306
qanday kishi okeanga borib, u yerda mavjud bo`lgan
hamma narsani tutib
olishlari mumkin. Har kishi jonivorlar turlarini keyinga yilga ham saqlab
qo`yishga kam rag`bat his qilishadi. Xuddi chorva etishtirishning haddan ziyod
ko`p soni Umumiy Maydonni barbod qilganidek, haddan ziyod ko`p baliq va kit
ovlanishi dengiz Kamolivorlari ko`payishining tijorat maqsadlariga putur
etkazishi mumkin.
Okean eng kam tartibga solinuvchi umumiy resurs bo`lib qolmoqda. Ikki
muammo oddiy echimga ega.
Birinchidan, okeanga ko`pgina davlatlar chiqish
yo`llariga ega, shuning uchun har qanday echim turli xil ma’no kasb etadigan
xalqaro darajadagi hamkorlikni talab etadi.
Ikkinchidan, okeanlar shu darajada
yirikki, har qanday kelishuvni to`la qonli amalga oshirish juda qiyin. Natijada,
baliq ovlash hatto odatda do`st mamlakatlar orasida ham o`ziga
xos nizolarga
sabab bo`lib qoladi.
O`zbekistonda baliq va boshqa yovvoyi jonivorlarni himoya qilishga
qaratilgan turli xil qonunlar mavjud. Masalan, baliq tutish va ovchilik bilan
shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziya davlat
harajatlari baliqchilik va
ovchilik muddatini kamayishiga sabab bo`ladi. Baliqchilardan ko`p holatlarda
kichik baliqlarni tashlab yuborishni va ovchilardan faqat alohida jonivorlarni
o`ldirishni talab qilishadi. Barcha bu kabi qonunlar
umumiy resurslardan
foydalanishni bekor qiladi va jonivorlarni ko`payishiga xizmat qiladi.
Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi?
Butun dunyo tarixida ko`pgina jonivorlar turlari qirilib ketish havfi ostida
bo`lishgan. Evropaliklar ilk marta Shimoliy Amerikaga qadam qo`yishganida, 60
milliondan ortiq bizon (qo`tos) lar qit’adan ko`chib ketishiga majbur bo`lishgan.
Undan tashqari, qo`toslarni ovlash 19-asrda shu darajada mashhur bo`lganki,
1900 yillarga kelib, ya’ni davlatlar ularni himoya qilishga kirishishlaridan oldin
jonivorlar soni 400 tagacha qisqarib ketgan.
Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi
shu kabi muammoga duch
kelmoqda, brakonerlar jonivorlarni ularning suyaklari va tishlari uchun
o`ldirishmoqda.
Shu bilan birga, barcha jonivorlar ham bu
muammoga duch kelishganlari
yo`q. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai hisoblanishadi, lekin hech
kim sigirlarni yaqin orada qirilib ketadi deb hisoblamaydi. Amalda, mol
go`shtiga bo`lgan katta talab ushbu jonivor turini saqlanib qolishiga o`ziga xos
kafolat.
28
Dostları ilə paylaş: