuchlarga va o`zi yaratgan stixiyali
munosabatlarga tobe qilib qo`ygan. Diniy gnesologik ildizi esa tashqi olamning kishilar ongida
noto`g`ri, buzib, mavhumlashtirib aks ettirilishidadir. Buning boisi shundaki, bilish jarayoni
g`oyat murakkab, ziddiyatli, ko`p qirralidir. Bunda asossiz, soxta, diniy tasavvurlarning paydo
bo`lishi ehtimoli tabiiydir. Inson bilish jarayonida dunyoni ini'kos etishda buyum va
13
hodisalarning ayrim jihatlarini bo`rttirib, mutloqlashtirib yuboradi, bu hol esa voqelikni buzib aks
ettirishga olib keladi.
Din va dunyoqarash xususida so`z borganda shuni aytish kerakki, mamlakatimizda
turg`unlik yillarida ateistik targ`ibotni kuchaytirish niqobi ostida xalq an'analarini zo`rlik bilan
barbod etildi, asrlar mobaynida amal qilib kelgan marosim va urf odatlar ta'qiqlandi, qanchadan-
qancha masjid va madrasalar asossiz ravishda buzib tashlandi. Necha-necha minglab jildlarni
tashkil etgan nodir kitoblar shaxsga sig`inish va qatag`on avj olgan yillarda kuydirilib tashlandi.
Hozirgi paytda o`tmishda ro`y bergan ko`plab xatoliklarni tuzatish borasidagi ishlar amalga
oshirilmoqda, ijtimoiy adolat tiklanmoqda. Falsafiy dunyoqarashning o`ziga xos xususiyati
shundaki, u kishiga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojalanishining umumiy qonuniyatlari
haqida ma'lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamning,
materiyaning ob'ektivligini, uning hech kim tomonidan yaratilmaganligini, bekor qilinmasligini,
abadiyligini uqtiradi. Falsafiy dunyoqarash dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish
mumkinligini, bilish esa murakkab ziddiyatli jarayondan iboratligini ta'kidlaydi.
Mifologik va diniy dunyoqarashlardan farqli ravishda falsafiy dunyoqarash tabiat va
insoniyat jamiyati taraqqiyotining sabablari va mohiyatini, o`ziga xos xususiyatlari va
qonuniyatlarining xarakteri va harakatlantiruvchi kuchlarini to`g`ri, ilmiy asosda tushuntirib
beradi. Falsafiy dunyoqarash ta'lim berib aytadiki, butun mavjudot - organiyk va noorganik
dunyo ham, insoniyat dunyosi ham, o`simliklar va hayvonot dunyosi ham doimo harakatda,
o`sish, o`zgarish va rivojlanishdadir.
Falsafiy dunyoqarash qotib qolgan emaks, balki doimiy rivishda o`zgartirib, rivojlanib,
boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir. Tabiatda, jamiyatda bo`ladigan o`zgarishlar
tufayli birinchi navbatda tabiiy, texnik to`xtovsiz ravishda ro`y berib turadigan muhim
o`zgarishlar natijasida kishilarning ob'ektiv olam haqidagi ilmiy bilim va tasavvurlari, xususan
falsafiy dunyoqarashlari oldingiga nisbatan ancha rivojlanadi.
Falsafiy dunyoqarash faqat nazariy bilish jihatidangina emas, balki amaliy jihatdan ham
katta ahamiyatga egadir. Dunyoqarash amaliyot uchun qo`llanmadir. Falsafiy dunyoqarash tabiat
va ijtimoiy hayot hodisalarini tushunish uchun yordam beradi. Kishining amaliy faoliyatida
tutadigan yo`li shu kishi dunyoqarashining qanday ekanligiga bog`liq.
Falsafaning funktsiyasi bir xil bo`lib, uning eng muhim xususiyati kishilarda olam haqida
bir butun dunyoqarash shakllantirishidadir. Shuningdek, falsafa metodologik xarakterga ega.
Aniq fan vakillarini bilishni va voqelikni o`zgartirishning eng umumiy metodologiyasi bilan
qurollanadi.
Falsafa gnesologik funktsiyani ham bajaradi, ya'ni u tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni
bilishning qonuniyatlarini bilishda ob'ekt va sub'ekt dialektikasini chambarchas bog`liq holda
ochib beradi.
Falsafa shaxsning ijtimoiy dunyoqarashini shakllantiradi. Shu bilan birga u shaxsning
jamiyat oldidagi ijtimoiy javobgarlik hissi uyg`onadi. Falsafaning mazkur xususiyati hozirgi
kunning dolzarb masalalari - yadro xavfining oldini olish, ekologik va boshqa umumbashariy
muammolarini insoniyatmanfaatlari nuqtai nazaridan hal etish zaruriyati tufayli chuqur ahamiyat
kasb etmoqda. Bu hozirgi sharoitda falsafada insonparvarlik mohiyatining yanada chuqurlashib
borayotganligidan dalolatdir.
Falsafaning g`oyaviy-siyosiy, tarbiyaviy funktsiyaga ega ekanligini ham alohida e'tiborga
olish lozim. Falsafiy tafakkur madaniyatining shakllanishi kishilar umumiy madaniyatining
muhim ko`rsatkichidir.
2-mavzu:
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Reja:
1. Qadimgi Misr va Bobil falsafiy maktablari. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy
fikrlar. Konfutsiy va Lao Tszi ta’limoti
14
2. Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik ta’limotlari. Ularning dunyoqarash mazmuni
3. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g’oyalari
4. XX - XXI asr o’zbek falsafasi
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Sharq
qadimiy madaniya o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan.
G‘arb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Ovrupasentrizm nazariyasi og‘ib ketish
g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog‘lik jihatini tahlil etganda ham
Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqninng o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot
jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir
emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi.
Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga etgani va uning
qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini
doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizninng
Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri
bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti,
qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda
namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi
jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha
davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi
biladi. Qadimgi Sharq falsafasi insoniyatning ilm, fan, ma’naviy taraqqiyotining debochasi
hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat’iy nazar, ayrim umumiy
qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur Sharqda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi
mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va
hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson
dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo
mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday
vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.
Ikkinchidan, Sharq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli
sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan
uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz
bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi:
jamoalar kasodga uchrab, yangi er mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati
osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Dostları ilə paylaş: |