Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


-Mavzu: Tarbiyachilik kasbiga xos irodaviy sifatlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə72/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

28-Mavzu: Tarbiyachilik kasbiga xos irodaviy sifatlar
Reja:

  1. Tarbiyachilik kasbiga xos irodaviy sifatlar

  2. Tarbiyachilik kasbining o’ziga xosligi

  3. 3Xulosa

Insonning rivojlanishi masalasini ham V.N.Myasishchev

munosabatlaming shaMlanishi bilan chambarchas bog’laydi. Kuzatishlar

va tabiiy eksperimentlaming ko’rsatishicha, shatsiz reflektor reaktivlik

paydo bo’ladi. Ikki yoshdayoq hali unchdik beqaror bo’Imasa-da, bolada

uning muayyan narsa va hodisalarga bo’lgan munosabatini ifodolovchi

“xohlayman-xohlamayman”, “kerak-keiak emas”, “qiziq-qiziq emas”

kabi sc’zlar jo ’rligida amalga oshiriladigan reaksiyalami kuzatish

mumkin. Eng muhimi, bola reaksiyasining mazmmii ishlatayotgan

so’zlaming mazmuni bilan hamohangdir. Ikki-uch yoshdan boshlab

bolalar ancha aniq namoyon bo’luvchi tanlovchan mimosabatlami

namoyon etadilar, Bu munosabatlar orasida ota-onasiga, bolalarga,

tarbiyachilarga, o’yinlarga bo’lgan munosabat, ayniqsa, yorqin namoyon

bo’ladi. Munosabatlarning ayrim xususiyatlari bu yoshdayoti

xarakteiming sifatlari - mustaqillik, tasliabbuskorlik, muloqotchanlik va

boshqalarda namoyon bo’ladi. Ushbu yosh davrida munosabatlar vaziyat

bilan bog’liqligi va tez o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi.

Munosabatlammg xaralcteri va rivojlanish darajasi mazbir yosh davrida

bolaning voqelik bilan bo’lgan munosabatlari yanada murakkablashadi

va turli-tuman bo’la bosixlaydi. Munosabatlar tizimida yangilik - oiladan

tashqari majburiyatlar va majburiy o’(}uv faoliyatining paydo bo’lishi

yuz beiradi. Bu davrda munosabatlar tizimi ob’ektiv zarurat talablari

bilan belgilanadi. Shu tariqa nazariy qarashlariga ko’ra

V.N.Myasishchev insonning pixik rivojianishi uning atrof voqelik va eng

awalo boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlari tiziraining

murakkablashib, kengai^b borishiga bog’liq bo’ladi, degan g’oyani ilgari

suradi. Shunday qilib, nis psixologlari - L.S.Vigotskiy, A.N.Leont'ev,

V.N.Masishchev ilndy qarashlariiiing qisqacha tahlili shuni

ko’rsat£idiki, ushbu olimlaming izlanishlarida inson psixik taraqqiyoti

masalasi markaziy o’rin egallagan. Har bir olim o’z ihriiy yondashuviga

ega bo’lgan, ularning barchasini psixik taraqqiyotining

manbalijri va qonuniyatlari bilan bog’liq muammolar qiziqtirgan. Rus

psixologlarining ushbu muamraolami o’rganish sohasida qo’lga kiritgan

yutuqlari psixologiya fanining, shu jumladan, bolalar psixologiyasining

taraqqiyoti uchun xizmjit qildi va qilib kelmoqda.

Kasb psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga

muvofiqlashtirilgan kichik guruhdagi shaxslararo munosabatni

o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga

bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish

orqali guruh a’zolarining o‘zaro tanlash jarayoni vujudga

keltiriladi. Aynan shu usul bilan mehnat jamoalari, kollej

va oliy maktab talabalari, turli muassasalarning xodimlari

o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sabablari o‘rganiladi. Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik qonuniyatlarni

tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin. Hozir sotsiometriya

usuli ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan kundalik hayotdagi

voqealarga odamlarning munosabatlarini, jamoatchilik

fikrini o‘rganishda keng qo‘llanilmoqda. Odamlarning sodir

bo‘layotgan voqealarga munosabati, turli ehtiyojlari, motivlari,

qiziqish, intilish, harakatlari va hokazolar muayyan tartib va

qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy psixologik

hamda sof psixologik ildizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik metod yordami bilan

har bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari o‘rtasida yuzaga

kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan

mavqelari o‘rganiladi. Sotsiometriya metodi yordami bilan

bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlarini, ya’ni bir-birini

yoqtirishlari yoki yoqtirmasliklarini quyidagi uslubda o‘rganish

mumkin. Guruhdagi bolalarning har birini yechinish xonasiga

chaqirib, unga 4–5 ta chiroyli qilib ishlangan o‘yinchoq

ko‘rsatiladi (masalan, chiroyli mashina, toycha, ayiqcha, to‘pponcha, qayiqcha kabi). Ana shu o‘yinchoqlardan bitta o‘zingga yoqqanini tanlab olgin va uni guruhdagi eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingning shkafiga sovg‘a sifatida qo‘yib qo‘y,

deyiladi. Bola biroz o‘ylab turgach, yaxshi ko‘rgan bolalaridan

birining shkafiga qo‘yib qo‘yadi. Guruhdagi hamma bolalar bu

vazifani bajarib bo‘lganlaridan so‘ng eng ko‘p sovg‘a kimning

shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana shu ma’lumotlar asosida

bolalarning guruhdagi o‘zaro munosabatlariga doir sotsiogramma

tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a (o‘yinchoq) qo‘yilgan

bola guruhning eng sevimlisi va shkafiga bironta ham sovg‘a qo‘yilmagan bola guruhning inkor qilgan, ya’ni yoqtirmagan odami bo‘lib chiqadi va bu bola bilan korreksion ishlar olib boriladi. Shunday qilib, sotsiometrik metodni maktabgacha ta’lim

muassasasi yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.

Har bir tarbiyachi o‘z guruhidagi bolalarning jismoniy,

aqliy, axloqiy rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqiyotining

umumiy qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu

bilan birgalikda tarbiyachi bolalarga nisbatan individual munosabatda

bo‘lishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini belgilash maqsadida

har bir bolaning individual psixologik xususiyatlarini aniqlashga

intilishi lozim. Ilk yosh va kichik guruhlarda sotsiometriya

metodini qo‘llash deyarli natija bermadi. Bu yoshdagi bolalarda

faqat «o‘zim» degan tushuncha ustun bo‘lgani sababli

kichik guruhdagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribada quyidagi

natijaga erishildi. Vasila 3 yoshu 4 oylik. Tajribada qizcha katta

qo‘g‘irchoqni tanladi va o‘zining shkafiga olib borib qo‘ydi.

Sababi so‘ralganda «Bu meniki, u menga yoqadi» dedi. Mirjalol

3 yoshu 8 oylik. Marjalol katta mashinani tanladi. «Shu

yerdagi eng yaxshi ko‘rgan odamingga ber» deyilganda u tarbiyachisiga

olib borib berdi. Qolgan bolalar bilan ham shunga o‘xshash natijalar ko‘rildi. Katta guruhda sotsiometriya metodining qo‘llanishi quyidagi

natijalarni ko‘rsatdi. Tajriba 16 ta bola bilan o‘tkazildi.

Avvaldan tayyorlab kelgan turli rang-barang predmetlar,

o‘yinchoqlar, gullar tasvirlangan rasmli kartochkalarni stol

ustiga o‘ng tomoni bilan qo‘yildi. Bolalarni navbatma-navbat

chaqirib «O‘zingga juda yoqgan rasmni tanlab ol!» deyildi. Hamma bolalar olib bo‘lgach, «Rasmlarni ko‘rib bo‘ldingiz, endi shu rasmli kartochkani shu yerdagi o‘zing eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingga bergin», deb aytilganda ba’zi bolalarda

ko‘proq, ba’zilarida kamroq kartochkalar hosil bo‘lgan.

Qolgan tajribalarda ham shunga o‘xshash natijalarga erishilgan.

Demak, sotsiometriya metodining natijalariga ko‘ra

tarbiyachi va psixolog bolalar bilan yakka tartibda ishlar

olib borishni bilishlari zarur. Biografiya (tarjimayi hol) metodi. Biografiya metodi ham

psixologiyaning yordamchi metodlaridan hisoblanib, undan

kishilarning ayrim psixologik xususiyatlarini o‘rganishda foydalaniladi.

Ma’lumki, har bir odam o‘z biografiyasiga ega. Biografik

ma’lumotlarda odamning shaxsiy psixologik xususiyatlariga

oid ayrim faktlar bayon etiladi. Masalan, kishilarning

biografik ma’lumotlarida ularning dunyoqarashlari, ishonche’tiqodlari,

g‘oyaviy yo‘nalishlari, burchlariga bo‘lgan munosabatlari,

maqsad va maslaklari ko‘rsatiladi. Ana shunday

ma’lumotlarga asoslanib u yoki bu odam haqida ma’lum xulosa

chiqarish mumkin. Biografiya metodi xususan bolalar

psixologiyasi va pedagogik psixologiyada keng qo‘llaniladi.

Bolalar psixikasining taraqqiyot yo‘lini biografik tarzda ilmiy

kuzatishga dastlab mashhur tabiatshunoslardan Charliz Darvin

asos solgan. U bola psixikasining taraqqiyotini kuzatishga oid

o‘zining kundalik xotira tipidagi asarini nashr ettirgan. Hozirgi

kunda bola taraqqiyotini biografik tarzda ochib beruvchi

ilmiy asarlar ko‘plab topiladi. Bunday asarlardan eng mashhuri

N.A. Menchinskayaning «Bola psixikasining taraqqiyoti»,

«Ona kundaligi» nomli ilmiy-biografik asarlaridir. Bunday ilmiy-

biografik asarlarning qimmatli tomoni shundaki, bunday

kundaliklar bola taraqqiyotining katta bir davrini (masalan,

1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni) qamrab oladi. Ma’lumki,

bolaning har bir yosh davrida unga nisbatan muayyan bir tarzda

munosabatda bo‘lish lozim bo‘ladi. Ana shu nuqtayi nazardan

bolaning qaysi yosh davrida unga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishni belgilashda biografiya metodi tarbiyachilar va yosh ota-onalarga katta yordam berishi mumkin.

Bolalarning biografiyasiga oid ma’lumotlarni yaxshi bilgan

tarbiyachi ularga nisbatan individual munosabatda

bo‘lishni to‘g‘ri tashkil qila oladi. Bolalarning shaxsiy psixologik

xususiyatlarini biografik tarzda o‘rganishda yozuvchilarning

avtobiografik asarlari ham katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, yozuvchilar

nihoyatda mohir kuzatuvchi hisoblanadilar. Ular

o‘zlarining asarlarida bolalar (hayvonlar) psixikasining turlicha

namoyon bo‘lishini obrazli qilib ochib beradilar. Bunday

avtobiografik asarlar orqali odamlarning ayrim tiplari, xarak37

terlariga xos xususiyatlari, qobiliyat va qiziqishlari, dunyoqarashlari,

ishonch hamda e’tiqodlari, axloqiy sifatlari qanday

ijtimoiy-tarixiy sharoit ta’sirida tarkib topishini bilib olish

mumkin. Psixologiyada odam faoliyatining mahsullarini o‘rganish metodidan

ham foydalaniladi. Odam har doim ma’lum bir faoliyatda

bo‘lib turadi. Odam o‘z faoliyatlari natijasida turli narsalarni,

mahsulotlarni yuzaga keltiradi. Ana shu narsalarda,

mahsulotlarda odamning ayrim psixik jarayonlari va psixologik

sifatlari o‘z aksini topadi. Shuning uchun har bir odamning

faoliyat mahsuli shu odamning ayrim psixik jarayonlari

va shaxsiy psixologik sifatlarini ko‘rsatib turadi.

Biz rassom yoki arxitektorning chizgan suratlarida, quruvchining

qurgan imoratida, haykaltaroshlik va boshqa san’at

asarlarida, o‘quvchining yozgan konspektlarida va bog‘cha

yoshidagi bolalarning chizgan rasmlarida, ijodiy ishlarida ularning

psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlariga

doir juda ko‘p tomonlarini ko‘rishimiz mumkin. Shu sababli

odamning faoliyati mahsulotlarini analiz qilib o‘rganish metodi

psixologiyaning yordamchi metodlaridan biri hisoblanadi.

Bu metod bolalar psixologiyasida pedagogik va sotsial psixologiyada

ancha keng qo‘llaniladi. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat

bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar boshqa odamlar

uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish

faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsadi

bilib olish, o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi

bolalarning faoliyatlari o‘yin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda katta kishilarning topshiriq va takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar.

Ayrim hollardagina bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda u yoki

bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham bolalar faoliyati

ma’lum natijaga ega bo‘ladi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin