Muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin


Qashshoqlikka qarshi kurashish



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix12.12.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#74000
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14.1-Mavzu. Ijtimoiy ne\'matlar va umumiy resurslar.

Qashshoqlikka qarshi kurashish. Ko`pgina davlat dasturlari nochorlarga 
yordam berishga yo`naltirilgan. Ijtimoy himoya qilish tizimi (rasman yordamga 
muhtoj oilalarga vaqtincha ko`mak deb nomalanadi) ayrim nochor oilalarga katta 
bo`lmagan daromadni ta’minlab beradi. Undan tashqari oziq-ovqat talonlari 
dasturi kam daromadli kishilarga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni 
subsidiyalaydi, shuningdek turli xil uy joy bilan ta’minlash davlat dasturlari 
ularni yashash joylari bilan ta’minlab beradi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga 
yo`naltirilgan ushubu dasturlar moliyalviy jihatdan barqaror bo`lgan oilalar 
tomonidan to`lanadigan soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi. 
Iqtisodchilar qashshoqlikka qarshi kurashishda davlatning tutgan roli 
borasida o`zaro hamfikr emaslar. Biz mazkur masalani atroflicha o`rganib 
chiqishimizga qaramasdan hozir muhim bir jihatga e’tibor qaratamiz: 
qashshoqlikka qarshi kurashish tarafdorlari, ushbu kurashishni ommaviy 
mahsulot hisoblashadi. Hatto, barcha qashshoqlik mavjud bo`lmagan jamiyatda 
yashashni hohlasada, qashshoqlikka qarshi kurashish umuman olganda “yaxshi” 


300 
tadbir emas, sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur. 
Qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida, aytaylik, kimdur boy kishilar 
jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim etishadi. Bu iste’molda 
cheklangan mahsulot bo`lmaydi: biror kishini qashshoqlik mavjud bo`lmagan 
jamiyatda yashashi boshqa bir kishini ana shu jamiyatda yashashiga to`sqinlik 
qilmaydi. Bu iste’moldan mahrum qilish xususiyatiga ham ega bo`lmaydi: 
qashshoqlik bartaraf etilgandan so`ng kimdur, xech kim bundan mahrum 
etilmaydi. 
Natijada, “tekinxo`rlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok etmasdan 
turib qashshoqlik mavjud bo`lmagan sharoitda yashash imkoniyatiga ega 
bo`lishadi. 
“Tekinxo`rlar” muammosi tufayli qashshoqlikni xususiy homiylik 
yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu bilan birga, 
davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. Nochorlarni hayot tarzini 
ko`tarishni ko`zlab boylarni soliqqa tortish hammasini yaxshilashi mumkin. 
Nochorlar baxtli – sababi ular yaxshi hayot tarziga ega bo`lishayapti, boylar 
baxtli – sababi ular qashshoqlar nisbatan kam bo`lgan jamiyatda yashashni 
yaxshi ko`rishadi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin