Muzrabot pedagogika kolleji maxsus fanlar kafedrasi maktabgacha yoshdagi bolalar


-Mavzu: Bolalarda sezgilarning rivojlanishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə61/104
tarix02.01.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#39438
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi majmua

21-Mavzu: Bolalarda sezgilarning rivojlanishi

Reja:

  1. Bolalarda sezgilarning rivojlanishi

  2. Sezgi haqida tushuncha

  3. Xulosa

Sezgi bilish jarayonlari jumlasiga kiradi, chunki sezgi tufayli

odam olamni biladi. Boshqa psixik jarayonlar: idrok, xotira, ta-

fakkur, xayol uchun kerakli ma’lumotlar sezgilar orqali olinadi.

Sezgilar hamisha bizning sezgi organlarimizga: ko‘zimizga, quloq-

larimizga, teri ustiga va boshqa organlarga tashqi qo‘zg‘atuvchilar

ta’sir ko‘rsatishi tufayli vujudga keladi. Yorug‘lik nuri ko‘zning

to‘r pardasiga tushishi bilan u yerni qo‘zg‘atadi, bu qo‘zg‘alish

nerv tolalari orqali miya katta yarimsharlari po‘stlog‘igacha yetib

kelgach, odamda ko‘rish sezgisi hosil bo‘ladi.

I.P. Pavlovning yozishicha, katta yarimsharlar qo‘zg‘a-

tuvchilarning analiz qilish organidir. Shu sababdan I.P. Pav-

lov sezgilarning paydo bo‘lishini ta’minlovchi barcha fiziologik

apparatlarni analizator deb atagan. Analizatorlar 3 qismdan:

1) tashqi ta’sirni qabul qiluvchi retseptor (ko‘zning retina

yoki retchatka deb ataluvchi nerv hujayralari yorug‘likni qabul

qiladi va ko‘rish retseptori hisoblanadi);

2) o‘tkazuvchi nerv yo‘llari (afferent, markazga intiluvchi)

retseptorlarda vujudga kelgan qo‘zg‘alish shu nerv yo‘llari orqa-

li miyaga yetkazib beriladi;

3) miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi maxsus hujay-

ralar (masalan, miya po‘stlog‘ining ko‘rish markazi deb ata-

luvchi qismidagi hujayralar ko‘rish uchun maxsuslashgan nerv

hujayralar idir). Agar analizatorlarning bir qismi zararlansa,

sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, ko‘z soqqasi tagi-

dagi retina yemi rilsa yoki miyaga boruvchi ko‘z nervi zararlan-

sa odam ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Sezgi turlari Odamda paydo bo‘luvchi sezgilarni uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga tanamizning tashqi tomoniga joy-

lashgan sezgi organlari, ya’ni eksterotseptorlar orqali vujudga

keluvchi sezgilar kiradi. Ko‘rish, eshitish, teri-tuyish, hid bi-

lish va ta’m-maza sezgilari ana shu analizatorlarning ishi bilan

bog‘liq. Ikkinchi guruh retseptorlariga ichki organlarda joy-

lashgan interotseptorlar va ichki qo‘zg‘atgichlar ta’siri uchun

qulay bo‘lgan sezgilar kiradi. Uchinchi guruhga harakat anali-

zatorlari va muvozanat sezgilari, propriotseptorlar kiradi.

Eksterotseptorlar. Ko‘rish sezgilari narsalarga urilishi tu-

fayli qaytarilgan yorug‘lik (elektromagnit) to‘lqinlarning ta‘siri

natij asida vujudga keladi. Yorug‘lik to‘lqinlari ko‘z qorachig‘i

orqali o‘tib, ko‘rish retseptori deb ataluvchi ko‘z to‘r pardasi-

ga (retinaga) ta‘sir etadi. Odam ko‘rish sezgilari orqali narsa-

larning rangi, shakli, fazoviy holati kabilar haqida xabar oladi.

Inson hayoti va faoliyatida eshitish sezgilari katta o‘rin tu-

tadi. Ba’zi jihatlarga ko‘ra u ko‘rish sezgilaridan ham muhim-

roqdir: eshitmaslik bola nutqi va fikrlash faoliyatining rivoj-

lanishida jiddiy g‘ov hisoblanadi. Bizning eshitish apparatimiz

tovushlarning sekundiga 16–20 ming martagacha tebranishda-

gi xillarini seza oladi. Biz eshitadigan tovushlarni ikki guruhga

ajratish mumkin: musiqa tovushlari va shovqinlar (qarsillash,

gumburlash, taqillash, shitirlash). Teri sezgilari – narsalarning mexanik va issiqlik xossalari teri ning sirt qismiga ta’sir qilishi natijasida paydo bo‘ladi. Teri

sezgisi og‘riq va harorat sezgilariga bo‘linadi. Og‘riq sezgisi juda

xilma-xil qo‘zg‘atgichlar tomonidan, ular organizmning tirik

to‘qimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bo‘la boshlaydi.

Harorat sezgilari issiq va sovuqni sezishdan iborat. Qo‘l yoki

tananing boshqa qismi bilan predmetni paypaslab harakat qi-

lish orqali odamda tuyish sezgilari vujudga keladi. Taktil sezgi

lar retseptorlari ham terining yuza qatlamida joylashgan nerv

uchlari dir. Ular qo‘l barmoqlarining uchida va tilda eng zich

joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini,

bosimini va tebranishini sezish kiradi. Hid bilish sezgilari bizga xushbo‘y hidlardan huzurlanish, shuningdek salomatlik uchun zararli narsalardan saqlanish

imkonini beradi. Hidli moddalarning zarrachalari havo-

ga tarqal ib, burun kavagida, hid bilish hujayralari joylashgan

shilliq pardalarga kelib uriladi va hid bilish sezgisini hosil

qiladi. Og‘zimizga olingan moddalarning zarrachalari ta’m

bilish sezgilarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi va ular til,

tomoq, tanglay, kichik til yuzasida joylashgan nerv uchlariga

(ta’m bilish kurtaklariga) ta’sir ko‘rsatadi. Ta’m-maza sezgi-

lari 4 xil: shirin, nordon, sho‘r va achchiqni sezish natijasida

sodir bo‘ladi. Ta’m-maza sezgilar ining to‘liq sodir bo‘lishida

hid bilish sezgisining ahamiyati kattadir. Agar odamning

dimog‘i hidni sezmasa, yegan ovqatining mazasini bila ol-

maydi. Interotseptorlar. Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash,

ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta-

namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qil-

magan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi.

Propriotseptorlar. Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga

o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam

hatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i, tana

qismlari qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgila-

rining retseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskul-

larda joylashgan. Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgi-

lari deb ham yuritiladi. Muvozanat sezgilari boshimizning,

gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak beradi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joylashgan. Bu organlarning normal holati izdan chiqqan paytda odam o‘zini no xush sezadi (masalan, boshi aylanadi yoki «den-

giz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya sezgilari boshqa sezgilar

orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgilar narsalar ning tebra-

nishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havo ning tebranishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Tananing butun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul qilib oladi. Sezgi chegaralari va sezgirlik Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mimkin. Sezgilarning kuchi avvalo qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liq.

Qo‘zg‘alish qanchalik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi

ham shuncha kuchli bo‘ladi. Har qanday ta’sirdan ham sez-

gi hosil bo‘lavermaydi. Qo‘zg‘atuvchi hech qanday sezgi hosil

bo‘lmaydigan darajada sust ta’sir etishi mumkin. Masalan, bir

gramm qandni bir stakan suvda eritib ichilsa shirinlik sezil-

maydi. Dastlabki bilinar-bilinmas sezgining paydo bo‘lishi

uchun qo‘zg‘atuvchi muayyan kuchga ega bo‘lishi zarur. Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasi sezgi ning pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Sezgilarni hosil qila-

digan qo‘zg‘alish kuchi ortishi va kamayishi mumkin. Agar

uyda bitta lampochka yonib turgan bo‘lsa muayyan dara-

jada yorug‘lik sezamiz. Agar yana bitta lampochka yoqib qo‘yilsa yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Agar bir stakan choyga 6 gramm qand qo‘shsak shirin mazani sezamiz, unga yana ikki gramm qand qo‘shsak farqni kimdir sezadi, kimdir sezmaydi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi sezilar-sezilmas farqni sezish farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish ku- chining og‘riq tomon yoqimsiz darajada o‘zgarishi sezgi-

ning yuqori chegarasi deyil adi. Masalan, kuchli tovush qu-

loqni, boshni og‘ritadi. Kuchli yorug‘lik ko‘zni qamashtirib

ko‘rish o‘tkirligini pasaytiradi. Sezgi chegaralar ining darajasi sezgirlikning darajasini belgil ab beradi. Bu sezgirlik sezgi chegaralarining darajasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Sezgi chegarasining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik shunchalik

past bo‘ladi va, aksincha, sezgi chegarasining darajasi qanchalik past bo‘lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo‘ladi. Sezgilarning umumiy xususiyatlari

Har bir odam o‘zining sezgi xususiyatlari, sezgirlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi sezgi xususiyatlari farqlanadi: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinesteziya, kompensatsiya.

1. Adaptatsiya (lotincha adapto – moslashmoq) sezgi

a’zol arining muhit o‘zgarishlariga moslashuvidir. Adaptatsi-

ya 3 xil:

a) qo‘zg‘atuvchining davomli ta’siri jarayonida sezgilarning

to‘la yo‘qolishi. Masalan, teriga biron narsa doimiy tegib tur-

sa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi;

b) kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’sirida ham sezgilar zaiflashishi

mumkin. Masalan, qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga ki-

rib qolsak, kuchli yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib, atrofdagi narsalar-

ni ajrata olmaymiz. Birozdan so‘ng analizatorlar ning sezgirli-

gi kes kin pasayadi va biz ko‘ra boshlaymiz. Bu ikki adapt atsiya

turi psixologiyada negativ adaptatsiya deyiladi, chunki ularda

sezgirlik keskin pasayadi;

d) sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida kamayib

borishi. Masalan, qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirli-

gi ortadi, sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiya-

si zami rida yuzaga keladi.

2. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qi-

lish nat ij asida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya

deb ataladi. Qo‘zg ‘alish jarayonining tarqalishi natijasi-

da boshqa analizatorlarning sezuvchanligi ortadi. Sen-

sibillashtirishga mashq qilish natij asida erishish mum-

kin. Masalan, musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda

past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanadi.

To‘qimachilik sanoatining ayrim ishchilari qora rangning

60 ga yaqin tusini ajratadilar. Tajribali lotsman (kuzatuvchi)

lar olis masofadagi narsalarni ham yaxshi ko‘ra oladilar.

Sinesteziya bir analizatorning qozg‘alishi ta’siri ostida

boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishidir. Ay-

rim kompoz itorlar (N.A. Rimskiy-Korsakov, A.N. Skryabin)

da «rangli eshit ish» qobiliyati bo‘lgan. Kuchli, quloqni kar

qilgudek tovush ko‘rish sezgirligini kamaytiradi, ohangdor

tovushlar esa oshiradi.


Nazorat savollari:

1. Sezgi nima?

2. Analizatorning vazifasi nimadan iborat?

3. Sezgining qanday turlari bor?

4. Ko‘rish sezgisini vujudga keltiruvchi narsa nima?

5. Ketma-ket obrazlar qanday yuz beradi?

6. Harakat va organik sezgilarning farqi nimada?

7. Sezgirlik nima?

8. Adaptatsiya nima?

9. Sezgi xususiyatlarining o‘zaro farqi bormi?


Uyga vazifa :Sezgi haqida umumiy tushuncha yozib tahlil qilib kelish.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin