294
muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin.
Xususiy
savdolashish ishlamaganda, ba'zan hukumat rol o`ynashi mumkin.
Hukumat ommaviy harakatlar uchun mo`ljallangan muassasa hisoblanadi. Bu
misolda, baliqchilar o`zlari uchun harakat qilishi ilojsiz bo`lsa ham, davlat
baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.
Tayanch so`z va iboralar: tashqi ta’sir tashqi ta’sirni o`zlashtirish
tuzatuvchi soliq Kouz teoremasi operatsion harajatlar
XVIII-BOB. IJTIMOIY NE`MATLAR VA UMUMIY RESURSLAR
Reja
18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari
18.2.Ommaviy (umumiy foydalanishdagi) tovarlar
18.3.Umumiy resurslar
18.1.Mahsulotlarning turli xil turlari
Bozorlar insonlar hohlayotgan mahsulotlar etkazib berishda qanchalik
yaxshi ishlashadi? Bu savolga javob masalani mohiyatini qay darajada chuqur
anglib etilganligiga bog`liq. Biz ta’kidlab o`tganimizdek, bozor konussimon
qutili muzqaymoqni samarali sonini ta’minlab berishi mumkin: muzqaymoqning
narxi ularga bo`lgan talab va taklifni
muvozanatlashtirishi mumkin, va bu
muvozanat ishlab chiqaruvchi daromadlarini maksimallashtirishi hamda iste’mol
tanqisligini bartaraf etishi mumkin. Bundan tashqari, biz 10 bobda ko`rib
o`tganimizdek, bozor alyuminiy ishlab chiqaruvchilarini biz nafas olayotgan
havoni ifloslantirishdan qaytarishga umid qila olmaydi. Bozorda xaridor va
sotuvchilar odatda o`z qarorlarining tashqi oqibatlariga e’tibor qaratishmaydi.
Shunday qilib, bozorlar mahsulot muzqaymoq bo`lganda yaxshiroq va mahsulot
toza havo bo`lganda yomonroq ishlashadi.
Bozordagi turli xil mahsulotlar haqida fikr yuritib, ularni quyidagi ikki
sifatiga ko`ra guruhlash mumkin:
- Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish (eksklyuzivlik)
xususiyatiga
egami? Ya’ni, kishilarni uni iste’molidan mahrum etish mumkinmi?
- Mahsulot iste’molda cheklanganmi? Ya’ni, bir kishining mahsulotni
iste’mol qilishi boshqa kishilarning uni iste’mol qilish qobiliyatlarini
kamaytiradimi?
Ushbu ikki sifatni ishlatilishi, 1-rasmda mahsulotlarni 4 guruhga
taqsimlaydi:
1.
Shaxsiy buyumlar ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda
295
cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili muzqaymoqni
ko`rib chiqamiz.
Muzqaymoq iste’moldan
olinishi mumkin, chunki kimnidir muzqaymoq
iste’molidan mahrum qilish uchun o`sha kishiga muzqaymoqni bermaslikni o`zi
kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq iste’molda cheklangan, chunki agarda
biror kishi muzqaymoqni iste’mol qilsa boshqa bir kishi aynan o`sha
muzqaymoqni iste’mol qilish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Iqtisodiyotda
ko`pgina mahsulotlar aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz to`lovni
amalga oshirmay turib biror narsani qo`lga kirita olmaysiz va siz to`lovni amalga
oshirgandan so`ng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin bo`lgan yagona
shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi talab va taklifni,
shuningdek bozorlar
samaradorligini ta’lil qilganimizda mahsulotlar ist’emoldan mahrum qilinish va
iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin qilgan edik.
2.
Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar iste’moldan mahrum qilinish va
iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. Ya’ni kishilarga
umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini cheklash mumkin emas,
shuningdek bir kishining iste’moli boshqa kishining uni iste’mol qilish
imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, kichik shaharchada tornado ovozi
umumiy foydalanishdagi mahsulot hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan
keyin hech kimni uning ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu
ist’emoldan olinishi mumkin emas). Undan tashqari,
biror kishi ushbu
shovqindan foyda oladigan bo`lsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini
kamaytirib yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas).
3.
Umumiy resurslar Cheklanganlik xususiyatiga ega, biroq iste’moldan
mahrum qilinishi mumkin bo`lmagan mahsulotlar. Masalan, okeandagi baliq
iste’molda cheklanganlik xususiyatiga ega, agar biror shaxs okeandan baliq tutib
olsa, u holda boshqa bir shaxs uchun tutib olish mumkin bo`lgan baliqlar soni
kamayadi. Shu bilan birga bu baliqlar, iste’moldan
mahrum qilinishi mumkin
bo`lgan mahsulot emas. Sababi okeanni cheksizlik xususiyatini inobatga olsak,
baliq tutuvchilarni baliq tutishdan to`xtatish o`ta mushkul vazifadir.
4. Agar mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lish
RASM
Tovarlarning to'rt turi.
Mahsulotlar ikki xususiyatlariga
ko'ra to'rt toifaga guruhlangan
bo'lishi mumkin; (1) odamlar
undan
foydalanishdan
to’xtatiadigan tovarlar bundan
mustasno. (2) Agar bitta
odamning
tovarlarni
iste’mol
qilishi,
boshqa odamlarning shu
tovarlarni
iste’mol
qilishlarini
qisqartirsa,
bu
tovarlar
raqobatdosh bo’ladi.
Xususiy mulk
• Muzqaymoq ko’nusi
• kiyimlar
• tirband yo’llardan
foydalanish uchun to’lov
Umumiy resurslar
• dengizdagi baliq
• Atrof muhit
• bepul yo’llardan
ketyapish
Tabiiy monopoliyalar
• yong'indan himoya
• Kabel TV
• tirbanad bo’lmagan
yo’llar uchun to’lov
davlat maxsulotlari
• Milliy mudofaa
• Tirband bo’lmagan yo’llar
uchun to’lov
Ha
Mustasnomi?
Yo`q
Ha
Yo`q
Iste'moldagi raqobat?
296
bilan bir qatorda cheklanganlik xususiyatiga ega bo`lmasa, u holda mazkur
mahsulot tabiiy Monopoliya ishlab chiqarish uchun yaxshigina misol bo`la oladi.
Masalan, kichik shaharchada yong`inga qarshi himoya tizimini misol keltiraylik.
Biror kishini bu mahsulotni (xizmatni) iste’mol
qilishdan mahrum etish juda
oson: yong`inga qarshi kurashish bo`limi shunchaki o`sha kishining uyini yonib
bitishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birga, bu mahsulot (xizmat)
cheklanganlik xususiyatiga ega emas. Ya’ni butun boshli shaharning yong`inga
qarshi kurashish bo`limi harajatlari to`langanda, kichik bir uyni yong`indan
himoya qilish harajatlari hech narsa emas.
Yuqorida ko`rib chiqilgan 1-rasm mahsulotlarni aniq 4 guruhga bo`lishni
ko`zda tutganiga qaramasdan, odatda ular o`rtasidagi chegara ko`p hollarda aniq
bo`lmaydi. Mahsulot iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga egami yoki
iste’molda cheklanganmi ko`p holatlarda aniq bir darajaga bog`liq bo`lib qoladi.
Okeandagi baliq iste’moldan mahrum qilinish xususiyatiga ega bo`lmaydi,
sababi okeanda kuzatish imkoniyati juda qiyin, lekin shu bilan birga
qo`riqlanadigan qirg`oqqa ega suv havzasi baliqni aksariyat holatlarda
iste’moldan mahrum qilinuvchi xususiyatiga ega qilishi mumkin. Xuddi shunday
tartibda, baliq odatda iste’molga cheklangan mahsulot bo`lgani bilan baliq
ovlovchilar soniga ko`ra uni iste’molga cheklanmagan mahsulot sifatida ko`rib
o`tish mumkin (shimoliy-amerikalik balik tutvchilarni u erlarga evropalik
ko`chmanchilarni ko`chib kelgungacha bo`lgan holatini eslang). Bu fikr bizning
tahlil uchun, shu bilan birga, yuqoridagi boshqa to`rt guruh mahsulotlari uchun
ham foydali bo`ladi.