2. AMALIYOTNING ASOSIY QOIDALARI
|
|
2.1.
|
Kafedradan tayinlangan rahbar amaliyotdan oldin talabalarga ko‘rsatma (instruktaj) o‘tkazadi va amaliyot bo‘yicha shaxsiy topshiriq, amaliyot kundaligi, grafigi va yo‘llanma beradi.
|
|
|
2.2.
|
Talaba korxonadan tayinlangan amaliyot rahbariga KUNDALIKni topshirib, texnika xavfsizligi va yong‘in profilaktikasi bo‘yicha ko‘rsatma (instruktaj) o‘tadi, ish joyi va asbob-uskunalar bilan ishlash qoidalari bilan tanishadi, amaliyotning bajarilish rejasini oydinlashtiradi.
|
|
|
2.3.
|
Talaba amaliyot vaqtida korxonaning ichki tartib qoidalariga amal qiladi. Biriktirilgan ish joyidan rahbariyat ruxsatisiz ketish ma’n etiladi.
|
|
|
2.4.
|
Amaliyotning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot amaliyot grafigi asosida va amaliyot rahbarlari bergan qo‘shimcha ko‘rsatmalar asosida tuziladi.
|
|
|
2.5.
|
Talabalar bilimi reyting ballari bilan baholanadi, mezon sifatida amaliyot muddati olinadi.
|
|
|
2.6.
|
Amaliyotni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki hisobot himoyasida «qoniqarsiz» baho olgan talaba, ta’til davrida amaliyotga qayta yuboriladi, ba’zi hollarda talabaning o‘qishni davom ettirish masalasi qo‘yilishi mumkin.
|
|
|
3. KUNDALIKNI TUZISH VA TO‘LDIRISH TARTIBI
|
|
3.1.
|
Amaliyot o‘tish davrida KUNDALIK asosiy xujjat hisoblanadi.
|
3.2.
|
Universitet joylashgan shahardan tashqarida o‘tilgan amaliyot uchun KUNDALIK va safar guvohnomasi – moliyaviy xujjat bo‘lib qoladi (ish haqi va kundalik xarajatlar uchun).
|
3.3.
|
Talaba amaliyot o‘tish davrida har kuni bajarilgan ishlarni KUNDALIKga qisqa, tushunarli ravishda yozib boradi.
|
3.4.
|
Talabaning ma’naviyat ma’rifat ishlariga, nazariy mashg‘ulotlar va ekskursiyalarga qatnashganliklari ham yoziladi.
|
3.5.
|
Talaba har haftada KUNDALIKni rahbarlarga ko‘rsatadi. Rahbarlar KUNDALIKni tekshirib, qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi va imzolaydi.
|
3.6.
|
Amaliyot tugaganda korxona tomonidan rahbar KUNDALIKni amaliyot hisoboti bilan birgalikda ko‘rib chiqadi va tavsifnoma yozadi.
|
3.7.
|
To‘ldirilgan KUNDALIK amaliyot hisoboti bilan birgalikda kafedraga topshiriladi. To‘ldirilmagan KUNDALIK bo‘yicha amaliyot hisobga olinmaydi.
|