14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.
Harajatlar va daromadlarni tahlil qilishning murakkab jihati Shu vaqtgacha biz ko`rib chiqDilshodki, xususiy bozorlar samarali
miqdorda ta’minlay olmaganligi sababli ommaviy mahsulotlarni davlat ta’minlab
beradi. Shu bilan birga, davlat faqatgina birinchi qadamni qo`yish funktsiyasini
bajarishi ham mumkin. Keyinchalik esa davlat qaysi ommaviy mahsulotlarni
qancha hajmda etkazib berish kerakligini ko`rsatib berishi zarur.
Aytaylik, davlat yangi shosseni qurish loyihasini – ommaviy mahsulotni
(xizmatni) ko`rib chiqayapti. Shosse qurilishi to`g`risida yakuniy xulosaga
kelishdan oldin, davlat, shosseni unga ketadigan harajatlar va keyinchalik uni
faoliyatini ta’minlash harajatlari bilan ishlatishi mumkin bo`lganlardan kelib
tushuvchi foydani ko`rib chiqishi lozim. Bu qarorga kelishdan oldin davlat,
harajatlar va daromadlarni tahlil qilish deb nomlanuvchi jamiyatga ushbu
tovar yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun iqtisodchilar
va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin.
Harajatlar va daromadlar tahlili o`ziga xos murakkab jarayon. Shosse
kelgusida barcha uchun bepul foydalanishga mo`ljallanganligi sababli uning
qiymatini (yoki foydalilik darajasini) aniqlovchi narx mavjud emas.
Kishilardan shunchaki ular shosseni qanchaga baholashlarini so`rash
ishonchli emas, anketalash ham samarali usul emas, sababi so`rovda
qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy rag`batga ega bo`lmaydilar.
Shossedan kelajakda foydalanishi mumkin bo`lganlarda uni daromadlilik
darajasini oshirishga ko`proq rag`bat bor. Shosseni qurilishidan zarar ko`rishi
mumkin bo`lganlarda esa shosse qurilishiga ketadigan harajatlarni oshirib
ko`rsatishga va uni qurilishini to`xtatishga rag`bat mavjud.
Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish, o`z o`zidan,
xususiy mahsulot (xizmat) larni taqdim etishga qaraganda bir muncha
mushkulroq. Xususiy mahsulot xaridorlari bozorga chiqishganda ular o`zlari
to`lay olishi mumkin bo`lgan narxga qarab fikr yuritishadi. Shu bilan birga
sotuvchilar o`z harajatlarini o`zlari qabul qilishlari mumkin bo`lgan narx
yordamida ko`rsatishadi. Muvozanat nuqtasi esa resurslarni samarali taqsimlash
nuqtasi bo`lib, u barcha ma’lumotlarni o`zida aks ettiradi. Ommaviy
mahsulotlarda, bundan farqli o`laroq, harajatlar va daromadlartahlilchilari davlat
ommaviy mahsulotlarni qanday va qancha miqdorda ta’minlashi bo`yicha hech
qanday baho signallariga ega bo`lishmaydi. Ularning harajatlar va daromadlar
to`risidagi xulosalari, nari borsa, eng yaxshi taxminiy xulosalar, xolos.