6
Mayda motorika haqida
Motorika (lotincha “motus” — “harakat”) — tananing yoki alohida
aʼzolarning harakatlanish faoliyati. Harakat ko'nikmalar deganda ma’lum bir
vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi tushuniladi.
Mayda motorika
- bu
kichik narsalarni boshqarish, narsalarni qo‘ldan qo‘lga
o‘tkazish va muvofiqlashtirilgan ko‘z va qo‘l mehnatini talab qiladigan
vazifalarni bajarish qobiliyati.
Nozik motorika ko‘nikmalari “pinset ushlash” (bosh va ko‘rsatkich
barmog‘i) kabi
aniq harakatlarni bajarishda, kichik narsalarni boshqarish,
yozish, chizish, kesish, tugmacha bosish, to‘qish, cholg‘u asboblarida chalish
va hokazolarda qo‘llaniladi. Nozik vosita ko‘nikmalarini o‘zlashtirish qo‘pol
motorli ko‘nikmalarga qaraganda kichikroq mushaklarning
rivojlanishini
talab qiladi.
Mayda motorika - bu bolalarni qo‘l-oyoqlarining kaftlari va barmoqlari bilan
mayda va aniq harakatlarni amalga oshirish qobiliyatidir. Mayda motorika
sohasi o‘ziga xos hamiyatga ega bo‘lib u ko‘p sonli va turli xil harakatlarni
o‘z ichiga oladi. Masalan: oddiy harakatlardan tortib(masalan, o‘yinchoqni,
har xil detallarni ushlash) murakkab harakatlargacha (yozish va rasm chizish
kabi). Mayda motorikalar bola tug‘ilgan
paytidan boshlab rivojlana
boshlaydi. Dastlab, go‘dak o‘z qo‘llarini o‘rganadi va asta-sekin ularni
boshqarishga o‘tadi. U buyumlarni butun kafti bilan ushlaydi, keyin esa faqat
ikkita(katta va ko‘rsatkich) barmog‘i bilan ularni ushlaydi. Shu orqali bolalar
dastlab o‘yinchoqlar,
keyin qoshiq, qalam, mo‘yqalam kabi buyumlarni
to‘g‘ri ushlashga o‘rgatiladi. Mayda motorikaning bola organizmidagi o‘rni
va ahamiyati alohida sanaladi.
U bolalarni asab tizimi, ko‘rish qobiliyati,
7
diqqat e’tibor, xotira va idrok qilish kabi
organizm xususiyatlarini
shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari
bolaning nutqini rivojlanishida ham mayda motorikanini ta’siri
yuqori
bo‘lib, dastlab bolaning tovushlarini shakllanishiga va nutqini o‘sishiga
mativatsiya bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: