298
barcha
uchun yaxshi echim, 10 so`mdan esa, 2 so`m soliq to`lovini ayirib
tashlagan holda, daromad hosil bo`lmoqda. Shunday qilib, Farhod shaharchaga
tadbirkor sifatida yordam bera olmagan bo`lsada, unga jamiyat a’zosi
sifatida
yordam berishi mumkin.
Shaharcha hikoyasi sodda bo`lsada real hayotni aks ettiruvchi o`ziga xos
voqe’likdir.
Aslida
ko`pgina
mahalliy
hukumatlar
bayramlardagi
mushakbozliklar uchun pul to`lashadi. Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy
mahsulotlarning umumiy xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar
iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxo`rlar” muammosi
esa ommaviy mahsulotlarni xususiy sektor
tomonidan taqdim etilishiga
to`sqinlik qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan
daromad ularga sarflanayotgan harajatlarni qoplashi mumkin bo`lgan darajada
hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy harajatlarni qoplashi, barcha masalalarni
ijobiy hal etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: