olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi
bog‘lanishlari, o‘zaro aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning
belgilariga to‘xtalamiz:
- qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, ya’ni shunday
bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda
hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
- qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalaydi, ya’ni tasodifiy bog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh
yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi.
- qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi.
qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi,
ya’ni bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni qonun qamrab olmaydi.
Masalan, 2013 yili qishdan keyin bahor kelib, 2014 yilda qishdan keyin birdaniga yoz kelishini
tasavvur qilib bo‘lmaydi. CHunki, bu tabiat qonuni — fasllar o‘zgarishi qonuni doirasiga
kirmaydi.
Qonun – tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy aloqa. Ularning uchta turi
mavjud.Voqelik qonunlari bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’i nazar
mavjud va amal qiladi.
6-mavzu: Bilish metodologiyasi: asosiy tushunchalar
Reja:
1. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati.
2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
3. Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning turlari. Bilishda amaliyotning o‘rni
4. Falsafa metodlari. Fan metodlari: umumilmiy, xususiy ilmiy va fanlararo tadqiqot metodlari.
Hozirgi zamon metodologiyasi.
Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi.
Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy
darajasidir.
Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z yuritganda o‘rta asrlardagi kabi bilim va e’tiqodni qarama-
qarshi qo‘yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va ma’naviy dunyo narsalari, jarayonlari va
hodisalarini dalil-isbotsiz bilish demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda
bahor kelishiga ishonaman»; «men o‘z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va h.k. va sh.k.
E’tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan ko‘rinib turadigan narsalarni kashf
etish imkonini bersa, e’tiqod, ishonch insonga hozircha ko‘rinmaydigan sirli narsalarni
aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e’tiqod bilish jarayonida faol ishtirok etadi va uning
21
muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi, mutaassiblik
va insonning kuchsizligi yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim.
Bilish – inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish
muammolari va vazifalarini qo‘yish va echish yo‘li bilan, izchil anglab etadi. Axborot miyaning
mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 2 4) kasb etadiki, bu unga ishlov
berish, saqlash va keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir.
Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi dunyoning
ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim shakllanadi.
Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan
jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa
va hokazolarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z
nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini,
tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin,
tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai
nazaridan shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’ekti hisoblanadi, o‘z tarixiy mavjudligining zarur
shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob’ekti odamlar tomonidan
nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’ektga aylanishdan oldin u yaratilishi,
shakllantirilishi lozim.
GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» - sof falsafiy
kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib
chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)».
Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi
«bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan.
GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI:
1)insonning dunyoni bilish imkoniyati;
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati
o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan
shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga,
boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va
ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli
o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi.
Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar
dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga
aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi?
degan «oddiy» masalani echishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning echimini
topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi
empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.
Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik, uyg‘unlik
g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadi.
Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda
uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan,
Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma
g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‘‘tadil
ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq bo‘lmagan
22
holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida
tug‘ilishini ta’kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. Yum, L. Feyerbax), aksincha,
inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar biron-bir g‘oya mavjud
bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi zamirida yo shaxsiy tajriba, yo
boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va
bu tezisni isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning
sezgilari va o‘zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni
persepsiya (lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, appersepsiya
borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‘p muammolar bilan shug‘ullanadi. U
bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko‘r-ko‘rona ishonch va qay darajada real
borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda
gnoseologiyada bilimlar o‘rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy
tajribamdan bilaman», «dalilga ko‘ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o‘zaro nisbati
masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to‘liq qamrab
olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya
falsafaning eng muhim omilidir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-
qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning
chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash
mumkin: optimizm, agnostitsizm va skeptitsizm.
Optimistlar dunyoni bilish mumkinligini ta’kidlaydilar, agnostiklar, aksincha, buni rad
etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). Skeptiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar biroq
bilimning haqiqiyligiga shubha bildiradilar.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning
nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. YUzaki skeptitsizm,
ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan
aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani
qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur.
Metod (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli
kabi ma’nolarni anglatadi.
Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining
yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub’ektni aniq vazifani bajarishga,
faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt,
kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti
sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga
egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib
boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning
ko‘lami ham o‘zgaradi.
DIALEKTIKA (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat
haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik
dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga
kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va
bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z
o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar
23
bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib
turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.
Masalan, insoniyat tarixida bu usulga yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y beradigan
avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros
qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan
jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu vaqtning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan
turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning
xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini
kuzatish mumkin.
"METAFIZIKA" (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu
so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhovchisi
Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish
haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng "birinchi falsafa"ning (mohiyat, sabab va boshqa)
ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan.
Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa
va hodisalarni o‘rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida
turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo‘llanganida olamning namoyon
bo‘lish shakllari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga
asosiy e’tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‘zgarish holatida o‘rganish
nihoyatda qiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning
nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar.
Sofistika — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib,
uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Masalan, Aristotelning
yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang,
seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik
ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki
to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Sofistika mavjud bilimlar tizimidan ziddiyatlarni siqib chiqaradi, bu bilan eski va yangi
bilimlarni murosaga keltiradi. Sofistika inson bilimi doirasida cheksiz relyativizmni ulug‘laydi.
Predmet haqida har narsa deyish mumkin. Qanday maqsad ko‘zlanmasin, so‘zlar ifodasida hech
qanday chegara yo‘q (masalan, asal — shirin; asal — achchiq; qo‘rg‘on — aylanasimon,
qo‘rg‘on — to‘rtburchak va h.k.) shunga ko‘ra sofist — mohir usta, so‘zamol donishmand
ma’nolarini anglatadi.
EKLEKTIKA. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid
dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u
hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli
jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘ldi
va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy
bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy
kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an’analar, ko‘nikmalar, intilishlarni
bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr
mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika
olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga
tayanadi.
24
SINERGETIKA. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda.
Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi
ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan,
o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha sinergetika
hamkorliqdagi harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan
faoliyati ma’nosida talqin qilinadi.
7-mavzu: Til va kommunikatsiya tushunish vositasi
Reja:
1. Tushunish va uning bilish bilan o’zaro nisbati
2. Dialog-tushunish bilan bog’liq o’zaro aloqa shakli sifatida
3. Tushunish va tushuntirishning o’zaro nisbati
Tushunish va uning bilish bilan o’zaro nisbati. Tushunish va uning bilish (va
tushuntirish) bilan o’zaro nisbati muammosi ko’pdan beri muhokama qilinadi. U bugungi kunda
ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va ko’p jihatdan bahslidir. Masalan, Diltey tushunishni matn
muallifining ma’naviy dunyosiga kirish sifatida tavsiflagan bo’lsa, Xaydegger uchun tushunish
insonning borliqqa o’ziga xos munosabati, insonning dunyoda mavjud bo’lish usulidir. Gadamer
fikriga ko’ra, o’tmish madaniyatini tushunish talqin qiluvchining o’zini tushunishi bilan uzviydir.
Shu sababli tushunish predmetini muallif matnga joylagan ma’no emas, balki mazkur matn orqali
anglab etilishi lozim bo’lgan moddiy mazmun («ishning mohiyati») tashkil etadi. Bunda,
Gadamer fikriga ko’ra, har qanday tushunish til muammosidir: unga «til mediumi»da erishiladi
(yoki erishilmaydi) va isbotlashni taqozo etmaydi.
Hozirgi adabiyotlarda tushunish turlari, tiplari va darajalarining har xil tasniflari mavjud.
Masalan, G.I.Ruzavin tushunishning uch asosiy turini farqlaydi:
A) Dialogda til vositasida aloqa qilish jarayonida yuzaga keladigan tushunish. Tushunish yo
tushunmaslik natijasi bu erda suhbatdoshlar o’z so’zlariga qanday ma’no yuklashiga bog’liq.
B) Bir tildan boshqa tilga tarjima qilish bilan bog’liq tushunish. Bu erda o’zga tilda
ifodalangan ma’noni ona tili so’zlari va gaplari yordamida ifoda etish va saqlash nazarda tutiladi.
V) Matnlarni, badiiy adabiyot va san’at asarlarini, shuningdek odamlarning turli
vaziyatlardagi qilmishlari va harakatlarini talqin qilish bilan bog’liq tushunish. Bu erda ma’noni
intuitiv tushunishning o’zi etarli bo’lmaydi. Bu tushunishning birinchi darajasi. Tushunishning
ikkinchi darajasi tadqiqotning boshqa, xususan: mantiqiy-metodologik, aksiologik, kulturologik
vosita va metodlarini jalb qilishni taqozo etadi.
Tushunish to’g’risida so’z yuritganda, yana ikki muhim jihatga e’tiborni qaratish kerak:
1. Germenevtik doira tamoyili tushunishning muhim jihati hisoblanadi. U tushunishning
tsiklik xususiyatini aks ettiradi. Mazkur tamoyil tushunish va tushuntirishni bog’laydi: nimanidir
tushunish uchun uni tushuntirish kerak va aksincha. Mazkur o’zaro aloqa butun bilan qismning
doirasi sifatida ifoda etiladi: butunni tushunish uchun uning alohida qismlarini tushunish kerak,
alohida qismlarni tushunish uchun esa butunning ma’nosi haqida tasavvurga ega bo’lish lozim.
Masalan, so’z – gapning qismi, gap – matnning qismi, matn – madaniyat unsuri va sh.k.
2. Germenevtik doira – «olmaxon g’ildiragi» emas, zero, unda tafakkur qismlardan avvalgi
butunga emas, balki o’z qismlarining bilimi bilan boyigan butunga, ya’ni boshqa butunga qaytadi.
Germenevtik doira dialektik xususiyatga ega: unda to’liq va chuqur tushunishdan yanada
to’liqroq va chuqurroq tushunishga tomon harakat sodir bo’ladi, mazkur harakat jarayonida
tushunishning yanada keng ufqlari namoyon bo’ladi.
Tushunishni hozirgi davrga bog’lash kerakmi?
Mazkur masala yuzasidan ikki asosiy qarash mavjud:
A) Kerak emas. Mazkur qarashga ko’ra, matnni muvofiq tarzda tushunish unga muallif
yuklagan ma’noni ochib berishni nazarda tutadi. Ya’ni muallif yuklagan ma’noni hech qanday
25
qo’shimcha va o’zgartirishlarsiz, mumkin qadar sof shaklda aniqlash lozim. Lekin amalda bunday
bo’lmaydi, zero, har bir davr matnga (masalan, san’at asarlariga) o’z mezonlari bilan yondashadi.
B) Tushunish jarayoni muqarrar ravishda tushunishga harakat qilinayotgan narsaga
qo’shimcha ma’no yuklash bilan bog’liq. Binobarin, matnni muallif qanday tushungan bo’lsa,
shunday tushunishning o’zi etarli emas. Demak, tushunish ijodiy jarayon va u muallif yuklagan
ma’noni aynan aks ettirishnigina emas, balki unga tanqidiy baho berish, ijobiy jihatlarini saqlab
qolish, ma’noni hozirgi voqelikning mazmuni bilan boyitishni nazarda tutadi.
Hozirgi zamon frantsuz germenevtikasining vakili Pol Rikerning fikricha, tushunish hech
qachon bilishdan ajralmaydi, balki «ma’noni o’zlashtirish faoliyatining bosqichi» hisoblanadi.
Tushunish – fikr yuritish orqali simvolda yashirin ma’noni aniqlash demak. Bunda Riker
quyidagi holatlardan kelib chiqadi:
a) germenevtika – izchil talqin qilish jarayoni;
b) talqinlarning xilma-xilligi germenevtikaning mohiyatini tashkil etadi;
v) tushunish – bir ong tomonidan uzatiladigan, ikkinchi ong esa uni tashqi ifodalar orqali
qabul qilib oladigan belgilar ma’nosini tushunib etish jarayoni;
g) ayni bir matn bir nechta ma’noga ega va bu ma’nolar bir-biriga qo’shilib, qatlam hosil
qiladi.
Shunday qilib, tushunish - muayyan hodisaning ma’nosini, uning dunyodagi o’rnini, yaxlit
bir butun tizimdagi funktsiyalarini tushunib etish demak. U borliqning ma’nolarini teran anglab
etishga ko’maklashadi. Tushunish jarayoni sodir bo’lishi uchun quyidagilar zarur: har qanday
tabiatli matnda ifodalangan predmet; unda ma’noning mavjudligi; mazkur ma’no to’g’risidagi
dastlabki tasavvur; matnni talqin qilish, ya’ni matnning mazmunini tushunish; talqin qiluvchida
o’z-o’zini tushunishning mavjudligi, muloqot, aloqa; «til stixiyasi»; dialog yuritish qobiliyati; o’z
fikrini bildirishga intilish, boshqacha fikrlaydigan odamga so’z berish, uning aytganlarini hazm
qila olish; ayni bir matn (unga muallif yuklagan ma’nodan tashqari) bir nechta ma’noga ega
bo’lishini nazarda tutish; matnning predmet mazmunini hozirgi davrning madaniy tafakkuri
tajribasi bilan bog’lash.
Dostları ilə paylaş: |