305
barcha holatlarda
umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga
keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod ko`p foydalanishadi.
Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod ko`p foydalanish muammosini
engillashtirish maqsadida ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli
yig`imlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz ta’kidlab o`tganimizdek, bozorlar atrof muhitni
oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni
ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin bo`lgan ifloslanish
salbiy tashqi ta’sir hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning
umumiy muammosi sifatida ko`rish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq
hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvani
haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir. Atrof-muhitning haddan
ziyod ifloslanishi
umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy ko`rinishidir.
Tirband avtomobil yo`llari. Yo`llar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy
resurs bo`lishi mumkin. Agar yo`llar tirband bo`lmasa, u holda bir kishining undan
foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga halaqit qilmaydi. Bu holatda
mahsulot iste’molda cheklanganganlik xususiyatiga ega bo`lmaydi va yo`l
ommaviy mahsulot bo`lib qoladi. Shu bilan birga, agar yo`llar tirband bo`lsa, u
holda bu yo`ldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu
yo`ldan yursa, yo`l yana ham tor bo`lib, boshqa kishilarni sekinroq yurishga
majbur etadi. Bu holatda yo`l umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yo`llarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf
etish yo`llaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq
solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish o`z mohiyatiga ko`ra
tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yo`llarda bo`lgani
kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy echim bo`lmay qoladi, sababi soliq
summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri to`lov hajmini oshirish usulini
tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi.
Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo bo`lib qoladi.
Agar ko`prikda yuk avtomobili tig`iz-paytda o`tayotgan bo`lsa tirbandlik
muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalani
samarali echimi shuki – tig`iz-paytda yurganlik uchun to`lovni yana ham
oshirish zarur. Bu narsa haydovchilarni o`zlarining harakatlanish grafiklarini
o`zgartirib, tig`iz-paytda yurmasliklari uchun o`ziga hos stimul bo`ladi.
O`tgan bobda muqokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi
kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki
avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilg`i hisoblanadi: benzin narxini
oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin
uchun soliq yo`llarni tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin
uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yo`llarda harakatlar hajmidan tashqari
boshqa masalalarga ham ta’sir ko`rsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik
qayd etilmagan yo`llarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: