Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix12.12.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#74000
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.

18.3.Umumiy resurslar 
Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan mahrum 
qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul. 
Shu bilan birga umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega: biror 
kishining umumiy resurslarni iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni 
iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. 
Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib chiqaradi. 
Atroflicha o`rganib chiqilgandan so`ng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday 
hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida qayg`urishlari lozim. Bu masalani 
Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan to`liqroq anglash mumkin. 
Umummilliy resurslar fojeasi 
O`rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko`rib chiqamiz. Shaharchada 
mavjud ko`pgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qo`y 
etishtirish edi. Shahardagi ko`pgina oilalar qo`ylarni etishtiruvchi xo`jalikkka 
(fermalarga) ega edilar, ular qo`ylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak 
sifatida ishlatish uchun sotishar edi. 
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar ko`pgina vaqtlarini shaharni 
qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy yerlarda 
(yaylovlarda) yotib o`tkazishar edi. Shaharda hech bir oila o`zining shaxsiy yer 
maydoniga ega emas edi. Buning o`rniga aholi kollektiv (jamoa) yer 
maydonlariga (yaylovlariga) ega bo`lib, o`z qo`ylarini mazkur yerlarda boqishar 
edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki yerlar yaxshi 
ko`rinishda saqlanadi. Kishilar o`zlari uchun shaxsiy yer maydonlarini ajratib 
olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan xususiyatga ega 
edi va kishilarni qo`y etishtirishlarida hech qanday to`siqlar mavjud emas, bir 
so`z bilan aytganda hamma baxtli edi. 
Yillar o`tishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda 
Umumiy Maydonda boqilayotgan qo`ylar soni ham ortib borar edi. Yer 
maydonining o`zgarmas hajmida qo`ylar sonini ortib borishi erni o`zini o`zi 
qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. Oxir oqibat yerni tarkibi shu 
darajada yomonlashib ketdiki natijada u o`zining hosildorlik darajasini butkul 
yo`qotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qo`ylarni etishtirish imkonsiz va 
qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati o`z o`zidan yo`qolib boradi. 


304 
Ko`pgina oilalar o`zini o`zi ta’minlash uchun daromad manbaalarini 
yo`qotishadi. Xo`sh, ushbu muammoni yuzaga kelish sabablari nima? Nega 
cho`ponlar qo`ylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha 
o`sishiga yo`l qo`yishdi. Muammo shundaki, ommaviy va xususiy rag`batlar 
(manfaatlar) tubdan farq qiladi. 
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish cho`ponlarning birgalikdagi jamoaviy 
xarakatlariga bog`liq. Agar cho`ponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular 
qo`ylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan darajada saqlab qolishlari 
mumkin edi. Biror bir oila uning qo`ylari sonini kamaytirishdan manfaatdor 
emas, lekin har bir qo`ylar guruhi aslida umumiy muammoning alohida bir 
bo`lagi hisoblanadi. 
Aslini olganda, umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlarni 
o`rganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qo`ylari umumiy maydonda 
boqilganda bu o`z o`zidan ikkinchi bir oila qo`y boqishi mumkin bo`lgan yer 
maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar yaylovda qancha qo`y boqish 
mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi tashqi masalalarga befarqlik bilan 
yondoshishadi, natijada qo`ylarning umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq ko`rib chiqilganda shahar aholisi buning echimini 
turli usullar bilan topgan bo`lishar edi. Buni har bir oiladagi qo`ylar sonini 
cheklash, ularning ma’lum bir soni uchun soliq joriy etish yoki qo`ylarning 
ma’lum bir sonini boqish huquqini auktsion savdolarida sotish kabi usullar bilan 
tartibga solish mumkin edi. Ya’ni o`rta asrlardagi shahar qo`ylar sonini haddan 
ziyod ortib ketishi muammosini zamonaviy jamiyat atrof muhitni ifloslanishiga 
qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga er bilan bog`liq holat uchun yana ham soddaroq usullar
mavjud: shahar yer maydonini barcha oilalarga teng bo`lib berishi mumkin edi. 
Har bir oila o`z er maydonini to`siqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva 
sonining haddan ziyod ko`p bo`lishidan himoyalashi mumkin edi. Shunday 
qilib, er umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka aylana boshlaydi. Bu 
narsa aslida 17-asrda Angliyada o`rab olish vaqtida yuz berdi ham. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin