300
tadbir emas, sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur.
Qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida, aytaylik, kimdur boy kishilar
jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim etishadi. Bu iste’molda
cheklangan mahsulot bo`lmaydi: biror kishini qashshoqlik mavjud bo`lmagan
jamiyatda yashashi boshqa bir kishini ana shu jamiyatda yashashiga to`sqinlik
qilmaydi. Bu iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ham ega bo`lmaydi:
qashshoqlik bartaraf etilgandan so`ng kimdur, xech kim bundan mahrum
etilmaydi.
Natijada, “tekinxo`rlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok etmasdan
turib qashshoqlik mavjud bo`lmagan sharoitda yashash imkoniyatiga ega
bo`lishadi.
“Tekinxo`rlar” muammosi tufayli qashshoqlikni xususiy homiylik
yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu bilan birga,
davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. Nochorlarni hayot tarzini
ko`tarishni ko`zlab boylarni soliqqa tortish hammasini yaxshilashi mumkin.
Nochorlar baxtli – sababi ular yaxshi hayot tarziga ega bo`lishayapti, boylar
baxtli – sababi ular qashshoqlar nisbatan kam bo`lgan jamiyatda yashashni
yaxshi ko`rishadi.
Dostları ilə paylaş: