Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari. Nutq jarayoni
periferik organlarning ishi bilan ham, bosh miya po‘sti faoliyati
bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning
periferik qismiga nutq organlari, eshitish va ko‘rish organlari
kiradi. Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas olinadigan
bo‘g‘iz), ovoz vibratori (bo‘g‘izning ovoz muskullari) va ovoz muskullarining tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan ovozni kuchaytiruvchi rezonator (og‘iz, burun bo‘shliqlari,
halqum) nutq organlari hisoblanadi. Eshitish organi nutq158
ni, ko‘rish organi yozma nutqni, shuningdek, og‘zaki nutqni
to‘ldiruvchi imo-ishoralarni idrok etishni ta’minlaydi. Yozishda
(ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni o‘qitishda) nutq apparatiga
qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham qo‘shiladi. Bola dastlab
nutqni egallayotgan davrida uning nutq tovushlariga bo‘lgan
rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega bo‘ladi. Masalan,
agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan bo‘lsa u «tiktik
» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi. Bolalarda
hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va
nutq-harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq apparatining
markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish markazi bosh miya po‘stlog‘ining chap chakka tomonidagi nutqning orqaroq qismida joylashgan. Nutqning harakat markazi chap
yarimsharning manglay qismida joylashgan. Bu markazning
ishi buzilsa, harakat affaziyasi paydo bo‘ladi, ya’ni kishi gapira
olmaydigan bo‘lib qoladi. Bola qo‘lida qo‘ng‘iroq ushlab
turibdi deb faraz qilaylik. Bu holda bolada muskul harakat
sezgilari paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida, qo‘ngiroqni
ushlash paytida u chiqargan ovoz, bolaning eshitish nervini
ham qo‘zg‘atadi, shundan so‘ng harakat vujudga keladi va nihoyat
harakat bolaning ongida ancha kengroq aks ettiriladi:
yuqoridagi uch refleksga to‘rtinchisi qo‘shiladi.
I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv
bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatishi
natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga
keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z bevosita
qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy
bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufayligina
voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqelik
bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.
Nutq turlari
Ovoz chiqarib talaffiiz etiladigan nutq tashqi nutq deb ataladi.
Lekin biz yuqorida aytib o‘tdik-ki, o‘ylayotgan paytimizda ovoz
chiqarmasdan ham nutqdan foydalanamiz. Tashqi nutq og‘zaki
va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq monologik va dialogik nutq bo‘lishi mumkin. Monologik nutq, nomining o‘zi ko‘rsatib turganidek bitta odamning nutqidir. U ko‘pincha boshqa kishilarga, tinglovchilarga (ma’ruza, hikoya, majlisda so‘zga chiqish
va hokazolar tarzida) qaratilgan bo‘ladi, lekin tinglash paytida
ham o‘zi uchun ovoz chiqarib talaffuz etilishi mumkin. Monologik
nutq tinglovchilarga qarata aytilayotgan vaqtda ular uchun
tushunarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun boshqalarga qarata
gapirayotgan odam o‘zining nutqi qanday idrok etilayotganini
hisobga olib borishi zarur. Shuni aytish kerak-ki boshlang‘ich
sinfda nutqning monologik shaklini suiiste’mol qilmaslik lozim,
kichik yoshdagi o‘quvchilar jonli suhbat jarayonida aytilgan
matnni ma’ruza tarzida bayon etilgan matnga qaraganda ancha
durustroq idrok etadilar, tushunadilar va o‘zlashtirib oladilar.
Dialogik nutq ikki yoki undan ko‘proq kishining suhbatidan
iborat bo‘ladi. Har bir so‘zlovchining fikrlari odatda almashinib
turadi va monologik nutqdek ancha davomli bo‘lmaydi. Ba’zan
dialogik nutq biror masala aniqlab beriladigan disput, munozara
formasini kasb etadi. Yozma nutqqa alohida talablar qo‘yiladi.
Kitobxon, odatda avtor yo‘qligida nutq mazmuni bilan tanishadi,
shuning uchun nutq juda tushunarli, aniq bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari yozma nutqda nutqni aniqroq qilishga yordam
beradigan tegishli intonatsiya, mimika, imo-ishoralardan foydalanish
imkonini bermaydi. Shu munosabat bilan yozma nutq ancha
qiyinchilik tug‘diradi. Og‘zaki nutq ancha qiziqroq bo‘lishi
mumkin, tinglovchi suhbatdoshidan tushunarsiz narsani hamisha
aniqlab olish imkoniga ega bo‘ladi, yozma nutqni esa to‘liq,
kengaygan holda tuzish zarur. Og‘zaki yoki yozma nutq odamga
har xil talablar qo‘yadi. Bir xil kishilar yaxshi gapira oladilar-u
yomon yozadilar, boshqalari o‘z fikrlarini yozma ravishda
yaxshi bayon qiladilar-u, lekin ularning og‘zaki nutqlarida
(ayniqsa ko‘pchilik oldida gapirishga to‘g‘ri kelsa) nuqsonlar bo‘ladi.
Nutqning aytib o‘tilgan hamma turlari faol nutq tushunchasiga
kiradi. Ammo passiv nutq ham bo‘ladi, bunda odam gapirmay
(yozmay) faqat tinglaydi. Passiv nutq boshqa kishining nutqini idrok etish va tushunishini o‘z icniga oladi. Buning uchun til vositalarini (tovushlar, so‘zlar, ularning birikmalarini), ana shu vositalar bilan ifodalanadigan fikrlarni ham aniqlab olish zarur.
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayoni
nutq deb ataladi. Nutq va tilni aynan bir narsa deb hisoblash
yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda
bo‘lish maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Har bir odam
muomalani o‘zicha amalga oshiradi. Kishilar nutq yordamida o‘z zamondoshlariga muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydilar,
balki insoniyat to‘plagan bilimlarining hamma boyligini
avloddan avlodga o‘tkazib beradilar ham. Bola nutqni egallab
olgandan so‘ng o‘zi tugilgan jamiyat hayotida kishilar bilan
munosabatda bo‘ladi. Til milliy xarakterga ega ijtimoiy tarixiy
hodisadir. Turli kishilarda jumla tuzilishi ham bir-biridan farq
qiladi. Agar bola biror sabablarga ko‘ra nutqni egallab olmasa,
uning aqliy kamoloti juda past darajaga tushib qolgan bo‘lar
edi. Yuqorida aytib o‘tilganidek tafakkur va nutq bir-biri bilan
bog‘lanib ketgan. Odam o‘ylayotganda odatda fikrlar jumlalar
tarzida, ichki nutq deb ataluvchi nutq tarzida ifoda etiladi.
Darhaqiqat, bir-ikki so‘zni ichingizda aytmasdan turib, biror
narsa haqida so‘zlab ko‘ringchi, siz bunga erisha olmaysiz.
Dostları ilə paylaş: |