Mutaxassislikka kirish


Dasturning aniq bir g'oyaga asoslanganligi



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə16/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

1. Dasturning aniq bir g'oyaga asoslanganligi.
Mustaqil jamiyatimiz taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan, texnika ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlar qirralarida erishilgan yutuqlar ilmiy o'quv asosda aks ettirilishi lozim.
2. Dastur ilmiylik printsipiga asoslanadi.
Har bir ta'lim g'oyalari ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida kiritiladi.
3. O'quv dasturi aniq mazmun va mantiq g'oyalarini o'zida aks ettirishi
lozim.
Dasturda fanning maqsad va vazifalari, undagi bilim misollar asosida o'rgatiladi. Aks holda o'rganilayotgan bilim asoslarini nazariy jihatdan tushunish qiyin bo'ladi.
4. Nazariya bilan amaliyotning birligi printsipi.
Talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirishni nazarda tutadi.
5. O'quv dasturini fanning tarixiy saboqlari hisobga olinadi.
Vaqt o'tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma'lum bir ilmiy qonun qoidalar pay do bo'lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi istiqbolini qisqacha ifodalaydi.
6. O'quv dasturi hujjatlar isloh qilingan ta'lim, davlat tomonidan
tasdiqlangan reja asosida tuziladi.
  1. Ta'limiy maqsad - o'quv materiallarining mazmunini bilish, ya'ni ushbu


    fanga tegishli ilmiy bilimlarni o'zlashtirish va amaliyotga tatbiq qila olishdir.
  2. Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o'zlashtirish orqali uning mazmunida


    yotgan g'oyalar, dunyoqarashlar o'zining shaxsiy sifatlarini, imon- e'tiqodini
    shakllantirishdir.
  3. Rivojlantiravchi maqsad - ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy


    kamolotini, bilish qobilyatini, o'qishga, mehnatga, o'z mutaxassisligiga bo'lgan
    munosabatini rivojlantirishdan iborat.

Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida talabada mustaqil ishlash iste'dodi paydo bo'ladi. Uni o'ylashga o'rgatadi, ta'lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi. Ta'lim turli bosqichlarda amalga oshiriladi:


1-bosqich: O'quv materialini idrok qilishdan iborat. Bunda talaba ta'limning mazmuni bilan tanishib, o'zining bilish vazifalari nimadan iborat ekanligini bilib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasawur kabi jarayonlar ishtirok etadi.
2-bosqich: Ular o'quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yangi bilimlar paydo bo'ladi. Amaliy sintez, taqqoslash, hulosa chiqarishdan foydalanadilar.
3-bosqich: Yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o'qituvchining qo'shimcha izohlari, ko'rgazmali qurollari orqali mustahkamlanadi.
4-bosqich: Ular o'zlashtirib olgan bilimlarni imkoniyatiga qarab amaliyotga tatbiq qila oladilar.
Bularni bilish orqali o'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarish mumkin. Shuning uchun o'quv jarayonining hamma bosqichlarida o'qituvchi yetakchi va boshqaravchi vazifasini o'taydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, o'qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog'i sifatida qator vazifalarni bajaradi.
Jumladan:
  1. talabalarda bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qiladi.


  2. ularda dunyoqarashni, kelajakka ishonch va kasbga e'tiqodni o'stiradi


v) yoshlarni muayyan darajada bilimli, o'qimishli, madaniyatli, tarbiyali kishilar bo'lib etishishiga, qobilyati va iste'dodlarini o'stirishga erishiladi.


Bu vazifalarni bajarishda o'qituvchi o'z kasbiga layoqatli bo'lmog'i lozim. Shuningdek, o'qituvchi talabaga o'z faoliyatining ob'ekti sifatida qarashi, uning ehtiyoj va qiziqishlarini tushuna bilishi lozim.
Bundan tashqari, o'qituvchi ta'lim jarayonida har bir talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi, o'quv materiallarini to'g'ri tanlay bilishi, taxlil qila olishi va umumlashtira olishi pedagogik mahorat uchun zarur bo'lgan ta'lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilishi, talabaga nisbatan talabchan bo'lishi, pedagogik vaziyatga qarab ulardan unumli foydalana olishi, ta'lim natijalarini daslabki va keyingi ko'rsatkichlar bilan taqqoslashi, tahlil qilishi, hulosalashi lozim.
Shundagina o'qituvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturi talabalari darajasida ta'lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin