Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin


“Tekinxo`rlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix12.12.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#74000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.

“Tekinxo`rlar” (ommaviy mahsulotlardan foydalanib, ularga haq 
to`lamaydigan kishilar) muammosi. Bayramlarda ko`pchilik odamlar 
mushakbozlikni yoqtirishadi. Mushakbozlik shaharchaning har 500 aholisiga 10 
so`mdan to`g`ri keladi va shahar byudjetiga yakunda jami 5000 so`m daromad 
keltiradi. Mushakbozlikni tashkil etish harajatlari jami 1000 so`mga to`g`ri keladi. 
Ushbu faoliyatdan olinayotgan daromad (5000 so`m) unga ketgan harajatdan (1000 
so`m) ko`proq ekanligi inobatga olinsa, Bayramda mushakbozlikni o`tkazish 
shaharcha uchun daromadli faoliyatdir. 
Xo`sh, xususiy sektor mazkur faoliyatni samarali yo`lga qo`ya oladimi? 
Yo`q. Aytaylik, shaharchada yashovchi tadbirkor Farhod shaharcha uchun 
mushakbozlik o`tkazishni tashkil etishga bel bog`ladi. 
Farhodda, shubhasiz, chiptalarni sotish bilan bog`liq muammolar yuzaga 
keladi, sababi uning salohiyatli mijozlari bilishadiki, mushakbozlikni chipta 
sotib olmasdan ham ko`rish mumkin. Sababi, mushakbozlik iste’moldan mahrum 
qilinish xususiyatiga ega bo`lmagan mahsulotdir, chunki kishilarda chiptasiz 
ham mushakbozlikni tomosha qilishga rag`bat bor. “Tekinxo`rlar” bu shunday 
kishiki – yaxshi narsadan foyda oladi, ammo unga haq to`lamaydi. Kishilar 
bunda rag`batga ega bo`lishadi, turgan gapki, agar chipta sotib oluvchilar 
mavjud bo`lmasa bozor samarali natijaga ega bo`lmaydi.
Bozorda mazkur muvaffiqqiyatsizlikni ko`rib chiqish yo`llaridan biri bu 
mazkur holatga sabab bo`layotgan tashqi ta’sirlarni ko`rib chiqish. 
Agarda, Farhod mushakbozlik marosimini shahar markazidagi displeyda 
namoyish etsa, bu narsa “tekinxo`r” tomoshabinlar uchun samara keltiradi
ammo Farhodga emas. Marosimni ekranda namoyish qilish to`g`risida qaror 
qabul qilish bilan Farhod tashqi ta’sirlarni e’tibordan chetda qoldiradi. 
Mushakbozlik aholi tomonidan katta qiziqishga sabab bo`lgani bilan, yakunda u 
daromadli faoliyat bo`lmay qoladi. Natijada, marosimni displeyda namoyish 
etmasdan Farhod o`zi uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini 
mushakbozlik zavqidan mahrum etadi. 
Xususiy bozor shaharcha aholisi hohishiga ko`ra mushakbozlik tashkil 
etishga tayyor emasligiga qaramay ushbu holatni echimi juda oddiy: to`rtinchi 
iyul tadbirlarini mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati 
aholidan olinadigan soliqni 2 so`mga oshirib, kelib tushgan mablag`lar hisobiga 
Farhodni mushakbozlik o`tkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada 8 so`m 


298 
barcha uchun yaxshi echim, 10 so`mdan esa, 2 so`m soliq to`lovini ayirib 
tashlagan holda, daromad hosil bo`lmoqda. Shunday qilib, Farhod shaharchaga 
tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo`lsada, unga jamiyat a’zosi sifatida 
yordam berishi mumkin. 
Shaharcha hikoyasi sodda bo`lsada real hayotni aks ettiruvchi o`ziga xos 
voqe’likdir. 
Aslida 
ko`pgina 
mahalliy 
hukumatlar 
bayramlardagi 
mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy 
mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar 
iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo`rlar” muammosi 
esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga 
to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan 
daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo`lgan darajada 
hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni 
ijobiy hal etishi mumkin. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin