4. Mutaxassislikka kirish fanini o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari
Наг bir jamiyatning kelajagi uning ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Og'ir ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy qiyinchiliklar engib o'tib, taraqqiyot yo'liga kirgan mamlakatimizda ilg'or texnalogiyalarni joriy qilish, milliy qadriyatlarni singdirgan holda ta'lim tashkil etish, bu jarayonini puxta va samarali amalga oshirish ishlari davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Hususan, ta'limning rivojlangan yo'nalishlarini prognoz qilish sohasida ishning aniq sharoitlariga moslashuvi dasturiy ta'minot komplekslarining yaratishga yordam beruvchi matematik apparatdan foydalanish yangi metodni qo'llash dolzarbdir. Ko'pincha «innovatsiya» atamasining o'rniga unga yaqin turdagi atamalar ham ishlatiladi. Masalan, takomillashtirish....
Innovatsiyaning ta'rifiga to'xtalsak, u lotincha «inovatis» - bu yangilik, yangi tartib qoida degan ma'noni beradi. Yangilik - bu texnik, texnologik ixtiro va yutuqlaridan amaliy foydalanishdir. U ilmiy kategoriya sifatida ta'limga yangilik kiritishni anglatadi. Yangilik ko'pincha yangi metodlar, usullar, vositalar, yangi konseptsiyalar, yangi o'quv dasturlari tarbiya usullari boshqalarini kiritish va qo'llashdan iborat. Yangilik atama sifatida ta'limni modernizatsiyalash yoki zamoniylashtirish tushunchasi ichiga to'la kiradi. Ta'limdagi yangiliklarni o'zlashtiribgina qolmasdan, balki ular singib ketishi lozim. Ular pedagogik novatorlarni tarbiyalashga olib keladi. Novatorlik ishi hamma vaqt yangiliklarning tarkibiy qismi bo'lib kelgan. Garchi, vaqti kelib o'qituvchilarni o'qitadigan mashinalar almashtiradigan fikrlar mavjud bo'lsada, hozir o'qituvchi ta'limda bilimlar jarayonini bevosita eltuvchisi sifatida markaziy o'rin tutadi. O'qituvchi doim zarur. O'qituvchi mehnatida texnik yutuqlardan va birinchi navbatda, kompyuter texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish zarurligi haqidagi g'oyalarni ilgari suradi.
Haqiqatdan ham, xozirgi vaqtda o'qitishning individual hisoblash va texnik vositalarga asoslangan pedagogik texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Biroq bu narsa o'z navbatida quyidagi muammoni hal etishni zarur deb qo'yadi, ya'ni ta'limiy texnologiyalar bo'yicha mavjud kasbiy bilimlardan tashqari ta'lim sohasida mehnat qiladigan mutaxassislarning maxsus tayyorgarligi hamda texnik, ilmiy, psixologik va iqtisodiy tayyorgarlik talab etiladi.
Ma'lumki, yangiliklar turli mamlakatlarda o'ziga mos ravishda yuzaga keladi va tatbiq etiladi. Ular sohalarda, shu jumladan, ta'lim sohasida turlicha o'z ifodasini topadi va buning ustiga bitta bilim sohasining o'zidan turlicha tarqaladi. Ixtirolar ko'pincha fizika, ximiya, biologiyada amalga oshiriladi. Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim sohasida umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir:
moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar;
ta'lim tizimidagi o'zgarishlar;
ta'lim texnologiyasidagi o'zgarishlar;
Shunday qilib yangi texnik vositalar, yangi texnologiyalar ta'limda yangiliklar kiritish yo'lidagi komponentlardan biridir. Biroq ularni tatbiq etish va amalda foydalanishda bilim aslida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Buning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko'p vaqt sarflash zarur, ya'ni ta'limda innovatsion
jarayonlarning tatbiq etilishi bilan, o'qituvchining roli pasayadi emas, balki o'quv tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida yanada ortadi. Ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan har o'qituvchi o'z rolini va vazifasini muvaffaqqiyatli amalga oshirishi uchun u faqat o'z fani sohasida emas, balki psixologiya, iqtisodiyot va ta'lim texnologiyalaridan ham chuqur bilishmga ega bo'lishi kerak.
Keyingi yillarda adabiyotlarda turli bilim sohalarida yangi axborot texnologiyalarni yaratish va ishlatish masalalari keng yoritilmoqda. Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi 3ta texnika yutug'i tashkil etadi:
axborotni mashina o'qiydigan tashuvchilarda jamlash muhitining paydo
bo'lishi (magnit lentalar, kinofilmlar magnit disklar, kompakt disklar)
axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo'yicha muhim
chegeralashlarsiz yetkazilishining ta'minlovchi aloqa vositalarning rivojlanishi,
aholini aloqa vositalari bilan keng qamrab olish (radio, televideniye, ma'lumotlarni
uzatish tarmoqlari, yo'ldosh aloqa, telefon tarmog'i va h. K)
axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo'yicha
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish imkoni (saralash, tasniflash, kerakli shaklda
ifodalash va yaratish)
Yangi axborot texnologiya (YaAT) laming 2ta katta guruhga ajratish mumkin:
1. Axborotni strukturalashgan ko'rinishda saqlash va shu bilan unga kirish
hamda undan foydalanishni osonlashtirish imkonini beradigan barcha texnologiyalar.
Foydalanuvchi kerakli axborotni turli izlash protseduralari, masalan, kalit so'zlar yordamida topadi.
2. foydalanuvchining ma'lumotlar bazalari va banklardagi katta hajmli
axborotga kirishini ta'min etadigan texnologiyalar mansub. Axborotni izlash dialog
shaklida, doimo yangilanib va to'ldirilib turiladigan ma'lmnotlar bazalaridan
foydalanuvchilar o'z shaxsiy ehtiyoj va qiziqishlariga mos ravishda axborotni
tanlashlari lozim.
Ikkinchi guruhga barcha kommunikatsiyalar, elektron pochtani, telekonferentsial aloqani, yo'ldosh aloqani, EHM tarmoqlarini va hokozolarni o'z ichiga oladi.
Demak, YaAT - bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan va ularning texnika va ijtimoiy jarayonilarni boshqarish bo'yicha imkoniyatlarni kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalardir.
YaAT ta'limda muhim o'rin tutib quyidagicha vazifalarni hal etishga yordam beradi:
har bir odamga xos bo'lgan noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni
o'qitilayotgan o'quvchi-talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish
qobilyatlari o'z o'zini komolotga yetkazishga intilishni shakllantirish;
bog'liq xodisalarni kompleks o'rganishni, tabiatshunoslik, texnika, ijtimoiy fanlar
va sa'nat orasidagi o'zaro bog'liqlikning chambarchasligini ta'minlash;
o'qitish va tarbiya jarayonlarning mazmun, shakl va metodlarni doimiy dinamik
yangilash. Ta'lim tizimi nuqtai nazaridan YaATning joriy etilishi bilan birga
yuzaga keladigan ushbu muammolar muhimdir:
texnik muammolar - bular ta'lim tizimida foydalanadigan elektron hisoblash va
mikroprotsessor texnikasiga qo'yiladigan talablarni, uni qo'llanilish
hususiyatlarini belgilaydi;
programma muammolari - bular ta'lim tizimida foydalanish uchun programma
ta'minotining tarkibi va turlarini, ularning qo'llanish tarkibi va hususiyatlarini
belgilaydi.
tayyorgarlik muammolari - bular o'qituvchi va o'quvchi talabalarning hisoblash
texnikasidan foydalanish uquvlari bilan bog'liq.
O'qitish texnologiyalari doimo axboroti bo'lgan, chunki ular ko'p xillik axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog'liq edi. Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari paydo bo'lishi bilan o'qitish texnologiyalari tubdan o'zgardi. O'qitishning yangi axborot texnologiyasini o'qitishni axborot texnologiyalarining bugungi kungi texnik vositalardan foydalanib tashkil etishning sifat jihatidan yangi jarayoni deb ta'riflash mumkin.
O'qitishning yangi axborot texnologiyasining amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo'lishini taqozo etadi:
o'qitishning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari;
o'quv jarayonini tashkil etish uchun mos sistemali va programma ta'minoti;
o'quv-tarbiya jarayonida yangi o'qitishning texnik vositalarini tatbiq etish
bo'yicha mos metodik ishlanmalar.
U YaAT doirasida o'qitishning yangi shakllari, metodlari, vositalari haqida gapirilganda, yangi texnologiyalar texnik vositalarning muhimligini qayd etish lozim. Masalan, o'qitishning videokompyuter sistemalarining qo'llanilishi 2 ta texnologiyaning audiovizual va kompyuter texnologiyalarining afzalligini amalga oshirish imkonini beradi.
U axborotni vizual, matnli va grafik shakllarning birga qo'shish vositasini taklif etadi. Masalan, o'qituvchi-talabalarning o'qitishning yakuniy bosqichi video sistemadan foydalanish ishlab chiqish jarayonining video yozuvini sinchiklab ko'rish va muhokama etish asosida ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish yo'lllarini taklif etishga, mehnatni modellashtirish, vaqt va materiallar iqtisod qilish yo'llarini topishga imkon beradi. Ta'lim videokompyuter sistemalarini tarqatish texnik va programma ta'minotining yuqori narxi va o'qitish jarayoni uchun programma ta'minotining yo'qligi hozircha yetarli emas. Komp'yuter sistemalarining programma ta'minoti takomillashmoqda va rivojlanmoqda.
Intellektual avtomatlashtirilgan o'qituvchi sistemalarining (IAUS) joriy etilishi o'qitish jarayonining o'quvchi-talabaning tayyorgarligiga bog'liq ravishda moslashuvchan boshqarishni amalga oshirish mumkin. O'quv jarayonida YaAT texnik vositalaridan foydalanishda ekspertlik-o'quvchi sistemalar (EUS) alohida o'rin tutishi mumkin. EUS - ekspertli o'qituvuchilar, uslubiyotchilar va mutaxassislar jamoasini tayin fan sohalarida samarali almashtiradigan avtomatlashtirilgan axborot sistemalaridan iborat. Masalan, o'quv maqsadlarida gipermatnli sistemalardan foydalanishda kompyuter zimmasiga tushunchalar va ularning bog'lanishlari ko'rinishida ifodalanadigan yangi materialni bayon etish bo'yicha ish yuklanadi. Tugunlarni ko'rib chiqish bu savollar, tushunchalar, meyllar va ko'rsatmalarni ko'rib chiqishdir.
Bunday sistemalar bilan ishlashda o'qituvchi talabalar uchun faqat o'quv materiali strukturasigina emas, balki uning bu strukturani o'zlashtirishi bilan bog'liq o'z shaxsiy faoliyati ham tahlil mavzusi bo'ladi.
Darsda o'qituvchi bilan talabaning o'zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. O'qituvchi darsda istisnosiz barcha o'quvchilarning faoliyatlarini yo'llaydi va kontrol qiladi, shuningdek, o'quvchilarning o'zlari orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro nazoratni qo'llab-quwatlaydi. O'qituvchining darsdagi ishi barcha o'quvchilarning darsning o'zidayoq o'rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarar ko'nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Shunday qilib, dars - ta'lim muassasasidagi o'quv ishining tashkiliy formasi bo'lib, unda o'qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o'quvchilarning doimiy sinf bilan qat'iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, o'quv programmasiga muvofiq o'zi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlaridan foydalanadi.
Qadim zamonlardayoq taraqqiyparvar olim va pedagoglar o'quv ishini tashkil qilishning ta'lim-tarbiyaviy masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradigan hamda ijtimoiy taraqiyot ehtiyojlariga javob beradigan shakllarni izlaganlar. Dars o'qitishning 3 sistemasi:
Dostları ilə paylaş: |