Mutaxassislikka kirish



Yüklə 226,2 Kb.
səhifə20/44
tarix16.12.2023
ölçüsü226,2 Kb.
#182029
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Mutaxassislikka kirish fanidan ma\'ruza matni-fayllar.org

4 - mavzu : TALABALARNING MUSTAQIL IShLAShlNI TAShKIL ETISh
(4 SOAT)
1. Talabalarni o'qitish jarayonida mustaqil ishlarini tashkil qilishning o'rni.
Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevoridir».
Insoniyatning bugungi global taraqqiyoti o'zagida ta'limning, ayniqsa, oliy ta'limning beqiyos o'rni bor. Dunyo tamadduning ayni davrdagi eng yirik muammolari to'rt dasturiy yo'nalish atrofida jamlangan. Bular - taraqqiyot, atrof -muhit muhofazasi, tinchlikni barqaror etish hamda fan va texnikadir. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, hech qachon fan va texnika amaliyot bilan hozirgidek, bo'lmagan edi. Hozirgi davrga kelib, mamlakatlarning sanoat va intelektual taraqqiyotlari orasida siyosiy-iqtisodiy musobaqa fan va texnika, texnologiya va ta'lim sohasiga o'tdi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o'tish juda ko'p sohalarni, jumladan ta'lim tizimini ham isloh qilishni o'z ichiga oladi va shu o'rinda 1997 yili Respublikamizda «Ta'lim to'g'risida» va «Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dastur to'g'risida»gi Qonunlar qabul qilinganini ta'kidlash lozim. Chunki, kadrlarni tayyorlash vazifasi, bugungi va kelajakdagi taraqqiyotni belgilab beruvchi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Milliy dastur tizimli yondoshuvga asoslangan bo'lib, uning uchala bosqichining ham asosiy maqsadi - raqobatdosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgandir.
Kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilinishini muvaffaqiyatli amalga oshirish eng, awalo, oliy ta'limning barqaror va aniq maqsadli rivojlanishini ta'minlovchi, islohotlarni amalga oshirishning muayyan yo'1-yo'riqlarini qamrab olgan me'yoriy hujjatlarni o'z vaqtida ishlab chiqish va tatbiq etishni ko'zda tutadi. Shu maqsadda, Oliy va o'rta maxsus maktab muammolari institut tomonidan ishlab chiqilgan hamda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vaziri buyrug'i bilan tasdiqlangan tegishli me'yoriy hujjatlar amalga kiritilmoqda.
Talabalarning bilim olishlarini osonlashtirish va samarali qilishning asosiy vositasi - ularni jalb qila olish hisoblanadi. Yuqorida aytib o'tilgan reyting tizimi shunday uslublardan biri hisoblanadi, amaliy darslarni «o'yin» tarzida o'tish ham talabalarni fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshiruvchi uslublardan biri hisoblanib kelinadi. Iqtisodiy fanlarni «o'yin»lar yordamida o'rganish uslubi 40 yildan ortiq davr mobaynida AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu uslubni talabalarga iqtisodiy bilimlar poydevorini beruvchi, talabada iqtisodiyot to'g'risida bir butun tasawurni bilishga imkon beruvchi «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo'yicha amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Hozirgi axborot texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha sohalarga kirib borishi ta'lim - o'qitish jarayonlarida ham ilg'or pedagogik uslublarni qo'llash
imkonini bermoqda. Ular qatoriga XX asrning 90-yillarida shakllanib, hozirgi sharoitda jadal sur'atlarda tarqalib borayotgan «Masofaviy o'qitish» kiradi.
Masofaviy o'qitish - byudjet telekommunikatsiya vositalari va kompyuterlarda bajariladigan o'qitish jarayoni bo'lib, byudjet jarayon ikki tomonlama axborot almashuv - sinxron va asinxron tarzda amalga oshiriladi, hamda unda elektron pochtasi, elektron dialog, elektron konferentsiya, telefon, telefaks, peydjer, sun'iy yo'ldosh aloqasi, audio-video va televizion kabi vositalar keng qo'llaniladi. Byudjet o'qitish shakli an'anaviy o'qitish shakli o'rnini olmaydi, balki uni to'ldiradi va mazmunan boyitadi. Masofadan o'qitish - bu adaptiv, modullik texnologiya bo'lib, pedagogik jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, masofadan o'qitish talabalarda mas'ullik hissasini kuchaytirish bilan bir paytda, o'qituvchini ham mustaqil ravishda o'z bilimlarni oshirib borishga undaydi. Shu bilan birga, masofadan o'qitishni joriy qilishda ham muammolar mavjud. Istiqbolda byudjet texnologiya mamlakatimizda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlanish darajasiga qarab, yanada kengroq tarqaladi va kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda o'z o'rnini oladi.
Jahon tajribasidan ma'lumki, har bir individning aqliy kamoloti, bilimdagi faolligining yuksakligi, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoji uning o'z ustidan qanday darajada mustaqil ishlay olishigi bog'liqdir. Talabalarni raqobatbardosh mutaxassislar qilib tarbiyalash, bir tomondan, ularga bilim berishning yangi shakl va uslublarini keng joriy etish, bu borada professor-o'qituvchilarning mas'uliyatini oshirish, shuningdek yetakchi xorijiy davlatlar tajribasidan unumli foydalanishga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularning mustaqil bilim olishlarining darajasiga ham bog'liqdir.

Yüklə 226,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin